Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  Yangi  dunyo  tartiboti  qadriyatlari  va  maqsadlarining  asoslari



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet368/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

5 -§ .  Yangi  dunyo  tartiboti  qadriyatlari  va  maqsadlarining  asoslari
Dunyo  tartiboti  asosiga  yigirma  birinchi  asrda  xalqaro  m unosabat­
lar  uchun  katta  ahamiyatga  ega  bo'lgan  qadriyatlar  kiritilmoqda.  Ular 
quyidagilar:
Erkinlik:
 
inson huquqlarini ta ’min etishda demokratiyaning eng yaxshi 
vosita  va  barchaning  ishtirokiga  tayanuvchi  boshqaruv.
Tenglik'.
 
bironta  ham  inson  yoki  davlat  taraqqiyot  imtiyozlaridan 
m ahrum   qilinishi  mumkin  emas.
Birdamlik:
 
global  m uam m olar yechimining og'ir yuki ijtimoiy adolat 
prinsiplariga  binoan  taqsimlanishi  zarur.  Dunyo  tartiboti  prinsiplari  so­
niga  ijtimoiy  adolat  prinsiplarining  kiritilishi  katta  ahamiyatga  egaligini 
payqamaslik  mumkin  emas.  O'tmishdagi  dunyo  tizimining  oliy  yutug'i 
davlatlarning  nomigagina  tengligi  tasdiqlanganligida  edi.
Tolerantlik: odam lar bir-birini madaniyati, tili,  e ’tiqodi turli-tum an- 
ligiga  qaramay,  hurm at  qilishlari  kerak.  Jahon  madaniyati  va  barcha 
sivilizatsiyalar  orasidagi  munosabat  faol  qo'llab-quw atlanishi  haqidagi 
qoida  alohida  e’tiborga  loyiq.
Tabiatga  hurmat:
 
birlashgan  harakatlar  bilan  tabiatni  asrashni 
ta ’minlash.  Hozirgi  iste’mol  va  ishlab  chiqarish  usullari  bizning  kela- 
jagimiz  xotirjamligi,  merosxo'rlarimiz  tinchligi  ehtiyoji  uchun  tubdan 
o'zgartirilishi  zarur.
Umumiy javobgarlik:
 
jahon iqtisodiyoti va  ijtimoiy taraqqiyoti  uchun 
javobgarlik,  shuningdek,  tinchlik  va  xavfsizlikni  ta ’minlash  barcha  dav­
latlar uchun  um um iy  bo'lishi  kerak va  ko'p  tom onlam a  asosda  amalga 
oshirilishi  lozim.  Bu  qoida  alohida  e’tiborga  loyiq.  U  yangi  dunyo  tar­
tibotini  ta ’riflaydi.  Um um iy javobgarlikni  tan  olish  zarurati  birinchi  yil 
ta ’kidlanayotgani  yo'q.  BM Tning  Bosh  kotibi  K.  Annan:  «Davlatlar 
bizning global dunyomizda o'zining ikki tom onlam a rolini puxta anglashi
www.ziyouz.com kutubxonasi


zarur.  O'zining  mustaqil  javobgarligiga  qo'shim cha  ravishda,  har  bir 
davlat  o'zining jam iyati,  davlatiga  munosabati  bilan  bu  sayyorada bizn­
ing  umumiy  hayotimizga  kafolat  beradi.  Davlat  o'rnini  bosa  oladigan 
yoki  raqobatga  qodir bironta  ham  tuzilma  yo'q»1  —  degan  edi.
Um um iy javobgarlik  BMT  aktlarida  qayta-qayta  takrorlanishi  taso- 
difiy  emas.  Davlatlar  va  hukumat  rahbarlari jamiyat  oldidagi  javobgar- 
ligi bilan bir qatorda,  dunyo xalqlari oldida umumiy tinchlikni ta ’minlash 
uchun  kollektiv javobgarlikni  ham  olib  boradilar.
Belgilangan  qoidada  boshqa  muhim  jihat  bo'lgan  dunyo  tizimi 
boshqaruvini  zarur  darajada  ta ’min  etish  uchun  javobgarlik  ham   bor. 
Yetarlicha yuqori darajada boshqarish — insoniyat oldida turuvchi muhim 
va murakkab m uam molar yechimining zarurati bilan aniqlanadigan yangi 
dunyo  tartibining  xarakterli  xususiyatlaridan  biri.  G ap jam iyatni  milliy 
va  xalqaro  miqyosda  yuksakroq  uyushtirish,  m ukam m alroq  boshqarish 
haqida  ketmoqda.  K.  Annan:  «Biz  milliy  miqyosda  yaxshiroq  boshqa- 
rishim iz  shart,  xalqaro  m iqyosda  esa  biz  boshqarishni  birgalikda 
o'rganishim iz  yaxshiroqdin>2,—  deb  ta ’kidlaydi.  Boshqaruv  ahamiyati 
Bosh  Assambleya  rezolyutsiyalarining  ko'pgina  qoidalarida  aks  etgan. 
U nda  dunyo  tuzum ining  asosiy  maqsadlari  belgilab  berilgan.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish