Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


 -§ .  Global  boshqaruv  va  xalqaro  huquq



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

3 -§ .  Global  boshqaruv  va  xalqaro  huquq
Siyosiy,  ijtimoiy  va  m adaniy  sharoitlaming  turli-tum anligi  shun­
chalik  ta ’sirliki,  asosiy  boshqaruv  ko'lam i  milliy  va  mahalliy  saviyada 
bajariladi.  Milliy darajadagi boshqaruv saviyasini oshirishni markazlashgan

Hobe  S.
  Der  Offene  Verfassungsstaat  Zwischen  Souvergnitgt  und  Interdependenz. 
Berlin,  1998.
www.ziyouz.com kutubxonasi


davlatni  saqlash  zarurati  talab  qilmoqda.  Shu  bilan  birga,  ijtimoiy  ha­
yotning  murakkablashishi  va  uni  boshqarish  tashqi  aloqalar  vakolati 
bilan  birga,  qo'shim cha  m a’m uriy-hududiy  bo'lim lar  vakolatini  ham 
berishni  talab  qilmoqda.
Bu  shart Yevropa xalqaro-huquqiy aktlarida o 'z aksini topgan.  C he­
gara  bitim ida  kam  sonli  millatlar  himoyasi  haqida  aytiladi:  Beg'araz  va 
gullayotgan  Yevropa  taraqqiyoti  nafaqat  davlatlar orasidagi  hamkorlik- 
dan  iborat,  balki  chegara  orqali  hamkorlik  davlatlarning  hududiy  bu- 
tunligiga  va  mahalliy  mintaqaviy  hokimiyatlar  orasida  Konstitutsiyaga 
rioya  qilishga  asoslanadi»1,  deyilgan.
Hayot jamiyat  tinchligini  ta ’minlashda  davlatning  hal  qiluvchi  roli 
mavjudligi borasida Ьощап sayin asosli dalillar keltirilmoqda.  Ichki qurolli 
to'qnashuvlar  aynan  davlat  hokimiyati  ta ’sir  qilolmaydigan  m am lakat- 
lam i  shikastlamoqda.  Natijada boshqa davlatlar uchun  katta xavf paydo 
bo'lm oqda.  Bunday  to'qnashuvlar  BMT  Xavfsizlik  Kengashi  tom oni­
dan  tinchlik va xavfsizlikka tahdid  deb baholanm oqda.  Shunday  davlat­
lar xalqaro terrorizm uchun baza bo'lib xizmat qilishini yaqin o'tmishdagi 
voqealar  tasdiqlamoqda.
Jahon tizimining samarali boshqaruvini  tashkil  etish masalasi  muhim 
ahamiyatga  ega.  Ko'pchilik  mutaxassislar,  dunyo  davlati  va  dunyo  hu- 
kumatini  tashkil  etish  —  xayoliy  maqsad  ekanligiga  qo'shilishm oqda. 
Ha,  tashkil  etilgan  holda  ham  ular  foydali  bo'lm agan  bo'lardi.  Global 
boshqaruv davlatlar hamkorligiga tayanishi zarur.  Xalqaro uyushma ham 
shu  nuqtayi  nazar  tarafdori.  BMT  Bosh  kotibining  2000-yilda  tashki­
lotning  qilingan  ishlari  haqidagi  m a’ruzasida:  «Sam araliroq  dunyo 
boshqaruvi  zarur,  bunda  men  dunyo  ishlarini  hamjihatlik  bilan  olib 
borishni  ko'zda  tutyapm an»2,  —  degan  edi.
Dunyo  jarayonlarini  boshqarishni  tashkil  etish  har  bir  daraja  va- 
kolatlarini  to'g'ri  aniqlab  olishni  talab  qiladi.  Jahon  miqyosida  yuqori­
dagi  holat  uchun eng  muvofiq  keladigan faqat  umumiy  m uam m olar hal 
qilinadi.  Oqillik chegaralaridan chiqish global  mexanizm ta ’sirini susayti- 
radi, g'oyaning ham obro'sini tushiradi.  Boshqarish faoliyatining ahami- 
yatli qismi  mintaqaviy darajaga tegishli.  Bu jihatdan, yordam puli beruvchi 
tamoyillari  bilan,  Yevropa  Ittifoqi  tajribasi juda  foydalidir.  Unga  ko'ra, 
Ittifoq  organlariga  faqat  umumiy  m uam m olarni  hal  qilishda  zaruriy 
vakolatni  amalga  oshirish  huquqi  berilgan.
Xalqaro  miqyosdagi  boshqaruvning  takomillashishi  xalqaro  tashki­
lotlar tizimining rivoji,  ular vakolatining kengayishi va faoliyati ta ’sirining 
oshishini  talab   qiladi.  BM T,  « G lo b a lla sh tirish   o q ib atid a   paydo
1
  Бюллетень  международных договоров.  1999.  № 5,  —  С.  20.
2 Аннан К.
  Общая  судьба  —  новая  решимость.  Нью-Йорк.  2001.  —  С.5.
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo'layotgan  imkoniyatlar  va  takliflar  xususida  ko‘p  yoqli  mexanizmlar 
noyob  rol  o'ynashi  shartligini»1,  ta ’kidlaydi.
Tajribalar  shuni  ko'rsatadiki,  xalqaro  tashkilotlardan,  ayniqsa,  iqti- 
sod  sohasida,  ko'pincha  kuchli  davlatlar o 'z  xususiy  manfaatlari  uchun 
foydalanadilar.  Lekin  shuni  hisobga  olish  kerakki,  xalqaro  idoralarsiz 
kuchlilarning  hukmi  yana  ham  sezilarli,  tegishli  m e’yorlar bilan  chega- 
ralanmagan  bo'lardi.  Universal  siyosiy  tashkilotlarga  kelsak,  ular  o'rta 
va  kichik  davlatlar  oldida  dunyoviy  m uam m olar yechimida  qatnashishi 
uchun  sezilarli  qo'shim cha  imkoniyatlar  yaratadi.
Globallashuv  am alda  ijtimoiy  hayotga  har  taraflama,  shu  qadar 
muhim  o'zgarishlar kiritdiki,  hozircha ularning barcha natijalarini  aniq­
lashga qodir emasmiz.  Bu  natijalarning ahamiyatini  hisobga olib,  ularni 
aniqlash  uchun  m uhim   tadqiqotlarni  amalga  oshirish  zarur.  Afsuski, 
hozirgi  jam iyatning  ijtimoiy  va  siyosiy  fanlarga  qilgan  sarf-xarajatini, 
boshqa,  ayniqsa,  harbiy  ishlar  bilan  bog'liq  tadqiqotlar  chiqimi  bilan 
taq qoslab  ham   b o 'lm a y d i.  Ijtim oiy  fan larn i  rivojlantirish  uchu n 
qo'shim cha  m ablag'lar  talab  qilinadi.  U lar  bilimning  boshqa  sohalari 
xarajatiga  qaraganda  kattaroq  miqdorda  qoplanadi.
Ijtimoiy fanlarning bunday ahvoli  siyosiy tafakkur rolining oshayot- 
ganligini  aks  ettirm aydi,  balki  ularning  oqsayotganini  namoyon  qiladi. 
Boshqa tom ondan,  ijtimoiy fanlarning yetarli  rivojlanmaganligi  —  siyo­
siy  tafakkuming  orqada  qolish  sabablaridan  biridir.
Kelgusidagi  o'zgarishlam ing  asosiy  xususiyatlarini  inobatga  ola  tu ­
rib,  davlatlar siyosati jam iyatning kengroq doirasidagi ko'magiga muhtoj 
bo'ladi.  Bu  davr  talabiga  binoan  ommaviy  ong  rivojini  talab  qiladi. 
Bunda  hal  qiluvchi  rolni  ommaviy  axborot  vositalari  o'ynashi  lozim 
bo'ladi.  Lekin  qayd  qilishga  to'g'ri  keladiki,  hozirgi  jam iyatda  OAV 
foyda  manfaatiga bo'ysundirilgan.  Ular qanchalik g'ayriijtimoiy axloqni 
targ'ib qilsa, shunchalik m a’rifat tarqatmaydi va jamiyatni tarbiyalamaydi. 
Bu  kabi  holatni  o'zgartirish zarurati jam iyatdan tarbiyalash va  m a’rifatli 
qilish  funksiyasini  o 'z   zimmasiga  olishni  talab  qilmoqda.  Asosiy  e ’tibor 
insonlar  ongida  odam larning  bir-biriga,  jam iyatga,  boshqa  xalqla^ga, 
butun  insoniyatga  munosabatini  belgilovchi  huquq  prinsiplari  va  axloq 
qoidalarini  mustahkamlashga  qaratilishi  shart.  Bu  qoida  va  tamoyillar 
asosida  um uminsoniy  qadriyatlar  tizimi  aks  ettirilgan  bo'lishi  shart.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish