102
fond va rezervlarni tushunishimiz kerak. Bank kapitaliga ustav kapitali, rezerv kapitali,
ta’sis foydasi, bank ixtiyorida qoldirilgan o‘tgan va joriy yilda taqsimlanmagan foydasi,
turli risklarni qoplash uchun tashkil qilingan rezervlar kiradi va u bank faoliyatida muhim
funksiyalarni bajaradi.
Bank kapitali I va II darajali kapitaldan iborat bo‘lib.
I darajali kapital quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) to‘liq to‘langan va muomalaga kiritilgan oddiy aksiyalar;
b) nokumulyativ imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar muayyan
sotib olish sanasi va
shartlariga, egasining xohishiga ko‘ra sotib olinish imkoniyatiga ega emas. Bank
aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq, ular bo‘yicha dividendlar
to‘lanmasligi mumkin;
v) qo‘shimcha kapital - oddiy va imtiyozli aksiyalar bozor
narxining ularning nominal
qiymatidan oshib ketishi;
g) taqsimlanmagan foyda:
kapital zaxiralar;
avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi;
joriy yil zararlari.
d) aksiya egalari kamchiligining birlashgan korxonalar aksiyadorlik hisobvaraqalarida
o‘sishi. Bu ulush shu’ba korxonalari hisobvaraqalari bank moliyaviy hisobotlarida
birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini
tashkil qilganda vujudga keladi.
II darajali kapital quyidagilardan iborat:
a) joriy yildagi sof foyda;
b) riskni hisobga olgan holda aktivlar summasining 125 foizi va hisob - kitoblardan so‘ng
I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdoridagi umumiy zahiralar. Nokumulyativ
muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar muayyan sotib
olish sanasi va shartlariga,
103
egasining xohishiga ko‘ra sotib olinish imkoniyatiga ega emas. Bank aksiyadorlarining
umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq, ular bo‘yicha dividendlar to‘lanmasligi mumkin;
v) hisob - kitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda aralash
turdagi majburiyatlar;
g) subordinar qarz bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo‘lib, bank kapitalini aniqlash
maqsadida hisob - kitoblardan so‘ng I darajali kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak.
II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to‘lash muddati etib kelgunga qadar oxirgi 5
yil davomida yiliga 30 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi
subordinar qarzlar garov ta’minotiga ega bo‘lmasligi, bank tugatilayotganda ushbu
majburiyatlar bo‘yicha talablar depozitlar talablari qondirilganidan so‘ng
amalga
oshirilishi, boshlang‘ich to‘lov muddati 5 yildan ortiq bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: