K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Osmiy     
Yunonchada «osme» so‘zi «hid» degani. Aslida osmiyning metall holatdagi ko‘rinishi 
hech  qanday  hidga  ega  emas.  Lekin,  osmiyning  tetraoksidi  (OsO
4
)  xlor  va  sarimsoq  singari 
qo‘lansa hidga ega bo‘ladi. Fiziologiyada esa, odamning hid bilish qobiliyatining tug‘ma yoki, 
orttirib olingan tarzda yo‘q bo‘lishi hodisasi «anosmiya» deyiladi.  
 
Yod     
Yunoncha «ioeides» so‘zining ma’nosi o‘zbekchada «binafsharang» deganiga to‘g‘ri 
keladi. Chunki, yod elementining bug‘lari, hamda, uning inert erituvchilardagi (alkanlar, to‘rt 
xlorli  uglerod  va  ho  kazo)  eritmalari  shunday  rangga  egadir.  Avvallari,  tibbiyotga  oid 
adabiyotlarda  va  hatto  kimyo  kitoblarida  ham,  ushbu  elementning  nomini  va  formulasini 
chalkashtirib yozish odati bor edi. Ya’ni, ba’zi kitoblarda uni «yod» deb yozilsa, boshqalarida 
«iod» deb keltirilar edi. Formulasi ham ba’zi manbalarda «J», ba’zilarida esa «I» deb berilar 
edi. Xo‘sh, mohiyatan aniq fan bo‘lgan kimyoda bunday chalkashlik qayerdan yuzaga kelgan? 
Nega, aniq fanlarga xos bo‘lmagan bunday ikki xillik mavjud? Buning tarixi  anchayin qiziq 
hikoya bo‘ladi va unga to‘xtalib o‘tish zarar qilmaydi. 
Xullas,  yodni  birinchi  bo‘lib  fransuz  kimyogari  Bernar  Kurtua  (1777-1838)  kashf 
qilgan.  U  mazkur  elementni  dengiz  suvo‘tlarini  quritib,  keyin  yoqilganidan  qolgan  kuldan 
ajratib  olgan.  Ushbu  moddani  Kurtuadan  olib,  batafsilroq  tekshirgan  boshqa  bir  farang 
kimyogari Gey-Lyussak, unga biz ishlatadigan hozirgi  nomni,  ya’ni,  «iode»  nomini  bergan. 
Keyinchalik ushbu nom fransuz ilmiy adabiyotlari orqali rus tiliga kirib kelgan. XIX-asrda rus 
tili kirill alifbosida yozilar edi, lekin unda «i» harfi lotin alifbosidagi bir xil, ya’ni, aynan shu 


50 
 
tarzda  yozilgan.  Ya’ni,  hozirgidek  «и»  ko‘rinishida  bo‘lmagan.  Shu  tariqa,  rus  kimyo 
darsliklarida yodni fransuzchadagi singari «ioд» deb yozilgan.  
Bu element shuningdek, ingliz, ispan, portugal va italyan tillarida ham bu element «i» 
orqali yoziladi. Ya’ni, inglizchada «iodine», ispanchada va portugalchada «iodo», italyanchada 
esa  «iodio». Biroq,  yod elementi nemis tilida va ilmiy adabiyotlar asodan nemis tili asosida 
tarqalgan boshqa Yevropa tillarida «Jod» tarzida yoziladi. Masalan, golland tilida bu element 
«jood»  tarzida  yozilsa,  Islandiyaliklar,  Daniyaliklar,  shvedlar  «jod»  shaklida  ifodalashadi. 
Nemis tili kuchli ta’sirga ega sharqiy Yevropa xalqlari tillarida ham bu elementni «J» orqali 
yoziladi. Xususan, vengr va chex tillarida «jód», serb va xorvat tillarida «joд» va Boltiqbo‘yi 
xalqlari tillarida esa, «jods» - latishcha, «jood» - estoncha, «jodas» - Litva tilida ko‘rinishida 
yoziladi. Balki shundandir, yod elementining yozilishi va formulasida avvallari chalkashliklar 
kuzatilgan.  Zamonaviy  o‘zbek  tilidagi  kimyo  qo‘llanmalari  va  darsliklarida  bu  elementning 
formulasi, butun dunyodagi «I» tarzida qabul qilingan, yozilishi esa «yod» deb yoziladi.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish