Ikkinchi maqsad — taraqqiyot, qashshoqlikni tugatish. Butun insoni-
yatni muhtojlikdan qutqarish va har biri uchun taraqqiyot huquqini real
ta ’minlash, buning uchun milliy va global miqyosda sharoit yaratish lo-
zimligi ifodalandi. Shu bilan birga, qo ‘yilgan maqsadlarga erishish har bir
mamlakatda va xalqaro miqyosda yaxshi boshqarishga bog‘liq. K o'p to
monlama savdo va moliyalar tizimi ochiq, adolatli, m e’yorga asoslangan,
oldindan xabar beriladigan va kamsitmaydigan bo'lishi kerak. Asosiy e’tibor
rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlarga qaratilgan bo'ladi.
Bu masalalar yechimi uchun ijtimoiy tashkilotlar va xususiy sektor
bilan ishonchli sherikchilik rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |