Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet364/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

0 ‘TTIZINCHI  MAVZU. 
GLOBALLASHUV,  YANGI  DUNYO   TARTIBOTI 
VA  XALQARO  H U Q U Q
1-§.  XXI  asr  —  globallashuv  asri
2 -§ .  Globallashuv  sharoitida  davlatning  roli
3 -§ .  Global  boshqaruv  va  xalqaro  huquq
4 -§ .  B M T   va  yangi  dunyo  tartibotini  belgilash
5 -§ .  Yangi  dunyo  tartiboti  qadriyatlari  va  maqsadlarining  asoslari
6 -§ .  BM T   XXI  asrda:  taraqqiyot  istiqbollari
l - § .   XXI  asr  —  globallashuv  asri
Shiddat  bilan  rivojlanayotgan  hozirgi  davrda  kelajak  haqida  aniq 
tasavvurga  ega  bo'lm ay  turib  davlatning  milliy  va  xalqaro-huquqiy  ti­
zimini  lozim  darajada  takomillashtirish  borasidagi  izchil  va  samarali 
siyosati  haqida  so‘z  ham  bo'lishi  mumkin  emas.
O dam lar  kelajakka  nafaqat  qiziqish  bilan,  balki  xavotirlanib  boq- 
moqdalar.  Agar XX asr va XXI  asrni  qanday  kutib  olishganini  taqqosla- 
sak,  odamlarning kelajakka beqiyos katta umid bilan  qaraganlari  m a’lum 
bo'ladi.  Bunga sabablar bisyor.  Insoniyat  tsivilizatsiyaga xavf solayotgan 
jiddiy  muammolarga  duch  kelib  qoldi.  Yadro  halokati  xavfi  bartaraf 
qilinmagani,  davlatlar ichida birin-ketin  qurolli  to ‘qnashuvlar alangala- 
nayotgani,  xalqaro  terrorizm   qurbonlari  sonining  ortayotgani,  iqlimiy 
o'zgarishlar xavfining  oshishi,  yuqumli  kasalliklardan  millionlab  odam - 
laming  halok  bo'lishi,  ochlikdan  va  yarim  ochlikdan  ko'pgina  odam ­
larning  hayotdan  ko'z  yumishlarini  esga  olish  kifoya.
Tabiiy  ravishda  savol  tug'iladi:  bunday  vaziyatning  sabablari  nim a- 
da?  Nim a  uchun  odam lar  o'z  tinchligini  ta ’minlay  ololmayapti?  Bu­
ning  sababi,  jam iyat  boshqaruvini  milliy  va  xalqaro  miqyosda  tashkil 
etish saviyasida,  deb o'ylashga barcha asoslar bor.  Ishlab chiqarish kuch­
lari,  fan  va  texnika  taraqqiyoti  shunday yuksaklikka  erishdiki,  bu  am al­
da  har  qanday  muam moni  yechishga  imkon  beradi.  Faqatgina  mavjud 
imkoniyatdan  to'g 'ri  foydalana  olish  kerak,  xolos.
XXI  asr  sezilarli  darajada  globallashuv  jarayonining  o'sishi  bilan 
xarakterlanadi.  Biz global  bosqich  davriga qadam  bosdik.  Globallashish 
faqatgina  iqtisodga  tegishli,  degan  fikr  keng  tarqalgan.  Bu  fikrlarning 
asossizligi  yetarlicha  ravshan,  u  xalqaro  aktlarda  ham  ta ’kidlanmoqda. 
BMT  Bosh  Assambleyasining  2000-yildagi  55/102  rezolyutsiyasida  ay- 
tilishicha,  «globallashuv  nafaqat  iqtisodiy jarayon  bo'lib  qolmay,  u  ijti­
moiy,  siyosiy,  ekologik,  madaniy  va  huquqiy jihatlarga  ham  ega».  G lo ­
ballashuv  tsivilizatsiya  konsepsiyasining  o'ziga  ham  o'zgarishlar  kirita-
www.ziyouz.com kutubxonasi


di.  Bu  bilan  har bir  davlat  o'zining  ham  ichki,  ham  xalqaro  faoliyatida 
ko'proq  hisoblashishga  to 'g 'ri  kelmoqda.
Ko'pchilik  falokatlami  yoki,  hech  bo'lmaganda,  ulaming  asosiylarini 
globallashuvga ag'darishga  intiladilar.  Globallashuvga  qarshi  bo'lgan  anti- 
globalistlar harakatining  sababi  mana  shundan  kelib  chiqadi.  Ammo,  asli­
da globallashuv jarayoni milliy va xalqaro miqyosdagi tashkiliy nuqsonlami 
faqat  oshkor  qiladi,  xolos.  Ko'pchilik  mutaxassislar  iste’molchi jamoalar- 
ning inqirozi  dunyo resurslarining kamayib ketishiga,  dunyodagi ko'pchilik 
aholining  qashshoqlashishiga  olib  kelishini  ta ’kidlamoqdalar.  Boy  mam­
lakatlarda yashovchi Yer kurrasi aholisining beshdan bir qismi dunyo resurs­
larining  80%  foizini  ishlatishadi.  Boshqa  tomondan,  qoloq  mamlakatlar 
ijtimoiy-siyosiy  tizimining  rivojlanmaganligi  ularga  aholining  eng  oddiy 
kundalik  ehtiyojini  qondirishga  ham  imkoniyat  bermayapti.
Bularning  hammasi  asosan  sanoati  rivojlangan  yetakchi  m am lakat­
lar  manfaatlariga xizmat  qiladi va xalqaro  tizimda  ham  o'z  aksini  topa­
di.  Boy davlatlar boshqa mamlakatlaming madaniyati va o'ziga xos hayot 
tarzi  bilan  hisoblashmay,  ularga  o'zining  mafkurasini,  o'z  qadriyatlari 
tizimini  majburan  tiqishtirishga  intiladilar.  Natijada  boy  davlatlarning 
siyosatidan  norozilik  kuchayib,  ichki  va  xalqaro  ziddiyatlaming  soni 
oshayotganligi  turli  usul  va  shakllarda  ifodalanmoqda.
Hozirgi  vaqtda  milliy va xalqaro  miqyosdagi tizimiy qaram a-qarshi- 
liklar shunday  keskinlikka  yetdiki,  bu  holat  boshqa  inqirozli  holatlam i 
ham  vujudga  keltirmoqda.
Bu jihatdan  Amerika  sotsiologiyasi  yetakchisi  D.  Bell jam iyat  iqti­
sodiy,  ijtimoiy  va  siyosiy  faoliyatda  uyg'unlikka  erishsagina  samarali 
ishlaydi,  lekin  hozirgi  global  iqtisodiyotda  ochiq  nomuvofiqlik  mavjud 
degan fikri qiziqish uyg'otadi, uning quyidagi bayonoti alohida e ’tiborga 
loyiq:  «Men  iqtisodda  sotsialistman,  siyosatda  liberal».  Bunda iqtisodiy 
tizim ni  tubdan  qayta  tashkil  etish  zaruratini  tan  olish,  davlatning 
demokratik xarakterini  ta ’min etishda  rolini  oshirish g'oyalarini  ko'rish 
mumkin.
Insoniyat  oldida turgan  m uam m olar yechimini  yaratish orqali yangi 
dunyoviy  tartib-qoidani  hal  etish  mumkin.  BMT  Bosh  Assambleyasi­
ning e ’tirof etishicha,  «faqat  keng va qat’iy harakat yo'li bilan, siyosatni 
va  global  miqyosdagi  tadbirlam i  qo'llab,  insoniyatimiz  uchun  uning 
rang-barangligiga  asoslangan  umumiy  kelajak  yaratibgina,  haqiqiy  in­
soniy  qiyofaga  ega  va  barchani  qamrab  oluvchi  globallashishga  erishish 
mumkin»1.
M a’lumki,  insoniyatning  birlashishiga  qarshi  turuvchilar  Shimol  va 
Janub  manfaatlari  kelishmasligini  pesh  qilishadi,  so'nggi  vaqtlarda  is-
1
  Док.  ООН.  Рез.  ГА  55/102,  2000  г. 
370
www.ziyouz.com kutubxonasi


lom  va  xristian  tsivilizatsiyasining  o'zaro  qarshi  turishiga  alohida  urg‘u 
berilyapti.  Shimol  va  Janub  qarama-qarshiligini  inson  hayoti  uchun 
oddiy sharoitlar yaratishda,  Janubga  zaruriy yordam  ko'rsatish  yo'li  bi­
lan  bartaraf  etish  mumkin.  Bu  katta  fidoiylikni  talab  qilmaydi,  lekin 
yutuq  katta  bo'ladi.
Islom  to'g'risidagi  fikrga  kelganda  esa,  terrorizm   bu  dindan  paydo 
bo'layotgani  yo'q,  balki  ayrim  guruh  va  tashkilotlar  o'z jinoiy  faoliya­
tini  oqlash  uchun  undan  foydalanishga  urinayotganidan  kelib  chiqm o- 
qda.  Bu  haqda  musulmon  davlatlarining  xatti-harakatlari guvohlik  ber- 
m oqda.  U lar  o 'z  m adaniyati  va  tsivilizatsiyasining  o'ziga  xosligi, 
o'zlarining  hurmati  uchun  kurashmoqdalar.  Shu  bilan  birga,  ular um u­
miy  m anfaatlar ta ’min  etilishiga hissa qo'shishga tayyor ekanligi  haqida 
bayonot  berishmoqda,  xususan,  ular  ko'plab  qurbonlarga  olib  keluvchi 
terrorizm ni  qat’iy  qoralashmoqda.
«Islom  konferensiyasi»  tashkiloti  tom onidan  qabul  qilingan  Dakar 
deklaratsiyasida (dekabr 1991-y.)  «Biz islom dini ta’limotiga qarshi boruv­
chi  terrorizm   faoliyatini  (hodisasini)  qat’iy  qoralashimizni  yana  bir bor 
ta ’kidlaymiz.  Biz  qonun  doirasida  va  xalqaro  huquq  prinsiplarini  hur­
mat  qilgan  holda jahon  hamjamiyati bilan  xalqaro terrorizm ning barcha 
shakl  va  ko'rinishlariga  qarshi  kurashda  chin  dildan  hamkorligimizni 
tasdiqlaymiz»,  deyilgan.  M a’lumki,  «Islom  konferensiyasi»  tashkiloti 
AQSHda  sodir etilgan  terroristik  aktni  keskin  qoralaydi.
Shunday  qilib,  insoniyat  birligi  g'oyasini  o'zida  namoyon  etuvchi 
dunyo tartiboti tasdig'i yo'lida yengib bo'lmaydigan to'siqlar yo'q.  Uning 
ustiga,  bu  davr  talabidir.  Tinchlik  va  insoniyatning  omon  qolishi  faqat 
davlatlar hamda xalqlarning  hamkorlikdagi  harakati  bilan  ta ’minlanishi 
mumkin.  Bugun  har  bir  mamlakatning  tinchligi  va  xavfsizligi  xalqaro 
tizim ning  ahvoliga  bog'liq.
Bu  vaziyatlaming  ahamiyatini  davlatlarning  tashqi  siyosat  rahbar­
lari  tez-tez ta ’kidlaydilar.  Kanada  va  Norvegiyaning tashqi  ishlar vazir­
lari  L.  Eksvorti  va  K.  Volebak  «Yangi  dunyoni  shakllanishi  uchun  yangi 
diplomatiyaning  qat’iy  zarurligi»  nomli  maqolalarida  «Bugungi  dunyo­
da  alohida  davlat  tom onidan  mustaqil  bajariladigan  ishlar  kam  qoldi. 
Kelajakni kutgandan ko'ra,  biz o'zim izning ixtiyorimizdagi  mavjud  ko'p 
tomonlam ali  muassasalarni  ishlatishimiz  zarur»1,  deb  yozishgan.
Yangi  dunyo  tizimining  shakllanishi  yo'lidagi  asosiy to'siq  obyektiv 
emas,  balki  subyektiv  xarakterga  ega  b o'lib,  bunda  yetakchi  siyosiy 
tafakkur  zamon  talabidan  mohiyatan  ortda  qolmoqda.  Bu  holat,  hatto 
xalqaro  anjumanlarda ham birinchi  yil  belgilanayotgani yo'q.  1991 -yilgi 
Stokgolm  konferensiyasida  qabul  qilingan  rezolyutsiyada,  xususan,  qu-
www.ziyouz.com kutubxonasi


yidagilar  aytiladi:  «Biz  hisoblaymizki,  hozir  yangi  global  tizimda  haqi­
qiy umumiy manfaatimiz yoiidagi  hamkorlik shundan  iboratki, biz dav­
latlarni  global  boshqaruv  tizimini  tuzishga  oqilona  ishontirishimiz  lo­
zim »1.  Ko'rganingizdek,  ancha  murakkab  masalalardan  biri  «davlatlarni 
oqilona  ishontirish»ga  asosli  ravishda  katta  e ’tibor  qaratilmoqda.
Siyosiy  tafakkuming  ortda  qolayotganligi  hodisasi  ikki  jihat  bilan 
tavsiflanadi.  Birinchisi, dunyoqarash sezilarli darajada birqolipdagi ko‘p 
asirlik  tarixga  ega  tashqi  siyosat  bilan  aniqlanadi.  Bu,  xususan,  milliy 
manfaatlarga  mutlaq  ahamiyat  berish  va  xalqaro  manfaatlarga  yetarli 
baho  bermaslikda  namoyon  bo'lm oqda.  Bugun  milliy  m anfaatlar  bor­
gan  sari  ahamiyati  ko'proq  aniq bo'layotgan,  faqat  umumiy  m anfaatlar 
bilan  o'zaro  aloqada  ta ’minlanishi  mumkinligi  hisobga  olinmayapti.
Globallashuv shunga olib keldiki, hozirda birorta ham  davlat xalqaro 
tizim  bilan  o'zaro  faol  aloqasiz  kun  kechira  olmay  qoldi.  Uning  ustiga 
davlatning tinchligi  uning qanchalik o'zaro aloqani samarali  tashkil  etil- 
ganligiga  bog'liq.  Endi  global  m uam molar  inson  bilan  bog'liq  barcha 
ishlarda  borligini  BMT  hujjatlari  tasdiqlaydi.
Siyosiy arboblar hamda  nazariyotchilaming siyosiy tafakkurida sovuq 
urush  qolipidan  qutulmaganlik  holatlari  borligi  alohida  e ’tiboiga  loyiq. 
Bu holatni mutaxassislar muntazam qayd qilishyapti.  M.  Bronde «Xalqaro 
m unosabatlar  to'g'risidagi  barcha  nazariyalar  deyarlik  eskirdi»  nomli 
maqolasida  yozishicha,  bunday  eskirganlik  SSSR  yo'q  bo'lgandan  so'ng 
aniq  bo'lib  qoldi.  Faqat  juda  kam  olimlar  o'z  nazariyasining  zaifligini, 
tarixga  qarshi,  siyosatni  o'zgartirishga  asoslanganligini  tan  oladilar2.
Siyosiy tafakkur  qoloqligi  hodisasining  ikkinchi jihati,  yangi  dunyo 
tartibi va uni shakllantirish yo'llari haqida aniq tasaw um ing yo'qligidan 
iborat.  Bu jihatning  ahamiyati  haqida  davlat  rahbarlari  m untazam   ga- 
pirishayapti.  XXRning  sobiq  raisi  Szyan  Szemin  «Insoniyat  XXI  asrga 
qadam   qo'ydi.  Biz  XX  asr xalqaro  munosabatlari tajribasidan  nimalarni 
o'zim iz bilan birga olishimiz  mumkin?  XXI asrda xalqaro m unosabatlar 
qanday  bo'lishi  lozim?  Bu  savollar haqqoniy  ravishda  har bir mamlakat 
xalqi  oldida,  har  bir  siyosatchi  oldida  turibdi»3,  —  degan  edi.
K o'pchilik nazariyotchilar xalqaro  m unosabatlaming global tizimini 
qayta  tashkil  etish  zarurligini  inobatga  olishadi.  Lekin  shu  bilan  birga 
yangi  tizim  qanaqa  bo'lishi  va  qanday  yo'llar  bilan  maqsadga  erishish 
lozimligida hamjihatlikdan uzoqdalar.  Bularning hammasi tasodifiy emas. 
Vujudga kelayotgan sharoitlaming yangiligi shunchalik muhimki, o'tm ish 
tajribasi  faqat  chegaralangan  m e’yorda  qo'llanilishi  mumkin.
1
  Common  Responsibility  in  the  1990  s.  Stoskholm,  1991.  -P.  36.
1 Braunds M.
 The Obsolescence of Almost All Theories Conseming International Relations
/ /  European  Revue  1998.  -№3.
•’  Российская  газета,  1998,  19  ноябрь.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Vujudga  kelgan  vaziyatni  G.  Kissindjer  m ana  shunday  tavsiflaydi: 
«Yangi  dunyo tartibini  qurishi  lozim  bo'lgan  e ’tiborli  m am lakatlaming 
birontasi  ham   ko'p  davlatlar  bilan  vujudga  kelayotgan  tizim  m unosa- 
batida  hech  qanday  tajribaga  ega  emas.  Yangi  dunyo  tizimi  aw al  hech 
qachon shunchalik turli konsepsiyalar yoki shunday global  miqyos asosida 
shakllanmagan»1.
Aytilganlardan  kelib  chiqadiki,  yangi  dunyo  tartibini  o'm atishning 
zaruriy  sharti  —  yangi  siyosiy  tafakkumi  (dunyoqarashni)  shakllanti- 
rishdan  iborat.  Yangi  siyosiy tafakkur yangi  dunyo  tizimining  chegarasi 
aniqlanishi  bilan  bir  vaqtda  shakllanadi  va  bu  jarayon  ayniqsa  jam oa 
asosida  bo'lib  o'tadi.  Bu jarayonda  m uhim   rol  BMTga  tegishlidir.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish