Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  Saylovlar  to'g'risidagi  milliy  qonunchilikdan



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet356/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

3 -§ .  Saylovlar  to'g'risidagi  milliy  qonunchilikdan 
xalqaro  saylov  huquqi  sari
Saylov demokratiyaning eng qadimgi instituti hisoblanib, mamlakatning 
boshqarish  shakllari  va  vositalarini belgilab  beradi.  Um um iy  ovoz  berish 
qadim  antik davrda  ham  mavjud  bo‘lgan.  Biroq,  keyinchalik yo'q  b o ‘lib 
ketib, XVII asrda paydo bo'ldi,  XIX asrda esa ancha rivojlandi.  Saylovlar 
institutining  zamonaviy  tarixida  1789-yilda  bo'lib  o'tgan  buyuk  Fransuz 
inqilobi  katta  ahamiyatga  ega.  Chunki  birinchi  bo'lib  saylovlar  protse­
durasi  umummilliy  xulq-atvor  aktiga  aylantirildi.  Xususan,  1789-yilda 
qabul  qilingan  Inson  va  fuqarolar to'g'risidagi  deklaratsiyaning  3-mod- 
dasida quyidagi  holat mustahkamlab qo'yildi.  «Millat suveren hokimiyat - 
ning  manbayi  hisoblanadi,  hech  qanday  bir  tashkilot  yoki  alohida  bir 
olingan shaxs millatga tegishli bo'lgan hokimiyatga egalik qilishi  mumkin 
emas».  Deklaratsiyaning 6-moddasida  esa:  «Qonun  umumiy  xohish-iro- 
daning ifodasidir.  Barcha fuqarolar o'zlari yoki o'z vakillari orqali qonun- 
lami yaratish ishlarida qatnashishlari mumkin. Ular barcha fuqarolar uchun 
bir  xil  bo'lishi  lozim.  Ham m a  fuqarolar  qonun  oldida  teng  bo'lganligi 
sababli  lavozimlaiga tayinlashda  kasb-koridan  qat’i  nazar bir xil  imkoni- 
yatlaiga egalar,  faqat  o'zlarining  imkoniyatlaridan  kelib  chiqib  fuqarolar 
turli  xil  lavozimlami  egallashlari  mumkin»1.
O 'sha  davrdan  boshlab  dunyoning barcha  davlatlari  o 'z  fuqarolari­
ning  quyidagi  davlat  organlarini  shakllantirishdagi  saylov  huquqlarini 
amalga  oshirishga  intiladilar.
Boshlanishida saylov qonunchiligi  milliy huquqiy institut edi. Chunki 
saylov  to'g'risidagi  qonunlar  qancha  puxta  ishlangan  bo'lsa,  shuncha 
saylov jarayonini  samarali  o'tishini  ta ’minlab  berishi  m um kin  bo'ladi.

Международные акты о правах человека / /  Сборник документов.  2  изд.,  доп.  — 
М.,  2002.  -   С.ЗО  -   31.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saylov jarayoni,  o ‘z  navbatida,  huquqiy  poydevorga  asoslanib,  fuqaro­
larning  saylov  huquqlarini  ta ’minlashga  ham da  uni  o 'ta   siyosatlashtiri- 
lishining  oldini  olishga  qaratilgan.  Shuni  alohida  ta ’kidlash  lozimki, 
insonlar  ko'pgina  holatlarda  fuqarolarning  saylov  huquqlarini  saylovlar 
to'g'risidagi milliy qonunchiliklarda yaqin-yaqindan boshlab mustahkam- 
langanini  esdan  chiqarib  qo'ymoqdalar.  «U m um jahon  saylov  huquqi» 
faqat  XX  asr  davomida  shakllanib  o 'z  tasdig'ini  topdi.
Buyuk Britaniyada birinchi saylov qonuni  1632-yilda qabul  qilingan 
bo'lsa  ham  faqat  1918-yildan  boshlabgina  saylov  huquqi  umumiy  say­
lov huquqiga aylandi. O'shanda erkak jinsidagi  21  yoshga to'lgan inglizlar 
ovoz berish huquqiga ega bo'lganlar.  1918-yilgi Xalq vakillari to'g'risidagi 
qonunga  asosan,  30  yoshdan  oshgan  ayollar  ham   ovoz  berish  huquqi 
bilan  ta ’minlandi.  Bu  cheklashlar  Buyuk  Britaniyada  1928-yilgacha, 
ya’ni  ayollarga  ham   erkaklar  bilan  bir  xil  saylov  huquqi  berilgungacha 
am alda  bo'lgan.  1975-yilda  qabul  qilingan,  2002-yilda  o'zgartirishlar 
kiritilgan jinsiy belgilar bo'yicha cheklashlarga  qarshi  qaratilgan  qonun­
ga  asosan,  partiyalar saylanadigan  lavozimlar va  m andatlaiga  nom zod- 
lami tanlash ishlarida hech qanday jinsiy cheklashlarga yo'l qo'ymasliklari 
lozim 1.
Shveysariyada  umumiy  saylov  huquqi  1971-yilga  kelib  qabul  qilin­
di.  1971-yilgacha  faqat  erkaklar  saylov  huquqiga  ega  edilar.  Ko'pgina 
ayollar  1991-yilning  3  martida  o'tkazilgan  referendum dan  keyingina 
ovoz  berish  huquqiga  ega  bo'ldilar  hamda  ayollar uchun  ham  18  yosh­
dan  faol  saylov  huquqi  kenzi  o'm atildi2.
Xorijiy  davlatlarda  200  yil  davomida  jam langan  amaliyotga  nazar 
tashlasak,  turli  xil  (parlam ent,  prezidentlik,  mahalliy)  va  darajadagi 
(umummilliy,  mintaqaviy)  saylovlar to'g'risidagi  yuzlab qonunlar qabul 
qilindi.  Bu  davr  mobaynida  saylov  huquqning  kompleks  sohasi  shakl- 
lantirildi,  saylovlar to'g'risidagi  qonunchilikning um umiy tizimi  yaratil- 
di.  Shuni  alohida  t a ’kidlash  lozimki,  milliy  saylov  qonunchiligi  tizimi 
faqat  saylovlar  to'g'risidagi  qonunlardan  em as,  balki  boshqa  qonunlar 
va  norm ativ  huquqiy  aktlar  ham  o 'z  ifodasini  topgan.
Hozirgi  vaqtda  milliy saylov qonunchiligi  tizimiga  quyidagi  norma­
tiv  aktlar kiradi:
1) 
Konstitutsiya (Germaniya Konstitutsiyasining 38.  1-moddasi,  Ita- 
liya  Konstitutsiyasining  68.  1  va  69.  2-m oddalari,  Ruminiya  Konsti­
tutsiyasining 59.  1-moddasi)  hamda fuqarolarning saylov huquq va erkin­
liklarini,  saylov tizimi va saylov huquqlarining  asosiy prinsiplarini  mus- 
tahkamlovchi  konstitutsiyaviy  normalar;
1
  Qarang: 
Дегтерева  О.В.
  Избирательное  право  Соединённого  Королевства  Ве­
ликобритании  и  Северной  Ирландии.  —  М.,  2003.  С.  68—69.
2
  Сравнительное избирательное  право.  —  М.,  2003.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2)  saylov  to ‘g‘risidagi  konstitutsiyaviy  normalarni  ravshanlashtiruv- 
chi  va  saylov jarayonining  asosiy bosqichlarini  tartibga  soluvchi  maxsus 
saylovga  oid  qonunlar;
3)  saylov jarayonining  ayrim  masalalarini  tartibga  soluvchi  huquq­
ning  ayrim  sohalari  (konstitutsiyaviy,  m a’muriy  jinoyat,  axborot  va 
boshqalar)ga  taalluqli  qonunlar;
4)  saylov  komissiyalarining  (organlarining)  normativ  aktlari;
5)  sud  organlarining  aktlari;
6)  xalqaro-huquqiy  aktlar.
M a’lumki,  XX  asming  ikkinchi  yarmidan  boshlab  insonlarga  te ­
gishli  huquq  va  erkinliklar  universal  va  mintaqaviy  xalqaro  tashkilot­
larning  diqqat-e’tiborida  bo'la boshladi.  Demokratik  saylovlami  am al­
ga  oshirish  borasidagi  xalqaro-huquqiy  normalarni  shakllantirishning 
deyarli  yarim  asrlik tarixi zamonaviy xalqaro saylov huquqini  yaratishda 
ikkita  asosiy  xususiyatni  belgilab  berdi.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish