Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet360/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

Qarang:  Права
  человека  и  выборы.  Пособие  по  правовым,  техническим  аспек­
там  и  аспектам  прав  человека,  связанным  с  проведением  выборов.  Нью-Йорк  и 
Женева.  1995.  -   С.  3.
www.ziyouz.com kutubxonasi


oshirish talab  etiladi.  Bunday huquq  va  erkinliklarga  quyidagilar kiradi:
1)  o ‘z  fikrini  erkin  ifoda  etish  va  erkin  m a’lumotga  ega  bo'lish 
(SFXXPning  19-moddasi);
2)  erkin  majlislar  o'tkazish  (SFXXPning  21-moddasi);
3)  uyushmalar  erkinligi  (SFXXPning  22-moddasi);
4)  erkin  harakat  qilish  (SFXXPning  12-moddasi);
5)  mustaqil sud protsedurasiga bo'lgan huquq  (SFXXPning  14-mod- 
dasi).  Sud organlari  mustaqilligining asosiy prinsiplari  BMT Bosh Assam­
bleyasi  rezolyutsiyalari  bilan  tasdiqlangan  (1985-yilning  29-noyabri  va 
13-dekabrida  qabul  qilingan  40/32  va  40/146-sonli  hujjatlar);
6) diskriminatsiyadan himoyalanish huquqi (Inson huquqlari um um ­
jahon  deklaratsiyasining  2  va  7-moddalari,  SFXXPning  2,  3  va  26- 
moddalari).
SFXXP  doirasida  o'zining  xalqaro  majburiyatini  amalga  oshirish 
mexanizmi  sifatida  davriy  m a’ruzalami  paktga  a ’zo  davlatlar  tom oni­
dan  BMTning  Inson  huquqlari  bo'yicha  qo'm itasiga taqdim  etish  qabul 
qilingan.  Hozirgi  davrga  kelib,  SFXXPga  qo'shilgan  davlatlar  soni  148 
taga  yetdi.
Inson  saylov  huquqi  va  erkinliklaridan  teng  foydalanishi  uchun  u 
hech  qanday  cheklashlarsiz  amalga  oshirilishi  lozim.  Saylovlar  chek- 
lashlar va qo'rqitishlardan xoli,  hamda insonning asosiy huquq va erkin­
liklari  hurmat  qilinadigan  vaziyatda  o'tishi  lozim.  BMTning  inson  hu­
quqlariga  taalluqli  bo'lgan  ustuvor hujjatlarda  o'z  aksini  topgan  inson­
ning ko'pgina huquqlariga rioya etish erkin va adolatli saylovlami amalga 
oshirish  yo'lida  katta  ahamiyatga  ega.
BMTning  inson  huquqlariga  taalluqli  bo'lgan  xalqaro  hujjatlarida 
quyidagi  xalqaro  m ezonlar  mustahkamlab  qo'yilgan:
1)  erkin  saylovlar;
2)  adolatli  saylovlar;
3)  haqqoniy  saylovlar;
4)  saylovlar davriyligi  va  m a’lum  m uddatda  o'tkazilishi;
5)  saylovlar  to'g'risidagi  milliy  qonunlarga  bo'lgan  umumiy  talab­
lar1.
BM T  Bosh  Assambleyasi  rezolyutsiyasida  aytilishicha,  «davriy  va 
haqqoniy  saylovlar  fuqarolarning  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qi­
lishga  qaratilgan  doimiy  xatti-harakatlarning  zarur va  kerakli  elem enti- 
dir  va  amaliyotning  isbotlashicha  har  bir  fuqaroning  davlatni  boshqa­
rish  ishlarida  qatnashishi  bu  barcha  insonlar  tom onidan  insonlarga  te-
1  Qarang:  Права  человека  и  выборы.  Пособие  по  правовым,  техническим  аспек­
там  и  аспектам  прав  человека,  связанным  с  проведением  выборов.  Нью-Йорк  и 
женева,  1995,  С.  21-48.
www.ziyouz.com kutubxonasi


gishli  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy va  madaniy  huquqlarni  o ‘z  ichiga olgan 
asosiy huquq va erkinliklami  samarali  amalga oshirilishining zarur shart - 
laridan  biridir»1.
Haqiqatan  ham,  BMTning  saylovga  taalluqli  inson  huquqlari  so­
hasidagi  prinsiplari va standartlari o ‘z  mazmuniga ko‘ra juda keng bo'lib, 
barcha  davlatlarda qo'llanishi  mumkin.  Bu  vaziyatda  BMT barcha dav- 
latlami  va  xalqlarni  qoniqtira  oladigan  yagona  siyosiy  tizim  mavjud 
emasligini  alohida  ta ’kidlaydi.  Bundan  tashqari  BMTning  saylov  bo­
rasidagi  faoliyati  suveren  tenglik,  hududiy  yaxlitlikni  va  siyosiy  musta- 
qillikni  hurmat  qilishdek  asosiy  prinsiplarga  muvofiq  amalga oshiriladi. 
Bu  qoida  BMT  Ustavida  yozib  qo'yilgan2.
Davlat  suvereniteti,  xalqaro  huquq  normalari  va  xalqaro  siyosiy 
normalarga binoan, davlatlarga berilgan ayrim huquqlar va saylov jarayoni 
masalalarida  yuklatilgan  majburiyatlar sababli  cheklanmaydi3.  Shunday 
qilib,  davlatlar umumiy  xohish-iroda asosida o 'z suverenitetlarini  am al­
ga  oshirib,  harakatga  kirishadilar.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish