Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

to'rtinchidan,  bilvosita  —  bunda  xalqaro  shartnom a  asosida  shart­
nom a m azm unini  o'zida aks ettiruvchi  milliy  normativ hujjat  chiqarila­
di.
Implementatsiyaning alohida  turi  —  havola  etish  bo'lib,  u  qonunda 
m uayyan  qoidalar  tegishli  xalqaro  shartnom aga  muvofiq  ravishda 
qo'llanishi  yoki  tegishli  vaziyatda  muayyan  xalqaro  shartnom aning 
qo'llanishi  zarurligi  qayd  etilgan  holatlam i  nazarda tutadi.
Milliy  huquqqa  kirib  kelar  ekan,  xalqaro  huquq  normalari  unda 
alohida  mavqega ega bo'ladi.  Mamlakat  huquqiy tizimining uzviy  qismi 
sifatida ular o 'z maqsad va prinsiplariga mos ravishda, shuningdek,  unda 
belgilangan  protsessual  tartibga  muvofiq  tarzda  qo'llanadi.
Kelgusida  bunday  xalqaro-huquqiy  norm a  o ‘z  tarkibidan  olingan 
xalqaro shartnom a taqdiridan mustaqil  holda  mavjud bo'ladi.  U  xalqaro 
shartnom a  to'xtatilganidan  keyin  ham  amal  qilib  qolaverishi  mumkin.
Transformatsiya  davlatda  maxsus  qonun  chiqarish  yoki  ushbu  dav­
lat hududida xalqaro shartnoma kuchda ekanini  va barcha shaxslar  uning 
talablariga  rioya  etishga  majbur  ekanini  qonunlar  asosida  e ’lon  qilish 
yo'li  bilan  ro'yobga  chiqarilishi  m um kin.  Shunday  nuqtayi  nazar 
m a’lumki,  unga  ko'ra  davlatning  xalqaro  shartnomani  ratifikatsiya  qi­
lish  yoki  m a’qullash  fakti  uning  milliy  qonunchiligi  ajralmas  bo'lagiga 
aylanishi  bilan  tengdir.  Xalqaro  huquq  nazariyasida  ushbu  yondashuv 
(retsepsiya)  ko'pincha  davlatning  ichki  huquqiy  hujjatlarida  xalqaro- 
huquqiy  hujjat  ifodasining  aniq  bayon  etilishini  belgilash  maqsadida 
qo'llanadi.  Ba’zan  retsepsiya  deganda,  davlatning  milliy  qonunchilik 
yordamida  o 'z   xalqaro  majburiyatlarini  bajarishini  ta ’min  etishi  tushu­
niladi.
Xalqaro  huquq  milliy  qonun  chiqaruvchi  hokimiyatni  amalga  oshi- 
rishga  ham  o 'z  ta ’sirini  ko'rsatadi.  Milliy  qonun  chiqaruvchi  hokimiyat 
xalqaro  huquqqa  zid  keladigan  q o n u n lar  chiqara  olmaydi.  Qonun 
chiqaruvchi  hokimiyat  davlatning  zimmasidagi  xalqaro  majburiyatlar 
bilan  cheklab  qo'yilgandir  —  u  xalqaro  huquq  normalarini  ro'yobga 
chiqarish  uchun  zarur  qonunlar  chiqarishga  majbur.
Xalqaro  huquqning  milliy,  shu  jum ladan  konstitutsiyaviy  huquqqa 
ta ’sirining kuchayib  borishi  xalqaro  majburiyatlar mamlakat  konstitutsi- 
yasiga  muvofiqligini  nazorat qilishning yangi  shakllari  yaratilishiga sabab 
bo'ladi.  Bunda  tobora  keng  urf bo'lib  borayotgan  konstitutsiyaviy  sud­
lar m uhim   o'rin tutib,  ularning asosiy vazifasi  qonun  hujjatlarining kon- 
stitutsiyaga  nechog‘li  mos  ekanini  kuzatib  borishdan  iborat.  Xalqaro 
shartnom alam ing  konstitutsiyaga  mosligini  nazorat  qilish  ular  uchun
www.ziyouz.com kutubxonasi


yangi  bir  vazifadir.  Sudlar  ushbu  masalaga  g ‘oyat  ehtiyotkorlik  bilan 
yondashadi.  Masalan,  umumiy prinsiplar xalqaro huquq bilan demokratik 
davlatlar milliy huquqini bir-biriga yaqinlashtirishga xizmat qiladi.  Shun­
day  ekan,  milliy  sudlarning  huquqning  umumiy  prinsiplarini  qo'llash 
borasidagi  dastlabki  tajribasini  ijobiy  baholamaslik  mumkin  emas.  Sivi- 
lizatsiyalashgan  davlat  degan  huquqiy  tushuncha  izchil  qaror  topm oq- 
da.  0 ‘z  huquqiy  tizim id a  xalqaro  huquqning  asosiy  p rinsiplarini, 
shuningdek,  imperativ  norm alar  sifatida  inson  huquqini  m ustahkamla- 
gan  davlat  tsivilizatsiyalashgan  degan  nomga  munosibdir.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish