Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


-§.  Xalqaro  huquqqa  oid  majburiyatlarni



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

7-§.  Xalqaro  huquqqa  oid  majburiyatlarni 
vijdonan  bajarish  prinsipi
Xalqaro  huquq  rivojlanishi  jarayonida  shakllangan  boshqa  prinsip- 
lardan  farqli  o'laroq,  ushbu  prinsip  shu  huquq  bilan  birgalikda  qaror 
topgan.  Mazkur prinsip bo'lmaganda,  xalqaro huquq huquq deb hisoblan- 
mas  edi  va  aynan  unda  xalqaro  huquqning  yuridik  kuch  manbayi  m u- 
jassamlashgandir.  Ushbu  prinsip  bo'yicha  davlatlar  o'rtasida  xalqaro 
huquq  normalarining  yuridik  kuchga  egaligini  tan  olish  to'g'risida  bit- 
imlar tasdiqlangan.
BM T  U stavining  2 -m o d d asid a  k o 'rsatilish ich a,  BM T  b arch a 
a ’zolarining  «Tashkilot  a’zolari  tarkibiga  mansubligidan  kelib  chiqadigan 
yalpi  huquq va imtiyozlarini ta ’minlash uchun ular mazkur Ustav bo'yicha 
o'z  zimmalariga  olgan  majburiyatlarni  vijdonan  bajaradilar»  (2-band).
EXHK  Yakunlovchi  aktida  o 'z  suveren  huquqlarini,  shu  jum ladan 
o'z  qonunlari  va  m a’muriy  tartib-qoidalarini  o'rnatar  ekan,  davlatlar 
zimmalaridagi  majburiyatlarini  xalqaro  huquq  bo'yicha  muvofiqlash- 
tirib  olishlari  zarurligi  haqida  alohida  qoida  mavjud.
Xalqaro shartnomalami sidqidildan bajarish prinsipi  — xalqaro huquq­
ning  imperativ  prinsipi  bo'lib,  uning  ta’sir  kuchi  qanday  mazmunga  va 
manbaga  xosligidan  qat’i  nazar,  har  qanday  haqiqiy  xalqaro  majburiyat- 
laming  (shartnomalar,  odatlar,  xalqaro  organlaming  majburiy  qarorlari, 
bir tomonlama hujjatlar) sidqidildan bajarilishini taqozo etadi.  U fundamental 
umumiy  prinsiplar va  xalqaro  huquqning  qat’iy  qoidalari  toifasiga  kiradi.
Xalqaro  majburiyatning bajarilmaganligi  yoki  tegishlicha  bajarilma- 
ganiga asos sifatida milliy qonunchilikka havola qilinishi  mutlaqo mumkin 
emas.  Sidqidildan  bajarish  prinsipi  taqozo  etadigan  talablardan  yana 
biri  shuki,  xalqaro  huquq  bo'yicha  o'zining  majburiyatlarini  sidqidildan 
bajarmaydigan  xalqaro huquq subyekti  buning uchun belgilangan tartibda 
javobgar  bo'ladi.
Mazkur prinsip  O'zbekiston  Respublikasi  qonunchiligida  ham  mus- 
ta h k a m la n g a n .  M a sa la n ,  1995-yil  2 2 -d e k a b rd a   qab u l  q ilin g a n  
«O 'zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnom alari  t o ‘g"risida»gi 
qonunning  27-moddasida  shunday  deyilgan:  «O'zbekiston  Respublika­
sining xalqaro shartnom alariga  O'zbekiston  Respublikasi  xalqaro  huquq
www.ziyouz.com kutubxonasi


normalariga  muvofiq  qat’iy va  majburiy  ravishda  rioya  etm og'i  lozim »1.
Xalqaro  majburiyatlarning  bajarilishi  yuzasidan  huquqiy  davlatgina 
ishonchli  kafolat  berishga  qodirdir.  Boshqa  bir  jihatdan  esa,  xalqaro 
majburiyatlarga  sodiqlik  huquqiy  davlatga  xos  sifat  ekanini  e ’tirof etish 
o'rinlidir.
Ushbu  prinsipning  uzviy  qismi  sifatida  vijdoniylik  prinsipi  quyidagi 
majburiyatlarni  ko'zda  tutadi:
—  faktik shart-sharoitni, davlatlar va normalar ta’sir doirasiga kiruvchi 
xalqaro  hamjamiyat  manfaatlarini  vijdonan  aniqlash;
—  qo'llash  ko‘zda  tutiladigan  norm alarni  vijdonan  tanlash;
—  normalarning  amalda  tatbiq  etilishi  ularning  shakl  va  mazmuni- 
ga,  xalqaro huquq va axloqqa, shuningdek,  subyektlar zimmasidagi boshqa 
majburiyatlarga  to'liq  mos  kelishini  t a ’minlash;
—  huquqlarni  suiiste’mol  qilishga  yo'l  qo'ymaslik.
Majburiyatlarning vijdonan bajarilishi o'zaro bog'liqlikni taqozo etadi.
Normani  buzuvchi  tom on  shu  normada  ko'zda  tutilgan  o'z  huquqlari- 
dan  foydalanishni  ham  da’vo  qilmasligi shart.  Huquqlardan  foydalanish 
imkoniyatidan  mahrum  etish  repressaliyaning  muhim  turi  sanaladi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish