Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  BMTning  saylovlarga  taalluqli  inson



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet359/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

4 -§ .  BMTning  saylovlarga  taalluqli  inson 
huquqlari  borasidagi  xalqaro  prinsiplari
BMTning  saylov  huquqiga  tegishli  prinsiplari  va  standartlari  quyi­
dagi  xalqaro  universal  hujjatlarda  mustahkamlangan:
1) 
1948-yil  10-dekabrda  qabul  qilingan  Inson  huquqlari  um um ja­
hon  deklaratsiyasi  (BM T  Bosh  Assambleyasi  rezolyutsiyasi.  Dok.  217 
A(I1I));
1
  Вестник  Межпарламентской  Ассамблеи  СНГ.  2002  —  № 3,—  С.  343—366.
1
  Варшавская декларация (К сообществу демократий).  27 июня 2000 г о д а // Мос­
ковский журнал  международного  права,  2002.  —  №1.  —  С.  271.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2)  1966-yil  16-dekabrda qabul  qilingan va  1976-yil 23  martdan kuchga 
kirgan  Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar to'g'risidagi  xalqaro  pakt;
3)  1965-yil  21-dekabrda  qabul  qilingan  va  1969-yil  4-yanvardan 
kuchga  kirgan Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to'g'risidagi 
xalqaro  konvensiya;
4)  1979-yil  18-dekabrda  qabul  qilingan  va  1981-yil  3-sentabrdan 
kuchga  kirgan  Xotin-qizlami  kamsitishning  barcha  shakllariga  barham 
berish  to'g'risidagi  konvensiya;
5)  1952-yil  20 sentabrda qabul  qilingan va  1954-yil  7-iyuldan  kuch­
ga  kirgan  Xotin-qizlarning  siyosiy  huquqlari  to'g'risidagi  konvensiya;
6)  1992-yil  18-dekabrda  qabul  qilingan  Milliy  yoki  etnik,  diniy  va 
til jihatidan ozchilikka mansub shaxslarning huquqlari to'g'risidagi  dek­
laratsiya  (Bosh  Assambleyaning  15/14-sonli  (XV)  hujjati);
7)  1960-yil  14-dekabrda  qabul  qilingan  M ustamlaka  davlatlar  va 
xalqlarga  mustaqillik  berish  to'g'risidagi  deklaratsiya  (Bosh  Assamble­
yaning  15/14-sonli  (XV)  hujjati);
8)  1973-yil  30-noyabrda qabul  qilingan va  1976-yil  18-iyuldan  kuchga 
kiigan A parteid jinoyatini  to'xtatish  va  uning uchun jazolash  to'g'risida 
konvensiya;
9) «Saylov jarayonlari amalga oshirilayotgan vaqtda milliy suverenitet 
prinsiplarini  hurmat  qilish  va  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmas­
lik»  to'g'risida  BMT  Bosh  Assambleyasining  rezolyutsiyalari  (1993-yil 
20-dekabrda  qabul  qilingan  48/24  —  sonli  va  1992-yil  18-dekabrda 
qabul  qilingan  47/130  -sonli  hujjatlar);
10)  «Davriy  va  haqiqiy  saylovlami  o'tkazish  prinsipining  samara- 
dorligini oshirish».  (BMT  Bosh Assambleyasining  1991-yil  17-dekabrda 
qabul  qilgan  rezolyutsiyasi,  4 6 /1 17-sonli  hujjat);
11)  Insonlarning umum tan olingan asosiy huquqlarini  rag'batlantirish 
va  himoya  qilish  bilan  bog'liq  faoliyat  yurituvchi  ayrim  fuqarolar,  gu- 
ruhlar  va  organlam ing  huquqlari  va  majburiyatlari  to'g'risidagi  dekla­
ratsiya  (B M T   Bosh  Assambleyasining  rezolyutsiyasi,  53/144-sonli  huj­
jat);
12)  «Jamoat  ishlarida  ishtirok  etish  huquqi»,  «saylov  huquqlari» 
ham da  «davlat  xizmatiga bo'lgan  teng  im koniyatlar  huquqi».  BMTning 
Inson  huquqlari  bo'yicha  qo'm itasining  25-sonli  sharhi1  va  boshqalar.
BM Tning  saylovlarga  taalluqli  b o ig an   xalqaro  prinsiplari  va  stan­
dartlari  quyidagi  inson  huquqlari  bilan  cham barchas  bog'liq:
—  davlat  boshqaruv  ishlarida  qatnashish  huquqi;
—  saylash  va  saylanish  huquqi;
—  davlat  xizmatiga  bo'lgan  teng  imkoniyat  huquqi.
1
  Qarang:  BMTning  hujjati  CCPR/C  121/Rev/  1,  ilova  7,  1996-y.  27-avg.
360
www.ziyouz.com kutubxonasi


Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasida  «boshqaruv  hokim i­
yatining  asosini  xalq  xohish-irodasi  tashkil  etishi  lozim»,  deb  yozib 
qo'yilgan  (21-m odda).  Bundan  tashqari,  «xalq  xohish-irodasi  umumiy 
va teng saylov huquqi,  yashirin  ovoz berish yoki  shunga o'xshash shakl - 
lar,  xullas  ovoz  berish  erkinligini  ta ’minlab  beruvchi  vositalar  yorda­
mida amalga oshiriladigan davriy va haqqoniy saylovlar orqali aks etishi 
lozim»,  deyiladi  deklaratsiyada.
Shunday  qilib,  Inson  huquqlari  um um jahon  deklaratsiyasida  saylov 
demokratiyasining  beshta  asosiy  belgisi  belgilab  berilgan:
—  umumiy  saylov  huquqi;
—  teng  saylov  huquqi;
—  davriy  saylovlar;
—  haqqoniy  saylovlar;
—  yashirin  ovoz  berish.
Saylovlar  insonning  asosiy  huquq  va  erkinliklarini  amalga  oshirish 
va  ularga  rioya  etilishi  borasidagi  muhim  voqelikdir.  Shuning  uchun 
saylovlarda  qatnashuvchi  xalq  ular  orqali  o'zining  xohish-irodasini  ifo- 
da  etadi.  Bundan  tashqari,  saylovlar  haqiqatan  ham  erkin  va  adolatli 
bo'lishi  va  xalqaro  standartlarga  muvofiq  kelishi  uchun  ular  insonning 
asosiy huquq va erkinliklarini  ta ’minlovchi vaziyatda o'tkazilishi  kerak1.
SFXXPning  25-moddasi  Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiya- 
sining  normalarini  rivojlantirib,  diskriminatsiyaga yo'l  qo'ymaslik orqa­
li  dem okratik  saylovlami  amalga  oshirishdek  muhim  prinsiplami  mus­
tahkamlaydi.  SFXXP  yuridik jihatdan  majburiy  xalqaro  shartnom a  si­
fatida  o'zining  25-moddasida  mazkur  paktda  qatnashuvchi  davlatlar 
uchun  hech  qanday  nohuquqiy  cheklashlarsiz  saylovchilaming  erkin 
xohish-irodasini  kafolatlaydi.  Shu  bilan birga,  25-modda  Inson  huquq­
lari  um um jahon  deklaratsiyasi  21-moddasining  bir-biri  bilan  bog'liq 
bo'lgan,  lekin  alohida  amalga  oshiriladigan  fuqaro  huquqiga  almashti- 
radi:
—  shaxsan  yoki  o'zi  saylangan  vakil  orqali  davlatlarni  boshqarish 
ishlarida  qatnashish  huquqi  (bu  holat  ko'pincha vakillik boshqaruv  hu­
quqi  ham   deb  ataladi);
—  saylash  va  saylanish  huquqi;
—  davlat  xizmatiga  kirishish  huquqi  (ishtirok  etish).
Fuqarolarning  davlat  ishlarida  qatnashish  huquqi,  xususan,  ularni
saylovlar yordamida amalga oshirish  insonning fundamental huquqi sirasi­
ga  kiradi.  Uni  samarali  ravishda  amalga  oshirish  uchun  xalqaro  dara­
jada  himoya  qilinadigan  boshqa bir qator huquq  va  erkinliklami  amalga
1
 

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish