Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  «Davlat  immuniteti»  («daxlsizlik  huquqi»)  tushunchasi



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

4-§.  «Davlat  immuniteti»  («daxlsizlik  huquqi»)  tushunchasi
Davlatlarning  suveren  tengligi  prinsipidan  davlatlar  bir-birining 
hokimiyatiga  nisbatan  immunitetga,  ya’ni  daxlsizlik  huquqiga  egaligi 
kelib  chiqadi.  Bunga  kengroq  yondoshiladigan  bo'lsa,  bir davlatning  na 
qonun  chiqaruvchi,  na ijro va  na sud  hokimiyatining ta ’sir kuchi  boshqa 
bir  davlatda  amal  qilmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Davlatlarning o‘zaro munosabatlarida sud  immuniteti alohida ahami­
yat  kasb  etadi.  Davlat  boshqa  davlatning  sudiga  chaqirilishi  va  uning 
mol-mulki  d a’voyini  ta ’minlash  maqsadida  qamoqqa  olinishi  mumkin 
emas.  Shuningdek,  bir davlatga  nisbatan  boshqa  bir davlat  sud  hokimi­
yatining  ijro  harakatlari  amalga  oshirilmaydi.
Immunitetga  b o ig an   ehtiyoj  davlatlar  o'rtasida  rasmiy  m unosabat­
larni  q o'llab-quw atlash  talabi,  suveren  davlatlarning  bir-birlarining 
hududida  faoliyat  ko'rsatish  zarurati  tufayli  yuzaga  kelgan.  Davlatlar 
o'z  xususiy  huquqiy  faoliyat  (savdo-sotiq,  tovar  va  xizmatlardan  foy­
dalanish,  ko'chmas  mulkka  egalik  qilish  va  boshqalar)  doirasini  ken- 
gaytirgani  sari  vaziyat  o'zgarib  borgan.
XIX 
asming  oxirida  paydo  bo'lgan  cheklangan  (funksional)  im m u­
nitet  nazariyasi  XXI  asrga  kelib  keng  miqyosda  e’tirof etilmoqda.  Ush­
bu  nazariyaga  muvofiq,  im m unitet  faqatgina  davlat  suveren  hokimiyat 
sohibi  sifatida  faoliyat  ko'rsatayotgan  munosabatlar,  davlat  hokimiyati 
(jure  imperii)  kuchi  asosida  amalga  oshiriladigan harakatlar bilan  chek- 
lanadi.  Tijoriy  mazmundagi  (jure  gestionis)  huquqiy  munosabatlar  bo- 
rasida  esa  davlat  imm unitetga  ega  bo'lmaydi.
Ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  o'tgan  davrda  aksariyat  davlatlar 
(Buyuk  Britaniya,  AQSH,  Singapur,  Pokiston,  JAR,  Kanada,  Avstra- 
liya)  o'zida cheklangan  imm unitet  nazariyasini  mujassam etgan  qonun- 
lar  qabul  qilgan.  Boshqa  mamlakatlarda  bu  nazariya  sud  qarori  bilan 
mustahkamlab  qo'yilgan.  Masalan,  G F R   Federal  konstitutsiyaviy  sudi- 
ning  1963-yildagi  qarorida  ta ’kidlanishicha,  immunitet  «xorijiy  davlat 
o 'z  suveren  hokimiyatini  amalga  oshirish  tartibida  yoki  xususiy  shaxs 
sifatida, ya’ni xususiy  huquq doirasida harakat  qilishi»dan  kelib chiqqan 
holda  belgilanadi.
Hozirgi  davrda  xalqaro  huquqning  davlat  immunitetiga  oid  norm a­
larini  yaratish  masalasi  kun  tartibida  turibdi.  Yevropa  Kengashining 
1972-yildagi  Davlatlar  imm uniteti  to'g'risidagi  Yevropa  konvensiyasini 
va  unga  qo'shim cha  protokolni  qabul  qilishi  bu  borada  qo'yilgan  ilk 
muhim  qadam  ekanini  ta ’kidlash  joiz.  Konvensiya  davlat  immuniteti- 
ning  umumiy  prinsipini  tasdiqlash  barobarida,  uni  keng  tafsilotli  istis- 
nolar ko'magida cheklab  ham   qo'yadi.  Konvensiyada davlatning rasmiy 
vakillari  imm uniteti  o 'z  tasdig'ini  topgan.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish