Ta‟lim jarayonida interfaol metodlarni qo„llashning ayrim namunalari.
Interfaol metodlar (interaktiv uslublar) -o‗zaro fikr almashishga, o‗zaro
fikrlarni to‗ldirishga, goh noverbal, goho verbal ta‘sir o‗tkazishga qaratilgan
harakatlar majmuasidir. Interfaol uslublar o‗zaro ta‘sir asosida qurilgan intellektual
harakatlar shunchaki ta‘sir, turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmasdan,
42
balki hamkorlik subyektlarini ijodiy izlanishga yo‗naltirish, noma‘lum holatni
ochishga, kashf etishga ko‗mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarda ifodalanishi
mumkin.
Ta‘lim mazmunini o‗zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o‗zlashtirish
darajasi, ta‘lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi
interfaol metodlar qo‗llaniladi:
- o‗qitishning ko‗rgazmali metodi;
- mustaqil ishlar metodi;
- muammoli evristik modellashtirish metodi;
- ilmiy tadqiqot metodlari;
- o‗qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi;
- o‗qitishning induktiv va deduktiv metodi;
- o‗qitishning nazorat va o‗zini o‗zi nazorat qilish metodi.
Metodlar quyidagi guruhchalarni o‗z ichiga oladi:
Birinchi guruh metodlari: o‗quv axborotlarini eshitish orqali qabul qilish
metodlari (og‗zaki metodlar: hikoya, ma‘ruza, suhbat va boshqalar).
Ikkinchi guruh metodlari: o‗quv axborotlarini ko‗rgazmali uzatish va ko‗rish
orqali qabul qilish metodlari (ko‗rgazmali metod, tasviriy namoyish qilish va
boshqalar).
Uchinchi guruh metodlari: o‗quv axborotlarini amaliy mehnat harakatlari
orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya ishlari, dastur tuzish,
pedagogik masalalarni yechish, mehnat harakatlari va boshqalar).
Interaktiv metodlar asosida tuzilgan dars tizimlarida turli strategiyalardan
foydalaniladi. Bunda talabalarga kitoblar, daftar, boshqa bekitiqcha usullardan
foydalanish taqiqlanmaydi, aksincha bunday usullarni qo‗llash rag‗batlantiriladi.
Bugungi kunda erkin shaxsni shakllantirish muammosi ta‘lim muassasalarida
o‗quv-tarbiyaviy ishlarni zamonaviy pedagogik texnologiyaga o‗tkazishni taqozo
etadi. Bu jarayon oson kechmaydi, chunki ixtiyoriy qurilayotgan va joriy
etilayotgan o‗qitish tizimini qat‘iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga
aylantirish kerak.
43
Tarbiyachi-pedagog,
o‗qituvchi-ustoz o‗z faoliyatini samarali
kechishi, o‗zida va tarbiya obyektida muloqot madaniyatini shakllantirishida ta‘lim
tizimiga kirib kelgan pedagogik texnologiyalarni qo‗llash kutilgan natijani beradi.
Biz ushbu bo‗limda shunday natijaga olib keladigan bir qator metodlarni
keltiramiz.
«Aqliy hujum» - muammolarni hal qilishda keng qo‗llanadigan anchagina
mashhur metoddir, uning nomini rus tilida «mozgovaya ataka», inglizchasiga
«brain storming» deb ataladi. Bu usul katta miqdordagi g‗oyalarni yig‗ish,
o‗quvchi, talaba shaxsini ayni bir xil fikrlash inersiyasidan holi qilish, ijodiy
vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo‗lgan fikrlarni yengishdir. U
qatnashchilarni o‗z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga undaydi va berilgan
har qanday muammoga ko‗p sonli yechimlar topishda yordam beradi (bu vaziyatda
men nima qilishim kerak? Bu to‗siqni qanday bartaraf qilishimiz kerak?). Aqliy
hujum qadriyatlarni tanlash va muqobillarini aniqlashda yordam beradi.
Metodning
psixologik
mohiyati
shundaki,
oddiy
munozarada
bahslashuvchilar ko‗proq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar.
Bunda esa bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr qo‗yilib kelsa, uni tanqidsiz va
asoslamay erkin, «tilga nima kelsa», lekin navbatma-navbat aytish imkoniyati
beriladi. Bu narsa ko‗proq muammo ancha notanish, savol murakkab yoki noaniq
bo‗lgan sharoitlarda qo‗l keladi. YA‘ni, bunda «erkin assotsiatsiyalar»ga imkon
beriladi va oxir oqibat guruhning o‗zi ma‘lum ratsional «mag‗izni» ajratib oladi.
Bu usulni birinchi marta amerikalik olim A.Osborn 30-yillardayoq taklif
etgan va bu usul yordamida yirik loyihalarni rejalashtirish va oldindan uning
natijalarini bashorat qilishda ma‘lum yutuqlarni qo‗lga kiritgan edi. Lekin
keyinchalik mutaxassislar uni faqat nostandart, o‗ziga xos yechimi bo‗lgan
vazifalarni muhokama qilgandagina qo‗llash mumkin, degan fikrni bildira
boshladilar. Birok to‗g‗ri tashkil etilgan breyshtormingning amaliy afzalliklari
ko‗p. Faqat bunda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Jumlalar juda qisqa bo‗lishi kerak, ularning asoslanishi shart emas.
44
2. Har qanday jumla yoki fikr tanqid qilinishi mumkin emas, ya‘ni fikrlar
tanqiddan xolidir.
3. Mantiqiy fikrlardan ko‗ra, fantastik yoki qo‗qqisdan, tasodifan miyada paydo
bo‗lgan fikr muhimroq.
4. Fikr yoki bildirilgan qisqa mulohaza qayd etiladi.
5. Bildirilgan fikr yoki g‗oyalar u yoki bu ishtirokchiniki, deb ajratilmaydi,
ya‘ni ular - muallifsizdir.
6. Fikr yoki yaxshi g‗oyalarni tanlash alohida «tanqidchilar» yoki guruhnnig
norasmiy liderlari tomonidan amalga oshiriladi.
1.
Yuqoridagi ta‘kidlangan guruh katta bo‗lgan sharoitda bahs
uyushtirishda ham generator, ya‘ni fikrlarni birlamchi jamlovchilarlarga
ushbu usulda ishlashga imkon berish tajribada yaxshi natija beradi. Chunki
o‗tkazilgan tekshiruvlar va ko‗plab sinov mashg‗ulotlarining ko‗rsatishicha,
aynan shu guruhda breynshtorming usulining qo‗llanilishi turli-tuman va
qarama-qarshi fikrlarning bayon etilishiga sharoit yaratadi. Aks xolda
muhim muammolar bo‗yicha munozarani boshlash va unda fikrlar rang-
barangligiga erishish juda qiyin bo‗ladi. Bu usul ayniksa, kattalar
auditoriyasida juda yaxshi samara beradi.
2.
Aqliy hujumni o‗tkazish qoidalari, foydalanish usullari quyidagilardan
iborat:
3.
O‗ylash jarayoni hech qanday baholashlarga yo‗l qo‗yilmaydi. Agar o‗ylash
jarayonida g‗oyalarni baholaydigan bo‗lsak qatnashchilar e‘tiborlarini o‗z
fikr va g‗oyalarini himoya qilishga qaratib, ularning yangilari va yaxshilari
ustida bosh qotirmay qo‗yadilar. Baholash qoidadan istisno qilinishi kerak.
4.
Hammani o‗ta xilma-xil kutilmagan g‗oyalar doirasini o‗ylashga undash
kerak. Haqiqatdan ham aqliy hujumda kutilmagan g‗oyalar yuzaga kelmas
ekan, ayrim qatnashchilar o‗z shaxsiy fikrlarini qayta ko‗rib chiqishlari aniq
bo‗lib qoladi.
45
5.
G‗oyalar miqdori rag‗batlantiriladi. Miqdor deyarli doimo o‗sib, sifatga
aylanadi. Tezkor izchillikda g‗oyalar paydo bo‗lganda, odatda baholash
istisno qilinadi.
6.
Har bir kishi o‗zgalar g‗oyasiga asoslanishi va ularni o‗zgartirishi mumkin.
Oldin taklif etilgan g‗oyalarni biriktirish yoki o‗zgartirish ko‗pincha sabab
bo‗lganlardan ko‗ra yaxshiroq g‗oyalarni keltirib chiqaradi.
Samarali «Aqliy hujum» metodidan foydalanish quyidagilarni taqozo etadi:
- qatnashchilar bemalol o‗tiradigan qilib joylashtiriladi;
- g‗oyalarni yozish uchun doska yoki varaqlar tayyorlab qo‗yiladi;
- muammo aniqlanadi;
- ish qoidalari belgilanadi;
- g‗oyalar hech qanaqasiga baholanmaydi;
- fikrlarga to‗liq erkinlik beriladi;
- miqdorga intilish;
- o‗qish, qayta o‗zgartirish va boshqalar;
- g‗oyalar haqida so‗rash va aytilishi bilan yozib olish;
- qog‗oz varaqlari to‗lganda, ularni devorlarga osib qo‗yish;
- o‗zidan qo‗shib g‗oyalarni rag‗batlantirish;
- ishni davom ettirish va o‗zgalar g‗oyasiga aralashmaslik.
«Aqliy hujum» metodining mohiyati ham o‗ziga xos xususiyatga ega.
Bunda maqsad berilgan qisqa vaqt ichida ma‘lum muammoning yechimini
topishga qaratilgandir. Bu psixotexnik o‗yin mashg‗ulot jarayonida ijodiy va
noandoza fikrlashni uyg‗otadi. Bir necha guruh tashkil etiladi va ular oldiga
muammo qo‗yiladi. Shaxs o‗z oldiga qo‗yilgan muammoni yechish uchun turli
g‗oyalarni ilgari suradi. Yechim variantlari qancha ko‗p bo‗lsa, tanlash jarayoni
shunchalik oson bo‗ladi. Har bir ilgari surilgan g‗oyani atroflicha ko‗rib,
kengaytiriladi va ular orasidan eng to‗g‗ri g‗oyani muammoning yechimi sifatida
qabul qilinadi. Muammoni yechish vaqti oldindan belgilab olinadi va unga qat‘iy
amal qilinadi. «Aqliy hujum» o‗yini qiyin vaziyatlardan qutulish chorasini tez
topishga, muammoni ko‗ra bilish chegaralarini kengaytirishga, fikrlash bir xilligini
46
yo‗qotishga va keng doirada tafakkur yuritishga imkon beradi. Bundan tashqari
jamoadagi munosabatlar o‗zgaradi, kurashish kayfiyatidan ijodiy hamkorlik
kayfiyatiga o‗tiladi va guruh yanada jipslashadi. Eng asosiysi shaxsda o‗z fikrini
bayon eta olish, kommunikativ qobiliyat va muloqot madaniyatining
shakllanishiga erishiladi.
«Tarmoqlar» (Klaster)metodi pedagogik strategiya bo‗lib, u o‗quvchi-
talabalarni bir mavzuni chuqur o‗rganishlariga yordam beradi. O‗quvchi-
talabalarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda
ketma-ketlik uzviy bog‗langan holda tarmoqlashlariga o‗rgatadi. Bu usul bilan
mavzuni chuqur o‗rganishdan avval o‗quvchi-talabalarning fikrlash faoliyatini
jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, o‗tilgan
mavzuni mustahkamlash, umumlashtirish hamda o‗quvchi-talabalarni shu mavzu
bo‗yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. Bu jarayonda albatta
tarbiyachi shaxsining o‗zida ham keng bilim bo‗lish bilan birga tashkilotchilik,
muloqot madaniyatining yuksak bo‗lishi talab etiladi.
«Bumerang» texnologiyasi bir mashg‗ulot davomida o‗quv materialini
chuqur va yaxlit holatda o‗rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga
yo‗naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli
mazmunli) ega bo‗lgan mavzularni o‗rganishga yaroqli bo‗lib, o‗z ichiga og‗zaki
va yozma ish shakllarini qamrab oladi. Har bir mashg‗ulot davomida tarbiyachi,
tarbiyalanuvchi, o‗qituvchi, o‗quvchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan
o‗qituvchi yoki talaba, iqtisodchi yoki tadbirkor, rahbar yoki xodim rolida
bo‗lishi, kerakli ballni to‗plashiga imkoniyat yaratadi.
«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga
imkoniyat yaratadi hamda g‗oya va fikrlarni yozma va og‗zaki shakllarda bayon
qilish ko‗nikmalarini rivojlantiradi.
Mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini
beradi, ya‘ni:
-
bo‗lajak tarbiyachilarda jamoa bilan ishlash mahorati;
-
muomalalik, xushfe‘llik;
47
-
o‗zgalar fikriga hurmat;
-
rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
-
ishga ijodiy yondashish;
-
o‗z faoliyatini samarali bo‗lishiga qiziqish;
-
o‗zini xolis baholash kabilar.
«Veyer» texnologiyasi murakkab, ko‗ptarmoqli, mumkin qadar muammo
xarakteridagi mavzularni o‗rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati
shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‗yicha axborot beriladi va
ularning har biri alohida muhokama etiladi. «Veyer» texnologiyasi tanqidiy,
tahliliy, aniq va mantiqiy fikrlarni rivojlantirishga hamda o‗z g‗oyalari va fikrlarini
yozma va og‗zaki shaklda bayon etish hamda himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu texnologiya mavzuni o‗rganishning turli bosqichlarida qo‗llanilishi
mumkin:
- boshida o‗z bilimlarini erkin faollashtirish;
- mavzuni o‗rganish jarayonida uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab
yetish;
- yakunlash bosqichida olingan bilimlarni tartibga solish.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa va tushuncha
tekshiriladi.
Afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz.
Fazilat – ijobiy sifat.
Nuqson – nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik.
Xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo‗yicha dalildan natijaga kelish.
Ta‘limdan tashqari bu texnologiya tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni
amalga oshirish imkonini beradi:
- jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;
- muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish mahorati;
- murosali qarorlarni topa olish mahorati;
- o‗zgalar fikriga hurmat;
48
- xushmuomalalik;
- faollik;
- ishga ijodiy yondashish;
- muammoga diqqatini jamlay olish mahorati.
Ta‘lim samaradorligini oshirishda «Blits-o‗yin», «Chorraha», «Muomala
texnologiyasi» kabi ish o‗yinlaridan ham foydalanish mumkin.
«Skarabey» interaktiv texnologiya bo‗lib, u shaxsda fikriy bog‗liqlik, mantiq va
xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, muammoni hal qilishda o‗z fikrini
ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya mustaqil
ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o‗rganilayotgan mavzu
haqidagi tushuncha va tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi hamda turli
g‗oyalarni ifodalash va ular orasidagi bog‗liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
Mazkur texnologiya oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish
xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan bo‗lib, faol ijodiy izlash va
fikriy tajriba o‗tkazish imkoniyatlariga ega. «Skarabey» texnologiyasidan alohida
ishlarda, kichik guruhlarda va mashg‗ulotlar o‗tish jarayonida qo‗llanilishi
mumkin. Bu jarayonda ham tarbiyachi ham tarbiyalanuvchi, o‗qituvchi va
o‗quvchida muloqot va tafakkur xususiyatari rivojlanadi.
Ta‘limdan tashqari «Skarabey» texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi qator
vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- o‗zgalar fikriga hurmat;
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- imkoniyatni ko‗rsatish ehtiyoji;
- xushmuomalalik;
- ishga ijodiy yondashish;
- o‗z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
- «men»ligini ifodalashga imkon beradi;
- o‗z faoliyati natijalariga mas‘ullik va qiziqish uyg‗otadi.
Psixotexnik o‗yinlar didaktik o‗yinlarning o‗ziga xos xususiyatiga ega bo‗lgan
turi hisoblanadi. Bu o‗yinlar o‗quv jarayonida kerak bo‗luvchi malaka, xotira,
49
fikrlash, diqqat va tasavvur kabilarni shakllantiruvchi o‗qitish usuli hisoblanadi.
Psixotexnik o‗yinlar ko‗proq o‗quvchi-talabalarni bilim, ko‗nikma va malakalarini
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |