1.2.Tasviriy san‟at darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
etishda o„qituvchi mahorati.
O‗qituvchilik faoliyati faxrli va mas‘uliyatli kasb ekanligi barchaga sir emas.
O‗qituvchilik faoliyati juda azaldan mavjud bo‗lib, u yuksak darajada qadrlangan
va e‘zozlangan kasbdir. Chunki, o‗qituvchi yosh avlodga bilim bergan, uni ertangi
hayotga har tomonlama tayyorlagan. Uning kulida ta‘lim-tarbiya topgan bola uz
navbatida jamiyatga, uning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo‗shgan.
Bir o‗qituvchi yuzlab, minglab bolalarning kamol topishida uz hissasini qo‗shgan.
Shuning uchun har doim o‗qituvchi-murabbiylik faoliyatini kasb qilib olgan
kishilar jamiyat va davlat ardogida bo‗lgan.
Bugungi kunda davlatimiz ta‘lim sohasiga katta e‘tibor bermoqda. Kelajagi buyuk
davlat uchun komil insonlar kerakligi va zarurati bir necha bor ta‘kidlanmokda.
Yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazish, ko‗p jihatdan o‗qituvchi shaxsi,
uning salohiyatiga bog‗liq qadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi
ham har tomonlama yetuk, yuksak malakali qadrlar, jumladan pedagog qadrlar
tayyorlashga erishishdir.
O‗qituvchilik kasbining faxrli jihatlari shundaki, har qanday kasb egasi dastlabki
ma‘lumotni o‗qituvchidan oladi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita hissa qo‗shadi.
Albatta bu kasbning mas‘uliyatli jihatlari ham mavjud. Jamiyat uning kuliga
ishongan holda yosh avlodjni topshiradi. U jamiyatning ishonchli vakili sifatida
yoshlarga bilim berishi, ularda Vatanga, mehnatga bo‗lgan ijobiy munosabatlarni
shakllantirishi lozim. Bundan tashqari u pedagogik odobga, vijdon pokligiga ega
bulmogi lozim.
14
Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta‘lim muammolariga oid ma‘ruzalar,
rasmiy hujjatlarda "zamonaviy pedagogik texnologiya ", "Ilg‗or pedagogik
texnologiya", "Zamonaviy pedagogik texnologiya" iboralari keng qo‗llanilmokda.
Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiya asosida o‗qitishni boshqa
yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta‘lim maqsadlari, uning
mazmuni, o‗qitish va ta‘lim berish metodlari, nazorat va natijalarni baholashni
o‗zaro aloqada va bir-biri bilan bog‗liqlikda loyihalash - ko‗pincha an‘anaviy
o‗quv jarayonida yetishmaydigan omillardir. Masalan, ko‗p hollarda ta‘lim,
asosan, axborotni eslab qolishga yo‗naltirilgan, ta‘lim oluvchining bo‗lajak
faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy
qarorlarni qabul qilish bilan bog‗liq bo‗ladi.
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiyaga bir qancha ta‘riflar
berilgan.
(V.Bespalko,
V.Guzeyev,
V.Slastenin,
B.Lixachev,
I.Volkov,
M.Choshanov, M.Klarin, I.Lerner, Ch.Yudin va boshqalar). Ushbu olimlar orasida
pedagogik texnologiya to‗g‗risidagi axborotni MDH mamlakatlari, jumladan,
O‗zbekistonda tarqalishida V.P.Bespalko va M.V.Klarinlarning ta‘siri kuchliroq.
M.V.Klarin pedagogikadagi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tarkibiy
tuzilishi va mazmuni to‗g‗risida birmuncha to‗laroq ma‘lumotlarni e‘lon qilgan.
Tizimli yondashuvga muvofiq pedagogik texnologiyalarni qo‗llash uchun
«Texnologiya» tushunchasining lug‗aviy mazmunini bilib olish lozim.
«Texnologiya» — yunoncha so‗z bo‗lib, «tehnos»-mahorat, san‘at. «logos» -
ta‘limot, fan ma‘nolarini anglatadi.
«Texnologiya» ko‗proq ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‗liq bo‗lgan
tushuncha holida qo‗llanilgan. Muayyan detallarni yo‗nish, silliqlash, jilo berish,
tayyorlash, xom-ashyo mahsulotlarini qazib olish, yasash, qurish, ranglash, bezash,
tashish, joylash, saqlash, foydalanish va shunga o‗xshash amallarni bajarishning
o‗ziga xos usul va metodlar majmuyi -kompleksini anglatadi. Ishlab chiqarishga
oid xaritalar, loyihalar, jadvallar, maket va chizmalar ham texnologiyaning
tarkibiga kiradi. Shunga muvofiq texnologiya muayyan usul va metodlarni
yaratuvchi hamda takominlashtiruvchi fan sifatida o‗rganiladi. Chunki sanoatda,
15
ishlab chiqarishda va qurilishda tayyorlangan loyiha talablariga qat‘iy amal qilinsa,
ish bajaruvchi kafolatli natijani qo‗lga kiritishi mumkin. Albatta, bu yerda bilim yo
tajribani nazardan chetda qoldirish mumkin emas.
Bevosita ta‘limga oid texnologiya yoki texnologik yondashuv o‗quv-biluv
jarayonini takomillashtirishga oid usul va metodlar majmui loyihasini tegishli
prinsiplar asosida ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bunda reproduktiv ta‘limga
muvofiq oldindan bilib olingan qoidalar asosida o‗quv materiali belgilangan o‗quv
maqsadiga mos hodda modullarga ajratiladi va nazorat testlari belgilanadi. Bu
jarayon qayta nazoratdan o‗tkazilgani uchun go‗yo takror ishlab chiqarishga
o‗xshash qo‗yilgan o‗quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydi.
Yuqorida ko‗rib o‗tilgan fikrlar doirasida texnologiyaga quydagicha ta‘riflar
berilgan.
Texnologiya — tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida
qo‗llaniladigan usul va metodlar majmui.
Texnologiya — biror ishda, mahoratda, san‘atda qo‗llaniladigan usullar, yo‗llar
yig‗indisi (izohli lug‗at).
Texnologiya — ishlov berish, ahvolni o‗zgartirish san‘ati, mahorati, qobiliyati,
metodlari yig‗indisi (V.M.SHepel).
Bizningcha pedogogik Texnologiya —g‗oyalarni amalga oshrishning konkret yo‗l
— yo‗riqlari va metodlari majmui.
Demak, «texnologiya» qamrovi keng tushuncha bo‗lib, uni har qaiday sohada
qo‗llash mumkin. Shunga asosan, texnologiya qo‗llanish tarmog‗iga muvofiq
keladigan usul va metodlarni ishlab chiquvchi va gakomillashtiruvchi fan sifatida
ta‘riflanadi.
Pedagogik g‗oya — milliy g‗oyaning tarkibiy qismi bo‗lib, manaviy-axloqiy
yetuk, bilimdon hamda o‗z kasbining malakali mutaxassisi bo‗lish yo‗lidagi ezgu
maqsadga yo‗naltirilgan fikrlar majmuidir.
Yuqorida biz tomondan keltirilgan ta‘riflarga muvofiq «texnologiya» va
«pedagogik g‗oya» shunchaki oddiy tushunchalar bo‗lmay, avval har ikkisi ham
tafakkur taraqqiyotining mahsuli ekanligini qayd etib o‗tish joiz. Shunga ko‗ra,
16
«texnologiya» pedogogik g‗oya darajasida tahlil etilmasa, unda aniq maqsadni
ko‗zlab bo‗lmaydi. Gap pedagogik g‗oya to‗g‗risida ketar ekan, o‗z navbatida,
shaxsning ruhiy —aqliy tarbiyasiga ta‘sir etib, muayyan masad sari yo‗naltira
olmasa, oddiy fikr yoki shunchaki qarashga aylanib qoladi, e‘tiqod shakllanmaydi.
«Texnologiya» va «pedagogik g‗oya» tarozining ikki pallasiga qo‗yiladigan bo‗lsa,
bunda pedagogik g‗oyalar qanchalik kuchli va tasirchan bo‗lib, tarbiya oluvchini
maqsad hamda orzu-istak sari (yo‗naltira olsa, «texnologiya» shunchalik
mazmunli, rang-barang (har xil metdlar,usul va vositalarga boy) bo‗ladi. Demak,
pedogogik g‗oyalar qanchalik tarozi bossa, texnologiyaning mazmuni va amaliy
jihatdan ahamiyati kuchli bo‗ladi.
Pedagogik g‗oyalar shaxs e‘tiqodini shakllantirishga, uni rivojlantirishga hamda
yuzaga chiqishga xizmat qilmog‗i lozim. Ana shu jarayonning mukammalligi
tarbiya maqsadining kafolatli natijasini beradi.
Komil insonni shakllantirishga qaratilgan ulug‗vor pedagogik ishlarga:
insonparvarlik, fidoiylik, aqliy barkamollik, vatanparvarlik, ma‘naviy-axloqiy
yetuklik, mehnatsevarlik, diniy bag‗rikenglik, o‗zaro hamjihatlik kabilar kiradi.
Albatta pedagogik g‗oyalar jamiyat taraqqiyotiga undaydigan g‗oyalarning bir
qismini tashkil etsada, yosh avlod tarbiyasida muayyan qarashlar va intilishlarni
o‗z e‘tiqodiga aylanishi hamda yangi bunyodkor g‗oyalarni yaratilishida muhim
ahamiyat kasb etadi. «Pedagogik texnologiya tushunchasi ingilizcha «an
educational technology» so‗zidan olingan bo‗lib, «ta‘lim texnologiyasi» degan
ma‘noni bildiradi. Shunday bo‗lsada, ta‘lim-tarbiyaning birligi prinsipiga muvofiq
pedagogik texnologiyani shartli ravishda «ta‘lim texnologiyasi» va «tarbiya
texnologiyasi» ko‗rinishda o‗rganish hamda takomillashtirish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
•
Ta‘lim texnologiyasi deb - oldindan loyihalashtirilgan va
aniq maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o‗quv jarayoniga aytiladi.
Ta‘lim texnologiyasi - didaktik maqsadga erishishni kafolatlovchi tizimli
metodlar majmui.
17
Ta‘lim texnologiyasi - ta‘lim maqsadiga erishuvini kafolatlovchi ta‘lim
shakli, metodlari va vositalari majmui.
Ta‘lim texnologiyasi - qo‗yilgan maqsadga erishishning kafolatli vositasi.
Ta‘lim
texnologiyasi
-
o‗qituvchining
kasb
mahorati
asosida
kafolatli natijaga erishishning o‗ziga xos tashkiliy —
motodik vositalari majmui.
YUNESKO tashkiloti ma‘qullagan ta‘rif: «Pedagogik texnologiya — bu ta‘lim
shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda
ularning o‗zaro ta‘sirini inobatga olib, o‗qitish va bilimlarni o‗zlashtirishning
barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo‗llashning tizimli metodidir».
Boshqa mualliflarning ta‘riflari:
•
Pedagogik
texnologiya
-
tizimli,
texnologik
yondashuvlar
asosida
ta‘lim
shakllarini
qulaylashtirish,
natijasini
kafolatlash
va
obyektiv
baholash
uchun
inson
salohiyati
va
texnik
vositalarning
o‗zaro
ta‘sirini
inobatga
olib,
ta‘lim
maqsadlarini oydinlashtirib, o‗qitish va bilim o‗zlashtirish jarayonlarida
qo‗llaniladigan usul va metodlar majmuidir.
Pedagogik texnologiya — ta‘lim metodlari, usullari, yo‗llari haqida tarbiyaviy
vositalar yig‗indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy—uslubiy vositalari
majmuidir.
Pedagogik texnologiya — bu o‗qituvchi (tarbiyachi)ning o‗qitish (tarbiya)
vositalari yordamida o‗quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta‘sir ko‗rsatishi va
aks ta‘sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal
shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir.
Yuqorida keltirilgan ta‘riflarda ma‘lum ma‘noda uyg‗unlik va o‗ziga xos tomonlar
ko‗zga tashlanib turganligini sezish qiyin emas. Shunday bo‗lsada, pedagogik
texnologiyani takomillashtiruvchi metodlar bilan pedagogik g‗oyalar uyg‗unligi va
izchilligi talimotiga oid tadqiqiy izlanishlar bu masalaga yanada oydinlik kiritishi
muqarrarligini ko‗rsatib o‗tish lozim.
18
Yana shu narsani alohida ta‘kidlash lozimki, YUNESKO ta‘rifida «Tizimli
metod»,- deb qaraladi. Vaholanki, PT da «metodlar majmui» olinishi lozimligi PT
ga barcha mualliflar tomonidan berilgan ta‘riflarda ko‗rinib turibdi.
Tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonini jadallashtirishning asosiy omillari:
ta‘lim maqsadlarini kuchaytirish; o‗quv motivatsiya (qiziqtirish)ni kuchaytirish;
ta‘lim mazmunidagi axborot sig‗imini kengaytirish; ta‘limda faol metod va
shakllarni qo‗llash; o‗quv amallarini bajarish suratini oshirish; o‗quv mahoratini
rivojlantirish; ta‘limda kompyuter va boshqa texnika vositalarini qo‗llash.Lekin bu
an‘anaviy tarzda amalga oshiriladigan ta‘lim ishlari manzilga uzoq va notekis yo‗l
bilan, gohida adashib ketayotgan yo‗lovchining harakatiga o‗xshaydi. Ilg‗or
davlatlardagi pedagogik texnologiya esa bu ko‗zlangan manzilga tezroq
borayotgan va qisqa yo‗l tanlangan harakatga o‗xshaydi.
Ikkinchi vazifa shundaki, ta‘lim samaradorligiga erishish majmuini
pedagogika fani tadqiqotlarining mustaqil yo‗nalishi sifatida olib qarash lozim.
Bunday vazifa, bir tomondan, mohiyati va e‘tibori jihatidan fanlararo aloqadorlik
tahlilida aynan pedagogik jarayonlarni ajratish imkonini yaratadi.
Pedagog olim J.G‗.Yo‗ldoshev o‗z tadqiqotlarida zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni amada qo‗llash qonunini asoslab, ya‘ni ta‘lim samaradorligi
mezoni ekanligini o‗rganib, o‗z navbatida zamonaviy pedagogik texnologiyalar
davr o‗tishi bilan takomillashtirilishi lozimligini ham nazariy, ham amaliy jihatdan
asoslab berdi, ya‘ni biz xozirgi paytda tasviriy san‘atni o‗qitishda qo‗llayotgan eng
samarali texnologiyalarni inkor etuvchi ta‘limni tashkil etishda o‗z samarasini
beruvchi muayyan fikr shakllanar ekan.
O‗quv jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etishda o‗qituvchi
mahoratining o‗rnini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash olimlardan V.P.Bespalko,
J.G‗.Yo‗ldoshev, M.Ochilov, O‗.Tolipov, B.L.Farberman, E.G‗oziyev va boshqa
olimlarning tadqiqot ishlarida ham aks etgan bo‗lib, bu tadqiqotlarda ta‘lim
zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish jarayonida shaxsning ruhiy olami
va tafakkur dunyosining o‗rniga alohida e‘tibor berilgan. Jumladan, ta‘limga
19
zamonaviy yondashuv, ta‘limni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish
hozirgi davr talabidir.
J.G‗.Yo‗ldoshev; «Hozirgi ta‘lim tarbiya sohasida rivojlanib borayotgan
yo‗nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‗quv jarayonida
qo‗llash bo‗lib, uni amalga oshirish dolzarb vazifalardandir» deb bejiz aytmagan.
Shuningdek, O‗. Tolipov o‗qituvchining faol, samarali faoliyat ko‗rsatishga
yo‗naltirilgan tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonining metodik ishlanmsidan
farqli ravishda, ta‘limning pedagogik texnologiyasi ta‘lim oluvchiga nisbatan
yo‗naltirilgan bo‗lib, ularning shaxsiy, shuningdek o‗qituvchi bilan birgalikdagi
faoliyatini hisobga olgan holda, o‗quv materiallarini o‗zlashtirishga qaratilishini
hamda pedagogik texnologiyalarning markaziy muammosi o‗quvchi shaxsini
rivojlantirish orqali ta‘lim maqsadiga erishishni ta‘minlashdan iboratdir deb
ta‘kidlaydi. Jumladan u rivojlantiruvchi ta‘lim texnologisining yetakchi tamoyillari
sifatida quyidagilarni ko‗rsatadi: moslanuvchanlik, uyg‗unlik, yaratuvchanlik,
tabiiylikni xis etish.
Pedagog olima B.R.Jo‗rayeva esa o‗z ilmiy tadqiqotida asosiy e‘tiborni
pedagogika o‗quv yurtlari faoliyatida pedagogika turkum fanlarining tutgan o‗rni
va ularning imkoniyatlarini o‗rganishga qaratib, pedagogik turkum fanlarni o‗qitish
asosida bo‗lajak o‗qituvchilarning pedagogik madaniyatini shakllantirish
masalasining o‗z ijobiy yechimiga ega bo‗lishi, o‗qituvchilarning pedagogik
madaniyatini shakllan-tirishda ularning ijtimoiy-madaniy yo‗naltirilganliklari
muhim ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlaydi. Tadqiqotning nazariy va amaliy
ahamiyati muallif tomonidan o‗qituvchining pedagogik madaniyati modelining
yaratilganligi hamda tadqiqot muammosi mohiyatining yoritilishida texnologik
g‗oyalar asosida ish ko‗rilganligi bilan belgilanadi]. Biroq yuqorida tahlil etilgan
ilmiy tadqiqot ishlarida tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonini zamonaviy
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda o‗qituvchi mahoratining o‗ziga
xos xususiyatlari hamda didaktik imkoniyatlari alohida tadqiqot muammosi
sifatida qaralmagan. Bizning tadqiqotimiz ayni shu jihati bilan xarakterlanadi.
20
Shunday qilib, tahlil etilgan va o‗rganib chiqilgan masalalar tadqiqot
ishimizning dastlabki holatini obyektiv belgilab olish imkoniyatini yaratadi, ya‘ni
tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil etishda o‗qituvchi mahoratining pedagogik mohiyatini quyidagilar
ochib beradi:
-tasviriy san‘at darslariga yangicha yondashuvni tashkil etish;
-tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil etishda o‗qituvchi mahoratining didaktik shart-sharoitlarini
yaratish;
-ta‘lim samaradorligini oshirish omillari, shakl, usul, metod va vositalarini o‗quv
jarayoniga tatbiq etish;
-ta‘lim samaradorligini oshirishga yo‗naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab
chiqish va ularni o‗quv jarayoniga tatbiq etish;
-tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil
etish jarayonida fanlararo aloqadorlikning ta‘minlanishiga erishish.
Bitiruv malakaviy ishimizninng o‗quv jarayonini zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etish tadqiqot predmeti sifatida qaralishi 1.2
paragrafda o‗z ifodasini aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |