Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

Саидов А.Х. 
Межпарламентские  организации  мира:  Справочник.—М..  2004.  —  С.  295-300.
www.ziyouz.com kutubxonasi


yonlar  borasidagi  m uam m olarga  o 'z   dunyoqarashini  bildirib,  asosiy 
e ’tibomi saylanganlar va elektorat o'rtasidagi aloqalaming uzilishini oldini 
olish  uchun  saylovchilar  va  saylanganlar  o'rtasidagi  tegishli  aloqalami 
m untazam   amalga  oshirish  lozimligini  alohida  ta ’kidlaydi1.
2002-yilning  18— 19-oktabrida  Venetsiya  komissiyasi  «Saylovlar 
o ‘tkazish davrida tavsiya etiladigan  normalar majmuyi:  rahbariy prinsiplar 
va  umumiy  doklad»,  deb  nom langan  hujjatni  qabul  qildi.  Ushbu  hujjat 
demokratik  saylovlar  o'tkazish  borasida  umumevropa  tajribasining  us­
tuvor  prinsiplarini  o'zida  jamlagan.  M azkur  hujjatda  Yevropa  saylov 
merosi  asosida  quyidagi  beshta  prinsip  yotishi  ta ’kidlanadi:  umumiy, 
teng, erkin,  yashirin va to ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri  saylov huquqi.  Bundan tashqari 
saylovlar  m untazam   ravishda  o'tkazib  turilishi  lozim2.  Yevropa  Ken­
gashining parlament Assambleyasi 2003-yilning 30-yanvarida  1529 (2003) 
raqamli  tavsiyanomani  qabul  qilib,  Venetsiya  komissiyasi  tom onidan 
ishlab  chiqilgan  «Saylovlami  o'tkazish  vaqtida  tavsiya  etiladigan  nor­
m alar  majmuyi»ni  Saylovlar  to'g'risidagi  Yevropa  konvensiyasiga  ay- 
lantirishga  chaqirdi.
Inson  huquqlari  bo'yicha  Yevropa  sudining  Yevropa  Kengashiga 
kiruvchi  a ’zo  davlatlar  fuqarolarining  saylov  huquqlarini  himoya  qilish 
borasidagi  faoliyati  ham da  tashkilotning  pretsedentlik  huquqi  saylov 
huquqi  borasidagi  xalqaro  prinsiplam i  ancha  boyitdi3.  Yevropa  Ken­
gashiga a ’zo davlatlarning  fuqarolari  tom onidan  kelib tushgan  ko'pgina 
yakka  tartibdagi  shikoyatlarni  ko'rib  chiqish  asosida  Inson  huquqlari 
b o 'y ich a   Strasburg  sudi  saylov  huquqiga  tegishli  bo'lgan  Yevropa 
pretsedentlik  huquqini  ishlab  chiqdi.
2002-yilning  20-dekabrida Markaziy va Sharqiy Yevropa  mamlakat - 
larida  saylovlar  o'tkazish  tashkilotchilari  assotsiatsiyasi  2002-yil  22— 
28-sentabr kunlari qabul qilingan  Demokratik saylovlar standartlari, say­
lov huquq va erkinliklari to'g'risidagi  konvensiya  loyihasini taqdim  etib, 
Yevropa  Kengashining  parlam ent  Assambleyasi  muhokamasiga  qo'ydi.
M D H   davlatlarining  parlam entlararo  Assambleyasi  xalqaro  saylov 
huquqi  rivojlanishiga  o'zining  munosib  hissasini  qo'shib,  2001-yil  7- 
o k tab rd a  M ustaqil  D av latlar  H am d o 'stlig ig a  a ’zo  m am lakatlarda 
dem okratik saylov standartlari, saylov huquqi va erkinliklari to'g'risidagi 
konvensiya  qabul  qildi4.
Bular  «Yevropa  saylov  huquqi»ning  shakllanayotganligi  to'g'risida
1
  Qarang:  Election  systems.  Comparative  World  Review.  —  Geneva,  1993.
2
 Qarang: Свод рекомендуемых норм  при  проведении выборов.  Руководящие прин­
ципы  и  Пояснительный доклад.  —  Страсбург,  2002.  —  С  14
3
 Qarang:  Европейский Суд по правам человека:  Избранные решения.  —М.,  2000.
4
  Борисов И.Б.,  Молив Ю.Н.
  Основные  права  и  объязонности  государств  в  изби­
рательном  процессе  / /   Московский  журнал  международного  права,  2002.  —  №1. 
-   С. 
8
.
www.ziyouz.com kutubxonasi


gapirishga imkon beradi.  Bunga Yevropada saylov mexanizmlarini shakl- 
lantirish  jarayonlariga  dunyoning  boshqa  joylariga  qaraganda  ko'proq 
e ’tibor berilayotganligi  ham  sabab  bo‘lmoqda.  M asalaning  ikkinchi  to ­
moni ham  bor. Yevropacha saylov standartlari dunyoning boshqa qit’alari 
va mintaqalari  uchun andoza bo'la  oladimi  yoki  yo'qm i?  Buning uchun 
boshqa  m intaqalarda  ham  tegishli  ijtimoiy  baza  vujudga  kelishi  kerak.
Hokimiyat  asosini  fuqarolar  tom onidan  o'z  huquq  va  m ajburiyat­
larini,  m untazam ,  erkin  va  adolatli  saylovlar,  umumiy  va  teng  saylov 
huquqi,  turli  xil  partiyalar  uchun  ochiq  bo'lgan  va  yashirin  ovoz  berish 
orqali  amalga  oshiriladigan  hamda  hokimiyatdan  mustaqil  bo'lgan  m u- 
tassadilar  nazorati  ostidagi,  firibgarlik  va  qo'rqitishlardan  xolis  bo'lgan 
insonlarga  tegishli  xohish-iroda  tashkil  etadi2.
Haqiqatan  ham  saylov huquqi prinsiplari  demokratik  davlatlar kon­
st itutsiyalari  va  qonunchiligida  o'z  aksini  topm oqda.  U lam ing  ta ’siri 
ostida  XX  asm ing  o'rtalariga  kelib,  saylov  huquqining  um um e’tirof et­
gan  prinsiplari  doirasini  o'rganish  kengayib  bordi.  Ko'pgina  hollarda 
xalqaro-huquqiy normalarni milliy huquqqa implimentatsiya qilish orqali 
yoki  davlat  ichida  majburiy  bo'lgan  akt  chiqarish  yoxud  inkoratsiya 
orqali  erishilmoqda  (masalan,  anglo-sakson  huquqiy  oilasida  bo'lgani 
kabi  sud  praktikasi  orqali).
«Davlat  konstitutsiyasi  va  qonunlari  yordam ida  saylov  jarayonini 
tartibga solishga  bo'lgan  huquq  saylov huquqining  xalqaro  institut  nor­
malarida  mustahkamlab  qo'yilgan  formal  huquqqa  (davlatlarning  hu­
quq  va  majburiyatlariga)  qaraganda  real  hisoblanadi.  Bu  degani,  formal 
huquq  to'g 'rid an  to 'g 'ri  harakat  qilmaydi  va  tegishli  davlatda  huquqiy 
va  siyosiy  majburiyatlarni  amalga  kiritish  protsedurasidan  tashqari  ho ­
latda  milliy  huquq  subyektlariga  majburiyat  yuklay  olmaydi»1.
Shunday qilib,  hozirgi dunyoda milliy saylov qonunchiligidan xalqaro 
saylov  huquqi  kodifikatsiyasigacha  bo'lgan  rivojlanish,  ya’ni  saylovlar 
borasidagi  xalqaro-huquqiy  normalarning  yagona  tizimini  shakllanti- 
rishga  bo'lgan  tendensiya  kuzatilmoqda.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish