1Tarixi 2Mulkdorlari va rahbariyati 3Faoliyati 4Koʻrsatkichlari



Download 68,88 Kb.
bet1/4
Sana22.06.2022
Hajmi68,88 Kb.
#691766
  1   2   3   4
Bog'liq
Milliy banki“ aksiyadorlik jamiyati


Mavzu:“Milliy banki“ aksiyadorlik jamiyati

Mundarija

  • 1Tarixi

  • 2Mulkdorlari va rahbariyati

  • 3Faoliyati

  • 4Koʻrsatkichlari

  • 5Plastik kartochkalari

  • 6Pul oʻtkazmalari

  • 7Tashqi savdo faoliyati

  • 8Investitsion faoliyati

  • 9Yoʻnalishlari

  • 10Umummilliy ahamiyatli obʻektlarni moliyalashtirish

  • 11Moliyaviy barqarorlik

  • 12Filiallari va boʻlimlari

  • 13Shoʻba korxonalari va tashkilotlari

    • 13.1Asia-Invest Bank

    • 13.2NBU Invest Group

  • 14Manbalar

  • 15Havolalar


Oʻzbekistonning universal tijorat banki; aktivlar hajmi boʻyicha mamlakatning eng yirik, loyihaviy moliyalashtirish, universal tijorat, investitsion va jamgʻarma bank funksiyalarini birlashtiruvchi bank hisoblanadi.
Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi siyosatini amalga oshirish, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirishga, tovar va xizmatlarning eksport va import tuzilmalarini yaxshilashga koʻmaklashish, tashqi iqtisodiy faoliyatga xizmat koʻrsatish, valyuta mablagʻlarini toʻplash, valyuta manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Oʻzining keng miqyosli infratuzilmasi Bank Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlarga koʻmaklashib, faol qoʻllab-quvvatlab bormoqda.


Toshkent shahridagi bank binosi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning qarori bilan 1991-yil 7-sentabrda tashkil topgan. Oʻz faoliyatini bank 1991-yil yilning 7-oktabridan yuz nafar xodimlarda boshlagan. Milliybankning birinchi idorasi Oxunboboyev koʻchasi 23 uy manzilida joylashgan.
1992-yili bank mamlakat xalqaro hisob-kitoblarining qariyb 95%ini amalga oshiradi, bu dunyoning yetakchi banklari bilan korrespondentlik munosabatlar tarmogʻini rivojlantirishga yordam bergan. Yilning oxiriga kelib ushbu tarmoq 83 nafar xorijiy banklardan iborat boʻlgan. Boshqaruv raisi R. Azimov hukumat tomonidan Oʻzbekiston nomidan ETTB boshqaruvchisi etib tayinlangan. Oʻzbekiston ETTB strategiyasi maʼqullovini olgan MDXdagi toʻrtinchi mamlakat hisoblanadi. ETTB kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun 60 mln. AQSh dollari miqdoridagi birinchi kredit liniyasi bilan ochildi.
1993 yili xorijiy banklar bilan hamkorlik faol rivojlana boshlandi. Dunyoning 35 mamlakatlarining 120 nafar banklari bilan, jumladan MDX mamlakatlari: Rossiya, Ukraina va Qozogʻiston banklari bilan korrespondentlik munosabatlari oʻrnatildi. OʻMB moliyaviy telekommunikatsiyalarning SWIFT, REUTERS, DOW, JONES, TELERATE, BLOOMBERG FINANCE xalqaro tizimiga qoʻshildi. OʻMBning yangi baland binosining poydevoriga kapsula qoʻyildi va uning qurilishi boshlandi.
1994-yili bank Toshkentda va Oʻzbekiston Respublikasining viloyat markazlarida EKV xarid qilish va sotish, MDX mamlakatlarining yoʻl cheklari va valyutalalrini milliy valyutaga almashtirish operatsiyalarini bajaruvchi 100 dan ortiq ixtisoslashtirilgan ayirboshlash shahobchalarini ochdi. Bank oʻziga chet el kreditlari va investitsiyalarini jalb qilish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha davlat agenti vazifalarini bajarish zimmasini oladi.
1995-yili Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasini tuzishda bank asosiy taʼsischi boʻlib xizmat qildi. 1996-yili xodimlar soni 2000 kishiga yeti. Shu yilgacha sanoatning eksportga qaratilgan sohalarini ifoda etgan mijozlar bazasi kichik va hususiy korxonalar hisobiga kengayishni boshladi. 1997-yili xodimlar soni 3,4 ming kishiga oshdi.
1998-yili bank Osiyo Banklari Assotsiatsiyasiga (OBA) aʼzo boʻldi. Milliy bank Oʻzbekistonda va Markaziy Osiyoda birinchilardan boʻlib xisob-kitoblarning xalqaro standartlariga muvofiq boʻlgan yangi hisob-kitoblar rejasiga oʻtdi. Bank shaxsiy kapitalining 571 mln. AQSh dollarigacha oshirilishi unga dunyoning 500 ta yirik banklari orasiga kirish imkonini berdi va bank operatsiyalarini oʻtkazish uchun qoshimcha bazani yaratdi. Korrespondentlik tarmogʻi 432 ta bankkacha oshdi, shulardan 30 ta bank Oʻzbekistonda va 402 tasi-dunyodagi 66 nafar mamlakatlarning xorijiy banklari hisoblanadi. Yilning oxirida rahbariyat oʻzgardi-R. Azimov moliya vaziri etib tayinlandi, uning davomchisi etib esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, bundan oldin oxirgi bir yarim yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri oʻrinbosari boʻlib ishlagan Zaynutdin Mirxodjayev tayinlandi.
1999-yili Osiyo Banklar Assotsiatsiyasi va ADFIAP bilan hamkorlikni rivojlantirishga asos solindi. Osiyo moliyaviy hamjamiyati uchun mamlakat iqtisodiyotining salohiyatini ochishga qaratilgan yirik forumlarni, konferensiyalarni birgalikda Oʻzbekistonda oʻtkazish, muayyan loyihalarni, oʻquv dasturlarini amalga oshirishdagi sheriklik borasidagi kelishuvlarga erishildi. Kapital yetarligi koʻrsatkichi boʻyicha bank dunyoning 50 ta yirik bankalari orasida oʻz pozitsiyasiga ega.
2000-yili Osiyo Banklar Assotsiatsiyasi (OBA) va Osiyo va Tinch okeanini rivojlantirish institutlari assotsiatsiasi (ADFIAP) aʼzosi boʻlib, OʻMB ADFIAP direktorlari kengashining majlisini oʻtkazdi. Shu yilning oʻzida bank oʻzining “OʻMB-Osiyo” professional futbol klubiga aspos soldi.
2001-yili xorijiy moliyaviy institutlarning qariyb 120 nafar delegatsiyalari bankka tashrif buyurdi. Korrespondentlik tarmogʻi 500 ta bankkacha kengaytirildi, jumladan dunyoning 66 ta mamlakatlaaridan 472 nafar xorijiy va Oʻzbekistonning 28 nafar banki. Bankning internet sayti ishga tushirildi.
2003-yili bank korporativ obligatsiyalar anderraytingini joriy qildi. Bank debyuti oʻzbek fond birjasi ishtirokchilari tomonidan baholanib, “Eng anderrayting kompaniyasi” unvoni bilan taqdirlandi. 2004-yili bank tomonidan ochiq xalqaro tender chogʻida tanlangan “Globus” avtomatlashtirilgan bank tizimini joriy qilish ishlari yakunlandi. Xuddi shu yili yangi mahsulot-uyda saqlash uchun “American Express” cheklari realizatsiya qilindi. 2005-yildan boshlab bank Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasining aʼzosi boʻladi va shu paytdan boshlab birlashma doirasida oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda ishtirok etib, SHTX BABning barcha aʼzolari bilan hamkorlik qilishni boshlaydi.
2006-yili bank 70 turdan ortiq chakana xizmatlar koʻrsatgan, Western Union tizimi orqali pul oʻtkazmalarini amalga oshirgan. Aprel oyida „Asia-Invest Bank“ shoʻba bank bilan birgalikda OʻMB tomonidan tezkor pul oʻtkazmalarining “AsiaExpress” shaxsiy tizimi joriy etildi. 2009-yili “Ekspert PA” reyting agentligi tomonidan Milliy bankka yuqori kredit layoqatligi darajasi berildi (“A” reytingi). 2010-yili korrespondentlik tarmogʻi 657 ta bankga koʻpayadi, shulardan 30 nafari Oʻzbekiston banklari va 627 nafari-75 ta dunyo mamalakatlaridagi xorijiy banklar.
2012-yili bank balansiga 66 ta iqtisodiy nobarqaror korxonalarning mol-mulklari topshirildi, bankrot-korxonalarga kiritilgan investitsiyalar 116,2 mlrd soʻmni tashkil etdi. 2013-yili Milliy bank kredit portfelining summasi 5,32 trillion soʻmni tashkil etdi. Xizmat koʻrsatiladigan mijozlar soni 3 mln dan oshdi.
2014-yil 1-yanvardagi maʼlumotlarga koʻra, Milliybank kredit portfelining summasi 6,8 trln soʻmni tashkil etdi. Bank balansiga 68 ta iqtisodiy nobarqaror korxonalarning mol-mulki topshirildi, bankrot-korxonalarga kiritilgan investitsiyalar 208 mlrd soʻmni tashkil etdi. Korrespondentlik tarmogʻida 670 nafardan ortiq xalqaro banklar boʻlgan.
2018-yilning dekabr oyida Oʻzbekistonda ilk marta Visa International va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniya bilan birgalikda MAK OʻMB Visa va Visa Platinum kobrend kartalarining emissiyasi yoʻlga qoʻyildi.
2019-yilning iyul oyida Milliy bank eksklyuziv imtiyozlari va imkoniyatlari boʻlgan premium sinfidagi Oʻzbekistondagi birinchi Visa Infinite kartasini chiqardi.
Bank faoliyatiga korporativ boshqarishning zamonaviy umumiy qabul qilingan tamoillarini joriy qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” unitary korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirklari toʻgʻrisidagi” qaroriga muvofiq, OʻMB “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” aksiyadorlik jamiyatiga (“OʻMB” AJ) qayta tashkil etildi.
Prezidentning mazkur qaroriga muvofiq, davlat nomidan Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “OʻMB” AJning taʼsischisi hisoblanadi. Shuningdek, “OʻMB” AJ qayta tashkil etiladigan Oʻzmilliybankning huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar, jumladan xalqaro shartnomalar boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
2020-yili Oʻzmilliybank oʻzining rivojlanishi tarixida muhim qadamini qoʻydi-London fond birjasida 4,85 % stavka boʻyicha 5 yillik 300 mln AQSh dollari miqdoridagi debyut yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish orqali xalqaro kapital bozoriga chiqishga erishdi.
Oʻzmilliybank tomonidan yevroobligatsiyalarning muvaffaqiyatli joylashtirilishi Bank va bank sohasi uchun ham, umuman Oʻzbekiston uchun ham muhim yutuqlardan boʻldi.
Yevroobligatsiyalarni chiqarish jarayonini tashkil etish uchun bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro tan olingan anderrayter-banklar, auditorlik va yuridik maslahatchilar tanlab olingan:
- anderrayter-banklar-Citibank (AQSh), Natixis (Fransiya), SMBC (Yaponiya), Gazprombank (Rossiya);
- auditorlik kompaniya-Ernst&Young;
- yuridik maslahatchilar-Dentons va Linklaters;
- mahalliy ko-menedjer- “Ipoteka-bank” ATIB.
Ushbu mablagʻlardan kelgan tushumlar yirik investitision loyihalarni amalga oshirishga hamda infratuzilmani va xizmatlar sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
Bundan tashqari, jalb qilingan mablagʻlar lizing xizmatlarini taqdim etish orqali kichik va hususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishga va boshqa tijorat banklari bilan birgalikdagi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga ajratilgan.
Shuni taʼkidlash muhimki, xalqaro moliya bozoriga chiqish mahalliy emitentlar uchun AQSh dollaridagi narx orientirini yaratish hamda yevroobligatsiyalardan tushgan mablagʻlarni XMI va xorijiy banklarning mavjud kredit liniyalariga qoʻshish hisobiga moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish imkonini berdi.
2021-yili Bank asos solingan kunidan boshlab oʻzining 30-yilligini nishonladi.
Mulkdorlari va rahbariyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2019-yili 30-noyabrgacha bank taʼsischisi va uning ustav fondining asosiy egasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boʻlgan. Vazirlar Mahkamasiga bank ustav fondining kamida 60%i tegishli boʻlgan; ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 2 mlrd rubl va 200 mln AQSh dollari ajratilgan.
Prezidentning 4540-sonli qaroriga muvofiq, 2019-yil 30-noyabrdan davlat nomidan Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “OʻMB” AJning taʼsischisi hisoblanadi.


Download 68,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish