Bank passivlari va aktivlari mutanosibligi bo’yicha GEP tahlili Bajardi: BI-72 guruh talabadi Orazbayeva Dildora. Tekshirdi: Prof.Sh.Z.Abdullayeva
Foiz stavkalari o‘zgarishiga ta’sirchan aktiv va passivlar o‘rtasidagi miqdorning uzilishi pullik GEP (yoki bankning sof bahosi) deb nomlanadi va u quyidagi formula orqali nomlanadi:
GEP= ATF- PTF
Ushbu ko‘rsatkich foiz riski darajasini baholash imkoniyatini beradi. Foiz riskini baholovchi boshqa ko‘rsatkich GEP munosabat deb nomlanadi
GEP(%)= ПСФ \АСФ
Bank amaliyotida aktiv va passiv operatsiyalar o‘tkazish bilan bog‘liq foiz riski darajasini hisoblash uchun amerika iqtisodchilari quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanadilar:
foiz riskining darajasi:
Da ,Dp-muddatlari bo‘yicha tortilgan aktivlar (passivlar);
bank mablag‘larini jalb qilish va joylashtirish muddatlari o‘rtasidagi farqning integral ko‘rsatkichi: - Maksimal qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qiymat 1.75ga teng, optimali esa 1.25ni tashkil qiladi.
sof kapital indeksi (NCR) riskni o‘lchash nuqtai nazaridan muammoli banklarni aniqlash imkoniyatini beradi: - Minimal qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qiymat 2.74%ni tashkil etadi.
Musbat GEP bank aktivlarining foiz stavkalari o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘lgan passivlariga nisbatan ko‘proqligini anglatadi. Agar foiz stavkalarining darajasi kamayish tendensiyasiga ega bo‘lsa, bankning foiz daromadi foiz qaytarish to‘lovlari xarajatlariga nisbatan tezroq kamayadi. SHu tariqa musbat GEP holatiga ega bo‘lgan bank foizlar tushishidan zarar ko‘radi va uning oshishidan daromad oladi. Ushbu holatda bank musbat GEP holatiga ega, ya’ni mablag‘larni uzoq muddatga jalb qiladi va qisqa muddatli kreditlashga ishlatadi. Bunda bank qayta moliyalashlashning uzoq va qisqa muddatli stavkalari o‘rtasidagi tafovutdan foyda ko‘radi. Lekin foiz stavkalarining tushishi kutilayotganda musbat GEP holatiga ega bo‘lgan bank zarar ko‘ra boshlaydi. Manfiy GEP holatidagi bank bu holda investitsiyalashdan emas, balki foiz stavkalarining tushishidan foyda ko‘radi. sof daromadining o‘zgarishi SFD=GEP* ∆I yoki ∆SFD =(ATF –PTF)* ∆I= ATF*∆I- PTF*∆I. Bank siyosatining asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari - 1. Sof foiz daromadi (foizli daromad) SFD=FD-FX; SFD=(3600*0,13+1200*0,16)-(4000*0,1+800*0,12)=660-496=164 (mln.rub.).
- 2. Sof foiz marjasi SFM=164/(3600+1200)=0,0342 (3,42%), natija normativ qiymatga to‘g‘ri keladi.
- 3. GEP=3600-4000=-400 Tahlil qilayotgan bankimizning GEPning qiymati manfiy
«Likvidlik» termini lotin tilidagi «liquidus» so‘zidan olingan bo‘lib, suyuq, oqib yuruvchi ma’nosini anglatadi. So‘zning ma’nosi jihatidan yondoshadigan bo‘lsak ham moddiy qimmatliklarning pul mablag‘lariga oson realizatsiya bo‘lishini va tez konvertatsiya qilinishini anglatadi.
Tijorat banklari likvidligi tushunchasi bu uning barcha kontragentlari oldidagi qarz va moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyatiga tushiniladi va bu qobiliyat bankning yetarli o‘z kapital mablag‘lariga ega bo‘lishi, aktivlari tarkibi, muddati jihatidan passivlarning tarkibi va muddatiga mos kelishi bilan aniqlanadi.
1(Lavrushin O.I. i dr. Bankovskoe deloyu Izd. 2-e pererab. I dopoln. –M.: Finansi i statistika, 2005 g. –S. 140). - Rossiyalik olim professor, i.f.d O.I. Lavrushinning o‘quv qo‘llanmasida likvidlik tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi:
«Likvidlilik – bu bank faoliyatining umumlashtirilgan jihatlaridan biri bo‘lib, uning ishonchliligini anglatadi. Bank likvidligi – bankning omonatchilari va kreditorlari oldidagi o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyatiga tushiniladi».1 - Likvidlik darajasi bo‘yicha aktivlarning ikkinchi guruhini jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli ssudalar, banklararo kreditlar, faktoring operatsiyalari, aksionerlik jamiyatlarning tijorat qimmatli qog‘ozlari tashkil qiladi. Bu aktivlarni pul shakliga keltirish uchun nisbatan ko‘proq muddat kerak bo‘ladi.
Bank likvidligining funksional mohiyatlari quyidagilarda ifodalanadi:
1.Bank likvidligi o‘zlarining hisob va joriy raqamlaridan to‘lovlarni amalga oshiruvchi va kredit olish uchun murojaat qilgan mijozlarning, shuningdek, depozitlardan o‘z mablag‘larini tasarruf qilayotgan omonatchilarning pulga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilgan.
2.Bank likvidligi bankning obro‘si bilan o‘zaro bog‘liq bo‘ladi, ya’ni bankda likvidlik bo‘yicha muammolar bo‘lmasa u holda, kredit tashkilotining moliyaviy nobarqarorlik xataridan uzoqda yuruvchi mijoz uchun shu bank jozibali hisoblanadi.
3.Bank likvidligi zararli va foydasiz bo‘lgan operatsiyalarni bajarilishini oldini olish maqsadida aktivlarni noo‘rin sotmaslik imkoniyatini beradi.
Likvidlik holati ikki pozitsiya tomonidan xarakterlanadi:
Defitsit
Ortiqcha
Bank likvidlik holati bank faoliyatidan tashqarida yotuvchi bir qator tashki faktorlarga ham bog‘liq. Bular:
- mamlakatning umumiqtisodiy va siyosiy holati;
- qimmatli qog‘ozlar bozori va banklararo bozorning rivojlanganligi;
- qayta moliyalash tizimini tashkil qilinishi;
- mamlakatimiz Markaziy bankining nazorat funksiyalari effektivligi.
Bank likvidligi tahlil qilinganda ma’lum bir muddat oralig‘ida (oylik, chorak, yillik) likvidlik koeffi tsiyentlarining o‘zgarish dinamikasiga e’tibor 101 berish kerak. Bunda likvidlik koeffitsiyentlari o‘zgarishining qonuniyatini aniqlash va ularning istiqbolini belgilash mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning majburiy tartibda nazorat qilish pozitsiyasidan qaralganda K1 ko‘rsatkichining minimal qiymatini ushlab turish bu omonatchilar manfaatini bevosita davlat tomonidan himoyalash shakli hisoblanadi.
Bankning qisqa muddatli majburiyatlarini qoplash uchun likvid mablag‘lar bilan ta’minlanganlik darajasini baholash maqsadida likvidlilikning quyidagi koeffitsiyentlaridan ham foydalaniladi: - K1 = (Kassa + Vakillik hisob varaqlaridagi mablag‘lar + DQMO) / Qisqa muddatli depozitlar К2 = (Qisqa muddatli likvid aktivlar + O‘rta muddatli qimmatli qog‘ozlar) / Qisqa muddatli omonatlar K3 = (Qisqa muddatli likvid aktivlar + O‘rta muddatli qimmatli qog‘ozlar + Uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar + Immobilizatsiya) / Qisqa muddatli jalb qilingan mablag‘lar
K formulasini tahlil qilgan holda qayd etish zarurki, ushbu ko‘rsatkichning maqbul qiymati 1—1,5 doirasida bo‘lishi lozim. Agar ushbu koeffitsiyent 1,5 dan yuqori bo‘lsa, demak bankda aktivlar nomuvofiq taqsimlanmoqda, bu esa bank moliyaviy faoliyatining kam rentabelliligiga olib keladi. Agar koeffitsiyent 1 dan kichik bo‘lsa bankning likvidlilik darajasi kichik ekanligidan dalolat beradi. Bunday holatda DQMO va o‘rta muddatli qimmatli qog‘ozlarni sotib likvidlilik yetishmasligini qoplash mumkin. - K formulasini tahlil qilgan holda qayd etish zarurki, ushbu ko‘rsatkichning maqbul qiymati 1—1,5 doirasida bo‘lishi lozim. Agar ushbu koeffitsiyent 1,5 dan yuqori bo‘lsa, demak bankda aktivlar nomuvofiq taqsimlanmoqda, bu esa bank moliyaviy faoliyatining kam rentabelliligiga olib keladi. Agar koeffitsiyent 1 dan kichik bo‘lsa bankning likvidlilik darajasi kichik ekanligidan dalolat beradi. Bunday holatda DQMO va o‘rta muddatli qimmatli qog‘ozlarni sotib likvidlilik yetishmasligini qoplash mumkin.
- (K 2) koeffi tsiyenti bankning yuqori likvidli aktivlar yig‘indisining, bankning talab qilib olinguncha hisob raqamlari bo‘yicha maj buriyatlar yig‘indisiga nisbati orqali aniqlanadi:
- K2=(L2/Mt2)*100%.
- Bu yerda:
- L – yuqori likvidli aktivlar (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki metodikasi orqali aniqlanadi);
- Mt2 – talab qilib olinguncha bo‘lgan majburiyatlar.
- Mazkur majburiyatlarning asosiy summasi Markaziy bank metodikasi orqali aniqlanadi va bunga bank tomonidan chiqarilgan talab qilib olinguncha veksellar ham kiritiladi.
- K2 koeffitsiyentining miqdori 20%dan kam bo‘lmasligi kerak.
bu yerda: - bu yerda:
- Kyo – milliy va xorij valyutasida bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar, shuningdek, bir yildan ortiq muddatga bank tomonidan berilgan kafi llik va kafolatlarning 50%;
- Myo – bankning bir yildan ortiq muddatga olgan kreditlari va shu muddatli boshqa qarz majburiyatlari;
- K – bank kapitali.
Uzoq muddatli likvidlik (K3) koeffi tsiyenti bank tomonidan bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar yig‘indisining bank kaptaliga, shuningdek, bankning bir yildan ortiq muddatga olgan kreditlari va shu muddatli boshqa qarz majburiyatlariga nisbati orqali aniqlanadi:
K3=(Kyo/(K+Myo))*100%
Bu yerda: - Bu yerda:
- A – bank balansining barcha aktivlari yig‘indisi, Markaziy bank metodikasi asosida aniqlanadi.
- K4- ko‘rsatkichining minimal qiymati 20% miqdorida belgilanadi.
Likvidli aktivlarning jami aktivlarga nisbati (K4) koeffi tsiyenti quyidagicha hisoblanadi:
K4=(LA/A)*100%
Bank likvidligini tahlil qilish quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
– bank likviligining koeffitsiyentlarini hisoblash tizimi to‘g‘riligini va to‘liqligini tasdiqdlash;
– bank holati bo‘yicha xulosalarni shakllantirish;
– salbiy tendensiyalarni vujudga keltirgan omillarni tahlil qilish;
– bank balansi likvidligining yomon holatga kelayotganligidan darak beruvchi real va salbiy potensial tendensiyalarni aniqlash;
– bank balansi likvidligini tahlil qilish va tekshirish natijalariga ko‘ra bank uchun taklifl arni belgilab olish.
Joriy likvidlik koyeffi tsiyentini hisoblashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanildi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki metodikasi orqali hisoblanadigan likvidli aktivlar, yaqin 30 kun muddatga milliy va chet-el valyutasida berilgan kreditlar (hech bo‘lmaganda bir marta prolongatsiya qilingan ssudalar bundan mustasno), shuningdek, bank foydasiga bo‘lgan yaqin 30 kun ichida amalga oshiriladigan to‘lovlar;
2) Talab qilib olinguncha bo‘lgan majburiyatlar – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki metodikasi orqali hisoblanadi, bunda boshqa kredit tashkilotlaridan 30 kun muddatga olingan kreditlar va bank tomonidan 30 kun muddatda majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish bo‘yicha kafolat va kafi lliklarning 50% ni ham o‘z ichiga oladi
E’tiboringiz uchun rahmat !!!
Do'stlaringiz bilan baham: |