1
O
O
’
’
Z
Z
B
B
E
E
K
K
I
I
S
S
T
T
O
O
N
N
R
R
E
E
S
S
P
P
U
U
B
B
L
L
I
I
K
K
A
A
S
S
I
I
O
O
L
L
I
I
Y
Y
V
V
A
A
O
O
’
’
R
R
T
T
A
A
M
M
A
A
X
X
S
S
U
U
S
S
T
T
A
A
’
’
L
L
I
I
M
M
V
V
A
A
Z
Z
I
I
R
R
L
L
I
I
G
G
I
I
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Bank ishi” kafedrasi
“Bank risklari” fanidan
O’QUV-USLUBIY MAJMUA
Tuzuvchilar: i.f.d. Abdullaeva Sh.Z..
i.f.n. Qulliev I.Ya.
T
T
O
O
S
S
H
H
K
K
E
E
N
N
T
T
–
–
2
2
0
0
1
1
4
4
2
1-mavzu: “Bank risklari” fanining predmeti, vazifalari va banklar faoliyatida
risklar
Reja:
1. Bank risklari kursining tarkibi va yo‘nalishlari va boshqa iqtisodiy fanlar bilan
aloqasi.
2. Iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida risklar.
3. Banklar faoliyatining risklarga bog‘liqligi.
4. Iqtisodiy risklar, ularning turlari va ularda bank riskining o‘rni.
5. Risk konsepsiyasi, fikrlar va muammolar.
1. Bank risklari kursining tarkibi va yo‘nalishlari va boshqa iqtisodiy fanlar
bilan aloqasi.
«Bank risklari» fani tijorat banklari faoliyatida yuzaga keluvchi xavf-xatar va
risklarni tasniflash sohasida kasbiy bilim beruvchi, bo‘lg‘usi bankirlarni mazkur risklarni
bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltiruvchi, hamda risklarni
baholash va boshqarishning asosiy qonunlarini o‘rgatuvchi fandir.
Ma’lumki, tijorat banklarida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini ishlab
chiqish orqali erishish mumkin.
Bank riskini boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan xom-cho‘t qilish,
risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik yoki ularning ta’sirini
kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
Bank riskini boshqarish tizimining ob’ekti banklar faoliyatida yuzaga keluvchi risklar
bo‘lsa, uning sub’ekti sifatida riskga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi gurux, bank bo‘limi hodimi
yoki menejeri xisoblanadi.
Bank risklarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank faoliyatini chuqur
bilish, bank bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini aniqlay bilish, bankning
kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari bo‘yicha optimal qarorlar
qabul qilishga erishish, mijozlarning xo‘jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli,
tarmoqlar faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim.
3
Bankning risklarni boshqarish strategiyasi bankning barcha imkoniyatlaridan to‘la
foydalanish, bankni rivojlantirish istiqbollarini belgilab berish va bank risklarini oldini
olib banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirish jarayoni tijorat banklarining barqaror faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni
ko‘zda tutadi. Chunki tijorat banklari bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy
qismlaridan biri xisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat ahamiyatiga egadir.
Markazlashgan
iqtisodiyot
sharoitida
barcha
xo‘jalik
sub’ektlari
qat’iy
yo‘riqnomalar, buyruqlar, me’yoriy xujjatlar bo‘yicha faoliyat olib borganligi uchun risk
va uning darajasini o‘ylashga to‘g‘ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda olish yoki zarar
ko‘rish mumkinligi aniq bo‘lar edi. Ko‘rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti
yoki vazirlik tomonidan, ba’zi xollarda turli xil yo‘qotishlar bilan birga byudjet
mablag‘lari xisobidan qoplanardi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatish korxonalardan faoliyatning yuqorida
keltirilgan tamoyillarini o‘zgartirishni talab qiladi. Endi har bir bozor munosabatlari
sub’ektining faoliyati qonun doirasida o‘z me’yorlariga ega bo‘ldi. Nobarqaror, tez
o‘zgarib turuvchi bozor munosabatlari sharoitida banklar o‘z mijozlari, raqobatchilari
tomonidan bo‘ladigan harakatlar va qonun xujjatlari o‘zgarishi bilan bog‘liq turli xil
natijalar va ularning bank faoliyatiga ta’sirini inobatga olib borishi lozim. Chunki bunday
o‘zgaruvchan xolatlar bank faoliyati davomida yuqori risk qilishga olib keladi.
Zamonaviy bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bankning risksiz operatsiyasi
yo‘q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog‘liq bo‘lib, ularning darajasi operatsiya
turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Bank amaliyotida riskni umuman yo‘q qilish
mumkin emasligi bois, uni oldindan ko‘ra bilish, uni kamaytirish choralarini ko‘rish
lozim.
Shunday qilib, yuqorida bayon etilgan fikrlar kursning asosiy yo‘nalishlarini tashkil
etib, ushbu yo‘nalishlarning mazmun va mohiyatini chuqur o‘rganish va bo‘lg‘usi
bankirlarga o‘rgatish «bank risklari» fanining asosiy maqsadini tashkil etadi.
4
«Bank risklari» fani tijorat banklari faoliyatida yuzaga keluvchi risklar, ularning
turlari, taxlili va ularni xisoblash yo‘llari, tijorat banklari kredit siyosati va uning
mezonlari, tijorat banklarining aktiv va passiv operatsiyalari bo‘yicha yuzaga keluvchi
risklar, kreditlash jarayoni bilan bog‘liq risklar, mijozning kreditga layoqatlilik
ko‘rsatkichlari va ularni takomillashtirish yo‘llari, tijorat banklari faoliyatida yuzaga
keluvchi boshka risklar va ularni boshqarish masalalarini o‘z ichiga olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |