6 -§ . Xalqaro saylov huquqining prinsiplari
Hozirgi vaqtga kelib, inson huquq va erkinliklari borasidagi barcha
xalqaro normalarni xalqaro standartlar deb atash rasm bo'lgan2. Bu
ta ’rifga asoslanib, erkin va adolatli saylovlar borasidagi inson huquqlari
bo'yicha xalqaro norm alarni xalqaro andozalar deb atash mumkin.
Xalqaro saylov standartlari, o'z mohiyatiga ko'ra, xalqaro norm alar
bo'lib, universal va mintaqaviy andozalarga bo'linadi. Saylovlaiga taal
luqli mintaqaviy xalqaro andozalar universal andozalarga qaraganda ken-
groq, chuqurroq bo'lib butun xalqaro hamjamiyatni emas, balki ayrim
davlatlarning tarixiy a n ’analari, xususiyatlari, rivojlanish darajalarini
hisobga oladi.
Zamonaviy xalqaro huquq saylov huquq sohasida ko'pgina prinsip-
lami ishlab chiqqan. Inson huquqlariga taaluqli bo'lgan universal va
mintaqaviy hujjatlarda saylovlarga tegishli bo'lgan xalqaro prinsiplar turli
xil jihatdan tasniflanadi.
XXI asrning boshiga kelib, xalqaro huquq saylov huquqining quyi
dagi um um e’tirof etgan prinsiplarini belgilaydi:
1) umum saylov huquqi;
2) teng saylov huquqi;
3) erkin ovoz;
4) to'g'ridan to 'g 'ri ovoz;
5) yashirin ovoz1.
1
Qarang: Существующие обязательства по провению демократических выборов в
государствах-участниках ОБСЕ: Сборник. Варшава, 2003.
2
Qarang:
Мюллерсон Р.
Права человек: идеи, нормы, реальность. — М., 1991. -
С. 13;
Саидов А.Х.
Международное право прав человека. - М., 2002;
Саидов А.Х.
Общепризнанные права человека. — М., 2004.
3
Qarang: Свод рекомендуемых норм при проведении выборов: Руководящие
принципы и Пояснительний доклад. BeHetsuH, 2002.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ushbu prinsiplar jam lanib, xalqaro saylov andozalarini tashkil eta
di. «Xalqaro saylov andozalari davlatlarning o'z yuridiksiyalarida bo'lgan
shakllarga erkin, adolatli, haqqoniy va davriy saylovlarda qatnashish-
lari, bunday huquq va erkinliklami buzmasliklari, shu bilan birga, ular
ni ta ’minlash va amalga oshirish borasidagi majburiyatlaridir. Ayrim
hollarda bu huquq va erkinliklami cheklashga yo‘1 qo'yiladi, lekin ular
alohida andozalarda qayd etiladi.
Shunga qaram ay, saylov huquqi b o 'y ic h a tan iq li m utaxassis
G.S. Gudvinldjil barcha davlatlar uchun mos keladigan yagona saylov
mavjud emasligini to'g'ri ta ’kidlab o'tadi.
H ar bir davlatda muayyan ijtimoiy-tarixiy va madaniy sharoitlarda
xalq xohish-irodasini to'liq ta ’minlab beruvchi milliy saylov tizim i yara-
tilishi lozim 1.
Bu BMT Bosh Assambleyasining 1991 -yil 17-dekabrda qabul qilin
gan 46/130-sonli «Saylov davomida Milliy suverenitetni hurmat qilish
va ichki ishlarga aralashmaslik prinsiplam i hurmat qilish» rezolyutsiya-
sida o'z aksini topgan. U nda aytilishicha, saylov jarayonlarini tashkil-
lashtiruvchi institutlam i shakllantirish, shuningdek, uni konstitutsiya
viy normalar va milliy normativ aktlar asosida o'tkazishni har bir xalqn-
ing o'zi tanlaydi. Bundan tashqari, xalqaro hamjamiyatning regulyar va
haqqoniy saylovlarini o'tkazishga qaratilgan prinsiplaming sam arador
ligini oshirish borasidagi faoliyati alohida olingan davlatlarning xalq
xohish-irodasiga muvofiq, saylovlami o'tkazish hamda o'zlarining siyo
siy, ijtimoiy, iqtisodiy va m adaniy tizimlarini, bu tizim lar boshqa dav-
latlaiga yoqadim i-yo'qm i, rivojlantirishga qaratilgan2.
«Erkin va haqqoniy saylovlami ta ’minlash bo'yicha asosiy javobgar
lik muayyan davlatlarning hukumatlariga yuklatilgan»3.
1
Qarang: Goodwin — Gill G. Free and Fair Elections: International Law and Practice.
Geneva, 1994. —P.5.
2
Qarang: Резолюция № 46/137 Генеральной Ассамблеи ООН от 17 декабря
1991 года, пункт 3.
’ Qarang: Резолюция № 46/138 Генеральной Ассамблеи ООН от 17 декабря 1991 года
и № /48/131 от 20 декабря 1993 года.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |