Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Milliy banki bank xizmatlarining butun koʻlamini taqdim etuvchi universal tijorat banki hisoblanadi, shular jumlasidan, investitsion biznes, loyihaviy va tashqi savdoni moliyalashtirish, aktivlarni boshqarish, hususiy va korporativ mijozlarga hisob-kitob kassa xizmatlarini koʻrsatish, ipoteka va isteʼmolchilik kreditlarini berish. Bank keng tarqalgan filial tarmoqlariga ega.
Bankda qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlarda qoʻyilgan maqsadlarni rejalashtirish va ularga erishishda xatarga yoʻnaltirilgan yondashuv qoʻllaniladi. Bundan tashqari, xatarlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish maqsadida bank xalqaro konsalting kompaniyalari bilan faol hamkorlik qiladi.
Koʻrsatkichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
2008-yili Oʻzbekiston banklarining umumiy aktivlaridagi OʻMBning ulushi 40% ortiq boʻlgan. Shu yilning oʻzida bank mamlakatning qariyb 20% korxonalariga, jumladan deyarli 40% qoʻshma korxonalarga xizmat koʻrsatdi.
2018-yili bank aktivlarining hajmi 56,524,57 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-5 722,02 mlrd soʻmni, sof foydasi-506,56 mlrd soʻmni tashkil etdi (Batafsil maʼlumotlar 2018-yil uchun elektron yillik hisobotda berilgan).
2019-yili bank aktivlari hajmi 66 604,99 mlrd soʻmni, hususiy kapitali- 13 141,07 mlrd soʻmni, sof foydasi- 1 043,65 mlrd soʻmni tashkil etdi.
2020-yili bank aktivlari hajmi 79 861,14 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-13 873,10 mlrd soʻmni, sof foydasi-905,42 mlrd soʻmni tashkil etdi.
2021-yili bank aktivlari hajmi 89 919,41 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-14 768,71 mlrd soʻmni, sof foydasi-983,33 mlrd soʻmni tashkil etdi.
Plastik kartochkalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
1994-yili Milliy bank Visa International aʼzosi boʻldi va Oʻzbekiston bozorida mamlakatda birinchilardan boʻlib Visa Classic plastik kartochkalarini taqdim eta boshladi.
1996-yilning 10-aprelida OʻMB milliy valyutadagi kartochkalar chiqarilishini va ularga xizmat koʻrsatilishini yoʻlga qoʻydi, 1997-yili esa Oʻzbekistonda birinchi boʻlgan kartochkalar yordamida ish haqini berish loyihasi joriy etildi.
1998-yili bank DUET mikroprotsessorli plastik kartochkalar bilan naqdsiz hisob-kitoblarning koʻp emitentli tizimini joriy qildi va har bir viloyat markazida oʻzining hisob-kitob emission markazini yaratdi. Shu yilning oʻzida Visa Electron plastik kartalari muomalaga chiqarildi.
2001-yilning may oyida OʻMB tashabbusi bilan OʻMB, “Paxtabank” va “Asaka” banki ishtirokida soʻm palstik kartochkalari boʻyicha banklararo hisob-kitoblar tizimi ishlashni boshladi.
2002-yili plastik kartochka egalariga xizmat koʻrsatish tarmoqlarini shakllantirish bosqichi yakunlandi va shu bilan bir vaqtda plastik kartochkalar chiqarilishining bir emitentli tizimidan koʻp emitentli tizimga oʻtish yakunlandi. Natijada butun Respublika boʻylab kartochkalarni chiqarish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha hisob-kitob emission markazlar tarmogʻi yaratildi va ahamiyatli qismida bankomat va terminal uskunalarining infratuzilmasi shakllantirildi.
2003-yilning may oyidan boshlab VISA xalqaro kartochkalariga qoʻshimcha ravishda OʻMB bankomatlari tomonidan xizmat koʻrsatila boshlandi.
2004-yili OʻzR Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorning amalga oshirilishi tufayli OʻMB tomonidan chiqarilgan plastik kartlalarning ulushi Oʻzbekistondagi plastik kartochkalarning umumiy sonidan 60%ini tashkil etadi.
2007-yildan boshlab OʻMB ish haqi loyihalari doirasida chiqariladigan kredit overdraft kartalarini taklif qiladi.
2008-yili bank toʻlovi uchun plastik kartochkalarni qabul qiladigan oʻzining savdo-servis korxonalari tarmogʻini 2653 tadan 3553 tagacha oshirdi, 2009-yilning 1-oktabr xolatiga-4760 tagacha oshirdi.
2009-yildan beri axborot kioskalari orqali soʻm plastik kartalari boʻyicha toʻlovlar qabul qilina boshlandi.
2010-yili sms, e-mail va web orqali soʻm plastik kartalari boʻyicha xabar berishning tajriba loyihasi amalga oshirildi.
2011-yili EMV standartidagi UzCard banklararo toʻlov tizimi plastik online kartalalrining chiqarilishi boshlandi.
2013-yili ayirboshlash shahobchalarining ish tartibida oʻzgarishlar yuz berdi. 1-fevraldan naqd xorijiy valyutaning sotilishi bekor qilindi.
Xalqaro toʻlov kartalaridan foydalanib jismoniy shaxslarga naqdsiz shaklda joriy valyutani sotish mexanizmi kiritildi.
2016-yildan boshlab Milliy bank MasterCard International xalqaro toʻlov tizimining prinsipial aʻzosi xisoblanadi.
2017-yilning sentabr oyida Visa International xalqaro toʻlov tizimi kartalari orqali elektron tijorat loyihasi amalga oshirildi. Oʻzbekistonda internet-ekvayring (elektron tijorat) yangi xizmatining joriy etilishi naqdsiz hisob-kitoblarning amalga oshirilishini, korxonalar, hususan kichik va oʻrta biznes harajatlarini taʻminlab, global Internet tarmogʻida Visa kartalari ekvayringini amalga oshirish imkonini berdi.
2017-yilning noyabr oyida bankning masofadan turib kartadan kartaga pul oʻtkazish, turli mahalliy va xorijiy servislarga toʻlov qilish, omonatlarni ochish, kreditlarni soʻndirish va koʻpgina boshqa imkoniyatlarni beruvchi “Milliy” mobil ilovasi ishga tushirildi.
2017-yilning fevral oyidan boshlab Milliy bankning Visa kartalari boʻyicha internet tarmogʻida tovar va xizmatlarga toʻlov qilishda tranzaksiyalarning xavfsizligi 3D Secure (Verified by Visa) texnologiyasi bilan qoʻllab-quvvatlana boshlandi, bu esa kartalar boʻyicha firibgarlik xatarini kamaytirdi.
2018-yilning may oyida OʻMB Union Pay International xalqaro toʻlov tizimining prinsipial aʼzosiga aylandi.
2018-yilning dekabrida Oʻzbekistonda ilk bor Visa International va “Ozbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda MAK-OʻMB Visa Gold va Visa Platinum kobrend kartalarining chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi, ularning egalariga savdo-servis korxonalariga va Internet tarmogʻida Tovar va xizmatlarga toʻlov qilishda bonus milyalarni olish imkoni taqdim etildi. UzAirPlus MAKning sodiqlik dasturiga koʻra, toʻplangan milyalarni xizmat koʻrsatish sinfini oshirishga, aviachiptaga va boshqalarga almashtirish mumkin.
2019-yilning fevralida OʻMB Visa Business korporativ mijozlar uchun Visa International xalqaro toʻlov tizimining kartalarini chiqarishni boshladi.
2019-yilning mart oyida internet-doʻkonlar taqdim etgan tovarlar va xizmatlar uchun MasterCard kartalari orqali toʻlov qabul qilish imkonini beradigan MasterCard International xalqaro toʻlov tizimining kartalari orqali elektron tijorat loyihasi ishga tushirildi.
2019-yilning aprelida bank VISA International (PayWave Visa) xalqaro toʻlov tizimi boʻyicha kontaktsiz kartalarni chiqara boshladi.
2019-yilning may oyida Visa International (PayWave Visa) xalqaro toʻlov tizimi boʻyicha kontaktsiz ekvayring yoʻlga qoʻyildi. May oyidan boshlab HUMO Milliy toʻlov tizimining kontaktsiz kartalari chiqarila boshlandi.
2019-yilning iyul oyida Visa International koʻmagi bilan Milliy bank eksklyuziv imtiyozlari va imkoniyatlari boʻlgan premium sinfidagi Oʻzbekistondagi birinchi Visa Infinite kartasini chiqardi.
2019-yilning 1-yanvar holatiga chiqarilgan kartochkalarning soni 2,03 mln donani tashkil etdi.
2019-yilning 1-yanvar holatiga terminal parkning hajmi - 24 113 ta terminaldan iborat boʻlgan.
2019-yilning dekabrida OʻMB Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib Visa Direct servisi orqali kartadan kartaga pul mablagʻlarini oʻtkazishni yoʻlga qoʻydi.
2021-yilning yanvar oyida OʻMB MasterCard xalqaro toʻlov tizimining kartalarini chiqarishni boshladi: • Mastercard Standard (USD)/(UZS); • Mastercard Gold (USD)/(UZS); • Mastercard Platinum (USD)/(EUR); • Mastercard World Elite (USD)/(EUR).
2021-yilning fevralida OʻMB „HUMO“ milliy toʻlov tizimining virtual - HUMO Virtual kartalarini chiqarishni boshladi. OʻMBning "Milliy" mobil ilovasida plastik kartalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha katta imkoniyatlar yaratildi va xizmatlar koʻrsatish koʻlami kengaytirildi.
2022-yilning 1-yanvar holatiga chiqarilgan kartochkalarning soni 2,78 mln donani tashkil etdi. 2022-yil 1-yanvar holatiga terminal parkning hajmi - 39 180 ta terminal, 392 ta bankomat, 245 ta infokioskdan iborat boʻlgan.
Pul oʻtkazmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
2002-yildan boshlab "NKO Vestern Yunion DP Vostok" bilan imzolangan „Western Union“ tizimi boʻyicha pul oʻtkazmalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan jismoniy shaxslarning pul oʻtkazmalari amalga oshiriladi. 2006-yili OʻzR TIF Milliy bankining Rossiya Federatsiyasidagi shoʻba korxonasi - "Aziya-Invest Bank" tijorat banki tomonidan jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini oʻtkazishni nazarda tutuvchi "AziyaEkspress" shaxsiy pul oʻtkazmalar tizimi ishlab chiqildi. Uning asosiy yoʻnalishi - Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi oʻtkazmalar hisoblanadi .
2007-yilning mart oyida bank "Yevropeyskiy trastoviy bank" Tijorat banki bilan „MIGOM“ tizimi boʻyicha nosavdo tabiatidagi tezkor oʻtkazmalarni amalga oshirish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.
2009-yilning aprel oyida Milliy bank muassasalarining xizmat koʻrsatish shahobchalari tomonidan "Bistraya pochta" tizimi operatsiyalarini amalga oshirish boshlandi. 2012-yilning mart oyidan bank muassasalari tomonidan MoneyGram pul oʻtkazmalari tizimi operatsiyalarini amalga oshirish boshlandi.
2012-yilning aprel oyida bank "Russlavbank" YoAJ bilan „Contact“ pul oʻtkazmalari tizimiga ulanish va koʻrsatilgan tizimda pul mablagʻlarini AQSh dollarida va yevroda joʻnatish va toʻlash boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish kelishuvini imzoladi.
2013-yili bank Zolotaya Korona servisining ishtirokchisiga aylandi .
2013-yili ayirboshlash shahobchalarining ish tartibida oʻzgarishlar yuz berdi. 1-fevraldan boshlab naqd xorijiy valyutaning sotilishi bekor qilindi. Xalqaro toʻlov kartalaridan foydalanib jismoniy shaxslarga naqdsiz shaklda xorijiy valyutani sotish mexanizmi kiritildi .
2017-yilning sentabr oyida Visa International xalqaro toʻlov tizimi kartalari orqali elektron tijorat loyihasi amalga oshirildi. Oʻzbekistonda internet-ekvayring (elektron tijorat) yangi xizmatining joriy etilishi naqdsiz hisob-kitoblar oshirilishini, korxonalar, xususan, kichik va oʻrta biznes xarajatlarini qisqarishini taʼminlab, global Internet tarmogʻida Visa kartalari ekvayringini amalga oshirish imkonini berdi.
2020-yilning fevral oyida OʻMB "Sberbank" ilovasi orqali UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga pul mablagʻlarini qabul qilish boʻyicha loyihani ishga tushirdi.
2020-yilning avgustidan boshlab OʻMB kartalarining egalari Zolotaya korona orqali yuborilgan pul oʻtkazmalarini UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga va VISA xalqaro kartalariga olishlari mumkin.
2021-yilning sentabr oyida OʻMB “Solidarnost” va „Tinkoffbank” banklarining ilovasi orqali UzCard/HUMO milliy toʻlov tizimlarining kartalariga pul mablagʻlarini qabul qilish boʻyicha loyihani ishga tushirdi.
Tashqi savdo faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bank Oʻzbekistonning 70%dan ziyod butun tashqi savdo aylanmasiga xizmat koʻrsatadi. Eksport-import kreditlashning quyidagi mexanizmlari qoʻllaniladi:
avans toʻlovlari qaytarilishiga, shartnomalar bajarilishiga kafolatlar berish;
veksellarni diskontlash;
faktoring;
bank tomonidan oʻzbek eksportchilarini toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash;
loyihaviy moliyalashtirish;
eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalashtirish;
muddatli toʻlov bilan akkreditivlar qoʻllaniladi, mijoz tomonidan tovar konsignatsiya shartlarida yetkazib berilishida va realizatsiya qilinishida konvertatsiya amalga oshiriladi.
Investitsion faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
OʻMB mamlakatdagi eng yirik investitsion bank hisoblanadi. Bankning keng koʻlamli infratuzilmasi Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni faol qoʻllab-quvvatlovchi moliyaviy va sanoat sektorining rivojlanishiga yordam beradi.
Bank respublikaning strategik muhim boʻlgan korxonalarining aksiyadorlari tarkibiga oʻz kapitali bilan kirishi orqali iqtisodiyotning turli sektorlaridagi korxonalarga investitsiya kiritish, ularni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta qurollash jarayonlarida ishtirok etadi.
Yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalq xoʻjaligining yuqori texnologik va ijtimoiy ahamiyatli sohalarini qoʻllab-quvvatlash, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangilarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash, mahalliy xom ashyo resurslariga asoslangan isteʼmolchilik tovarlari ishlab chiqarilishini yaratish va rivojlantirish.
Bankning asosiy qarzdorlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar, kichik va xususiy biznes korxonalari hisoblanadi.
Investitsiyalarning aksariyat qismi neft qazib olish va neftni qayta ishlash, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati, rangli va qora mettalurgiya, toʻqimachilik sanoati, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi, aloqa infratuzilmasi, transport va turizmni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
Umummilliy ahamiyatli obʻektlarni moliyalashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy bankning kreditlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlariga jalb qilingan. Iqtisodiyotning tuzilmaviy oʻzgarishlarida kommunikatsiyalar - temir yoʻl, avtotransport va aviatsiya tizimlarining rivojlanishi ulkan oʻrinni egallaydi. Shuningdek, kreditlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishga, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangi yuqori samaralilarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashga, isteʼmolchilik tovarlarining mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlashga asoslangan import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishni yaratish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
Bank koʻpgina strategik muhim xoʻjalik obʼektlarining rivojlanishi uchun moliyalashtirishni taʼminladi:
Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurish.
„Toshgʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon“ temir yoʻl liniyasini qurish.
Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini qayta taʼmirlash.
Navoiy IESni modernizatsiya qilish.
Navoiy shahri aeroportini qayta taʼmirlash va modernizatsiya qilish.
"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK havo kemalari parkini yangilash va unifikatsiya qilish.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati uchun togʻ-qazilma uskunalarini yetkazib berish.
"Ohangaron - Pungon" magistral gaz quvurini qurish.
„Oʻzagromashservis“ Assotsiatsiyasi va „Oʻzsanoatmashimpeks“ DATSK uchun „CASE“ kompaniyasining qishloq xoʻjalik texnikasini xarid qilish.
"Muborak GQZ" UShKda suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun propan-butan aralashmasi uskunasini qurish.
"Toshshaharyoʻlovchitrans" Assotsiatsiyasi uchun "Daymler-Kraysler" markasidagi avtobuslarni xarid qilish.
"Temir yoʻllar" DATK uchun yoʻlovchi elektrovozlarini xarid qilish.
"Oʻzbekneftgaz" MXKning amaldagi burgʻilash uskunalari parkini yangilash va jihozlash.
Va boshqa bir qator amalga oshirilgan investitsion loyihalar.
Moliyaviy barqarorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
OʻMB „Moodyʻs Investors Service“, „Standard and Poorʻs“, „Fitch Ratings“ va „AKRA“ kabi xalqaro agentliklarning reytingiga ega boʻlgan mamlakatning kredit-moliya instituti hisoblanadi. Yetakchi xalqaro reyting agentliklarining yuqori bahosini olish va tasdiqlash masalasi OʻMB uchun dolzarb va muhim boʻlib qoladi.
2018-yilning 24-dekabrida Standard and Poorʼs xalqaro reyting agentligi tomonidan uzoq muddatli kredit reytingi "V+" darajasidan "VV-" darajasigacha oshirildi, bu esa Oʻzbekiston Respublikasining suveren reytingiga teng.