Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  Yangi  mustaqil  davlatlar  —  sobiq



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

3 -§ .  Yangi  mustaqil  davlatlar  —  sobiq 
ittifoqdosh  respublikalarning  huquqiy  vorisligi
Sovet  Ittifoqining parchalanish jarayonida sobiq  ittifoqdosh  respub- 
Iikalaming barchasi  aw al  u  xalqaro  shartnom alar va  SSSR bitimlaridan 
kelib  chiqadigan  barcha  m ajburiyatlarni  bajarishga  shay  ekanliklari 
to'g'risida  bir  tom onlam a  tartibda  bayonot  berganlar.  Keyin  ana  shu 
majburiyat  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo'stligini  tashkil  etish  to'g'risidagi 
bitimda jam oa  tarzida  o 'z  tasdig'ini  topdi.
T a’kidlash  joizki,  o'sha  davrda  xalqaro  hamjamiyat  SSSRdek  yirik 
va  qudratli  harbiy  salohiyatga  ega  davlatning  parchalanib  ketishi  barcha 
xalqaro  munosabatlarga  jiddiy  putur  yetkazishi  mumkinligidan  asosli 
ravishda  xavotirlanmoqda  edi.  Turli  m amlakatlarning  diplom atik  doi- 
ralari  bosimi  ta ’sirida  yangi  Rossiya  hukumati  siyosiy  «davomchilik» 
konsepsiyasini  ilgari  surgan.  Unga  ko'ra,  Rossiya  Federatsiyasi  yangi 
davlat  sifatida  SSSRning  davomchisi  hisoblanadi  va  Sovet  Ittifoqining 
xalqaro  huquq  va  majburiyatlarini  to'lig'icha  davom  ettirishga  tayy- 
ordir.  Biroq  konsepsiya  o'zining  yuridik  rivojini  topm adi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


SSSRning  BMT  Xavfsizlik  Kengashining  doimiy  a’zosi  sifatidagi 
o'm iga kelganda,  M D H g a a ’zo  davlat  rahbarlari  Kengashining  1991-yil 
21 -dekabrdagi  qaroriga ko‘ra,  «H am do‘stlik  davlatlari  Rossivani  SSSR­
ning  BMTga  a ’zoligini,  shu jumladan  Xavfsizlik  Kengashiga  va  boshqa 
xalqaro tashkilotlarga doimiy a’zoligini davom ettirishi borasida qo'llab- 
quwatlaydilar».  Belorussiya  SSR  va  Ukraina  SSR  SSSR  bilan  bir  qa­
torda  BMT  a’zosi  bo ‘lganini  nazarda  tutgan  holda,  Belorussiya,  Ukrai­
na  va  BMTning  yangi  a ’zosi  —  Rossiya  M D H ning  boshqa  davlatlariga 
ularning  BMT  va  boshqa  xalqaro  tashkilotlarga  doimiy  a ’zo  bo'lishi 
bilan  bog‘liq  muammolarni  hal  etishda  ko’maklashishi  zarur  edi.
MDHga  a’zo  davlat  rahbarlari  Kengashining  1992-yil  20-martdagi  qa­
roriga  muvofiq,  Hamdo‘stlikka  a’zo  davlatlarning  barchasi  sobiq  SSR  Ittifo­
qining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy  vorislar sifatida tan olingan.
Amalda  barcha  yangi  davlatlar  o ‘z  hududlariga  taalluqli  SSSR  xal­
qaro  shartnomalarini  inventarizatsiyadan  o'tkazishdi.  Ayrim  o ‘rinlarda 
bunday  inventarizatsiya  shartnoma  bo'yicha  sheriklar  bilan  birgalikda 
amalga  oshirildi.
Xalqaro  huquq  huquqiy  vorislikni  faqat  hududiy  o ‘zgarishgagina 
bog'laydi.  Davlat  hokim iyati  tuzilm asi  va  m azm un-m ohiyatidagi 
o'zgarishlarga  kelganda  esa,  ular  sharnomalarning  majburiylik  kuchiga 
ta ’sir etmasligi jiddiy belgilab  qo'yilgan.  Bu  na  davlat  boshqaruv shakli­
ga  (monarxiya-respublika)  va  na  davlat  tuzilishiga  taalluqli  (federatsi- 
ya-unitar davlat)  o'zgarishlar shartnomalarga hech  qanday daxl  qilmay­
di,  demakdir.  Bu hukumatlarningg'ayrikonstitutsiyaviy o'zgarishiga ham 
tegishlidir.  Bunda  shartnomaviy  m unosabatlaming  saqlanib  qolishidan 
hukumatlarning o'zi m anfaatdor bo'lib,  odatda,  ular ilgari tuzilgan shart­
nomalarga  amal  qilish  niyati  to'g'risida  bayonot  beradilar.  Masalan, 
1984-yiIi  Nigeriyada  yuz  bergan  to'ntarishdan  keyin  yangi  hukumat 
boshlig'i  awalgi  hukum atlar  o'rtasidagi  shartnom alar  hurmat  qilinishi 
va  bajarilishi  haqidagi  bayonot  bilan  chiqqan.
Ayniqsa,  nafaqat  hokimiyat  m azm un-m ohiyatini, balki jamiyat tabi­
atini,  fe’l-atvorini  ham   o'zgartirib  yuboradigan  ijtimoiy  inqiloblar  na- 
tijasi  o'laroq,  davlatlar  tub  o'zgarishlarga  yuz  tutadi.  Rossiyani  tubdan 
o'zgartirgan  1917-yilgi  Oktabr  to'ntarishidan  keyin,  1918-yilning  26- 
avgustida  Xalq  Komissarlari  Sovetining  bir  qator davlatlar bilan  barcha 
shartnom alam i to'xtatish to'g'risidagi  Dekreti chiqqan. Ammo tez orada 
shartnom alardan  voz  kechish  evaziga  Rossiya  manfaatlariga  yetkazila- 
digan  ziyon  ko'lam lari  aniq  bo'lib  qolgan  va  shartnomaviy  munosabat - 
larni  qayta  tiklash  borasida  mashaqqatli  ishlar boshlanib  ketgan.  XX  asr 
20-yillarining  ikkinchi  yarmida  Xalq  Komissarlari  Soveti  ilgari  Rossiya 
imzolagan qator ko'p tom onlam a konvensiyalaming SSSR uchun  kuchga 
ega  ekanligini  tan  olish  haqida  qaror  chiqargan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Nazarimizda,  ijtimoiy  inqiloblar  davrida  yuzaga  keladigan  m uam - 
molar  yechimini  erkin  va  ixtiyoriy  rozilik,  vijdoniylik  hamda  xalqaro 
majburiyatlarga  imkon  qadar  to'liq  amal  qilish  prinsiplari  negizidan 
lzlash  yaxshi  samara  beradi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish