K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Talliy     
Angliyalik fizik va kimyogar Uilyam Kruks (1832-1919) – spektral tahlil sohasida tan 
olingan yetuk mutaxassislardan edi. 1860-yillar boshida u oltingugurt kislotasi ishlab chiqarish 
jarayoni yuzasida tahlillar olib borgan. Uning laboratoriya jurnalidagi 1861-yil 7-mart sanasiga 
oid qaydlarda shunday yozuv bor: «Ba’zi mahsulot namunalaridagi selen qoldiqlari spektridan 
olinayotgan yashil chiziq oltingugurtniki yoki, selenniki emas; u tellur ham, kalsiy ham, bariy 
ham  va  stronsiy  ham  emas;  shuningdek,  bu  chiziq  kaliy,  natriy,  yoki,  litiyga  ham  tegishli 
emasligi aniq». Haqiqatan ham, bu avval fanga tanish bo‘lmagan yangi kimyoviy element edi. 
Uning  spektrda  ingichka  yashil  chiziq  namoyon  qilishi  sababli,  olimlar  mazkur  kimyoviy 
elementga yunonchada yashil tola ma’nosini beruvchi «thallos» nomini berishgan. Kashfiyot 
haqida  1861-yilning  18-may  sanasida  e’lon  qilingan  va  bu  haqidagi  ilmiy  maqolada  Kruks 
shunday yozgan edi «Ushbu nomni tanlashimga sabab, spektrda bu chiziq xuddi, hozirgi kunda 
yashnab turgan yangi  nish  urgan  maysadek rang bilan jilvalanmoqda». («Hozirgi  kunda»  - 
deb, olim o‘sha payt may oyini nazarda tutmoqda. Angliyada aynan mayda o‘simliklar barg 
yozib, yam-yashil tusga burkanadi.)  
 
Indiy     
XIX-asrning ikkinchi yarmida Germaniyada chop etilgan «Amaliy kimyo jurnali»ning 
1863-yilgi  sonlarining  birida,  Frayburg  tog‘-kon  akademiyasiga  qarashli  Metallurgiya 
laboratoriyasi direktori Ferdinand Rayx (1799-1882) va uning assistenti Teodor Rixter (1824-
1898) muallifligidagi maqola chop etilgan edi. Unda mualliflar yaqindagina Angliyada kashf 
etilgan  talliy  elementini  mahalliy  polimetall  rudalardan  ham  qidirib  ko‘rishgani  va  bu 
jarayonda o‘zlari ham yangi bir kimyoviy elementga duch kelishganini ma’lum qilishgan. Rayx 


52 
 
va  Rixter  ham  ushbu  kashfiyotda  spektral  tahlil  usulidan  foydalanishgan  va  ruda  spektrida 
avval  boshqa elementlarda kuzatilmagan to‘q  yorqin siyohrang-moviy  chiziqni aniqlashgan. 
Bunday  rangni  yevropa  tillarida  «indigo»  deyilardi.  Chunki,  bunday  to‘q  yorqin  siyohrang 
rangni  Hindistondan  keltirilgan  bo‘yoq  vositasida  hosil  qilinardi.  Shu  sababli  ham,  o‘sha 
maqolada  Rixter  va  Rayx  shunday  qayd  qilishadi:  «Biz  spektroskopda  juda  yorqin  va  aniq 
ravshan  siyohrang  chiziqni  kuzatdik  va  hech  ikkilanishsiz,  bu  –  yangi  metall  ekani  haqida 
xulosaga keldik va biz ushbu metallga indiy deb nom bermoqchimiz».  
Aytish  joizki,  indiy  metalli  tuzlarining  konsentratlari  spektroskopsiz  ham  oson 
aniqlanadi.  Bu  –  olov  yonganida  alangada  kuzatiladigan  to‘q  yorqin  siyohrang  ko‘rinishida 
namoyon bo‘ladi.  
Indigo bo‘yog‘i insoniyatga juda qadimdan ma’lum va bu bo‘yoqdan qadimgi yunonlar 
va rimliklar ham foydalanishgan. Uni, o‘z nomiga ko‘ra, Hindistondan keltirishgani yuqorida 
ham  aytdik. Mazkur bo‘yoq  o‘simlik asosida tayyorlanadi  va uning asosi  Indigofera daraxti 
barglaridan olinadi. O‘rni kelganda aytish joizki, aslida indiy elementini Teodor Rixterning bir 
o‘zi  kashf  qilgan.  Sababi,  laboratoriya  direktori  Ferdinand  Rayx  aslida  daltonik,  ya’ni, 
ranglarni ajrata olmaydigan odam bo‘lgan.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish