114
Ko‘rsatkichning kamchiliklari: birinchidan, foiz stavkalarining o‘zgarishi bilan
bog‘liq daromadning o‘zgaruvchanligini ko‘rsatib
bermaydi, ikkinchidan esa bank
kattaligini hisobga olmaydi.
GEPni quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Manfiy GEP bank passivlarining foiz stavkalari o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘lgan
aktivlariga nisbatan ko‘proqligini anglatadi.
Bank mablag‘larni qisqa muddatga olib, uni uzoq muddatga
joylashtirgan holatlar
rentabellik hisoblanadi. SHuningdek, bank past narxlardan olib,
uni daromadliroquzoq
muddatli bozorda kreditga qo‘yadi. Manfiy GEP holatidagi bank foiz stavkalarining
tushishidan foyda ko‘radi. Stavka oshganda, manfiy GEP sezilarli darajadagi foiz riskini
vujudga keltiradi, chunki narxlar daromadli aktivlardan ko‘riladigan
foydaga nisbatan
tezroq osha boshlaydi. Inflyasiya holatlarida manfiy GEP moliyaviy fojealarga olib
keladi: daromadlar o‘rnini zararlar egallaydi, bankning moliyaviy barqarorligi buziladi,
bu esa to‘lovga layoqatsizlikka olib keladi.
2. Nolli GEP bankning aktiv va passivlarini muddatlar bo‘yicha
moslashtirishni
anglatadi. Ushbu holatni odatda neytral risk deb nomlashadi. Nolli GEP holatli bank foiz
stavkalari o‘zgarish jarayonida o‘zining portfelida “sarf qilinmaydigan” ssudalarni
saqlaydi. SHuni inobatga olish kerakki, aktiv va passivlar bo‘yicha foiz stavkalarning bir
xilda o‘zgarishi sof foiz daromadiga ta’sir qilmaydi. Lekin, ushbu nolli GEP holatida foiz
stavkalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan riskning paydo bo‘lish imkoniyati yo‘q degani
emas. Muammo shundan iboratki, aktiv va passivlar bo‘yicha stavkalarning o‘zgarishi
sinxronlanmagandir. Ssudalar bo‘yicha foiz stavkalar
bank rahbariyati tomonidan
shartnoma asosida belgilanadi, ular esa bozor stavkalari o‘zgarishidan orqada qoladi,
ayniqsa foiz siklining burilish nuqtalarida (4-rasmga qarang). “Nolli qirqilish”
taktikasi
bankning mohirliik (manyovrchanlik, harakatchanlik) sifatini kamaytiradi, bu esa
yuksalish paytlarida bank foydasining o‘sishini to‘xtatadi va tushish (spad) paytlarida esa
uning tushishini yumshatadi.
3. Musbat GEP bank aktivlarining foiz stavkalari o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘lgan
passivlariga nisbatan ko‘proqligini anglatadi. Agar foiz stavkalarining darajasi kamayish
115
tendensiyasiga ega bo‘lsa, bankning foiz daromadi foiz qaytarish to‘lovlari xarajatlariga
nisbatan tezroq kamayadi. SHu tariqa musbat GEP holatiga ega bo‘lgan
bank foizlar
tushishidan zarar ko‘radi va uning oshishidan daromad oladi.
Bankning daromadlilik ko‘rsatkichi – spred tushunchasini kiritamiz. Spred – aktiv
va passiv operatsiyalar bo‘yicha foiz stavkalari o‘rtasidagi tafovutdir.
Do'stlaringiz bilan baham: