21
1.3.Tasviriy san‟at darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
etish.
O‗qituvchining shaxsiy sifat va xususiyatlarini bayon etilibgina qolmay, ular sanab
o‗tiladi, har biriga qisqacha izohlar beriladi. O‗qituvchi shaxsiga qo‗yiladigan
asosiy talabalar belgilab olinadi.
Oliy ta‘lim pedagogikasi fanining ta‘qidlashicha o‗qituvchilik kasbi
kengashining biologik, anatomo-fiziologik xususiyatlari bilan ham chambar-chas
bog‗liq. Pedagogiklik faoliyati bilan shug‗ullanuvchilarda yuksak, qon aylanish
sistemasi xastaliklari ko‗p uchraydi.
Umuman pedagoglik kasbi o‗qituvchidan qo‗ydagi anotomo-fiziologik
xususiyatlarni talab etadi. To‗rt muchalning bud bo‗lishining (qo‗l, oyoq); ko‗rish,
eshitish, nutq organlarining sog‗lom bo‗lishini; yurak, qon aylanish sistemasining
o‗z meyorida ishlashini.
Albatta, bunday talabni qat‘iy ravishda har qanday o‗qituvchiga berib
bulmaydi. Chunki, ayrim jismoniy nuqsonlarga ega bo‗lsada, o‗qituvchilik
faoliyatida katta natijalarga erishayotgan kishilarni uchratish mumkin. Insonni
ma‘lum bir kamchiligi o‗rnini boshqa yuksak rivojlangan fazilati bilan to‗ldirish
mumkin. Bu tabiyat qonuni. Har qalay bolani yoshligidanoq kasbga to‗g‗ri
yo‗naltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, shunday kasblar borki, nutq
tiniqligi unda yetakchi o‗rin tutmaydi. O‗qituvchilikda esa biror bir harfni ham
noto‗g‗ri talaffuz etish mumkin emas.
O‗qituvchi shaxsiy xususiyatlari ichida motiv yetakchi o‗rinda turadi. Motiv
- o‗qituvchining hayotda jamiyatda tutgan roli, intilishlarini belgilab beradi. Ijobiy
motivga ega bo‗lgan o‗qituvchi jamiyat oldida turgan o‗z vazifasi va fuqarolik
burchini chuqur his etadi, o‗z kasbi va o‗quvchilarni sevadi, o‗zi ustida tinmay
ishlaydi.
O‗qituvchining shaxsiy sifat va xususiyatlariga qo‗yidagilarni kiritish
mumkin: gumanistik va demokratik yo‗nalish, jamiyatda o‗z fuqarolik burchini
anglab yetish, pedagoglik kasbi va bolalarni sevish, pedagogik odob, ma‘naviy,
eng muhimi bilimga bo‗lgan qiziqish va ehtiyoj, tashkilotchilik qobiliyati, o‗zini
22
tuta bilish, o‗z ma‘lumotini oshirish ustida ishlash va hakozo. Bular o‗qituvchining
eng muhim sifat va fazilatlari desak ham bo‗ladi. Aslida, bu sifat va
xususiyatlarning soni, miqdori nihoyatda ko‗p.
Yuqorida ko‗rib chiqilgan ilmiy tadqiqotlar tahlillaridan ma‘lum bo‗ladiki, har
qanday ta‘limni tashkil etish shaxsning hissiyoti,bilim olishga bo‗lgan ehtiyoji,
ruhiy-aqliy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‗liq ravishda amalga oshadi.
Tadqiqot ishiga jalb etilgan 200 nafar maktab o‗quvchilarining ko‗rsatmasi
bo‗yicha o‗quv jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etish jarayonida
birinchi galda maktab o‗quvchilarida ijodiy faollik, so‗ng ijobiy motivlarning
to‗g‗ri shakllanganligi, o‗z faoliyatini to‗g‗ri ma‘lum bir maqsadga muvofiq to‗g‗ri
tashkil qilish, boshlagan ishni oxiriga yetkazish, ongli intizomni shakllanishi
muhim o‗rin egalladi. Shu bilan birgalikda, mavzu mohiyatini mustaqil ravishda
to‗g‗ri tushunib yetish, ularni amalda qo‗llash mavzu yuzasidan to‗g‗ri xulosalar
chiqarib borish kabi xususiyatlar ekanligi ayon bo‗ldi.
Har doim ijodiy faollik, ijobiy motivlarning to‗g‗ri shakllanganligi, o‗z
faoliyatini to‗g‗ri, ma‘lum bir maqsadga muvofiq to‗g‗ri tashkil qilishdek shaxsiy
sifat maktab o‗quvchisini bilimni to‗g‗ri egallashlariga imkoniyatini yanada
kengaytiradi. Bunday sifatlar tadqiqot ishida yanada yangi ilmiy dalillar to‗plash
imkoniyatini berdi. Shu bilan birga, yuqorida tahlil etilgan sifatlarning izchil
ravishda kelishi, bir-birini to‗ldirishi uzluksiz ta‘lim jarayoni o‗quvchilarda o‗quv
jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etishda muayyan tizimlilik
prinsipi borligini isbotlab berdi.
23
1-jadval
Umumta‘lim maktabi o‗quvchilaridagi ijodiy izlanuvchanlik darajasini
belgilovchi sifatlar
t
/
r
Ta‘limda o‗quvchining ijodiy izlanuvchanlik darajasini
belgilovchi sifatlar
Son
ko‗rsat
kichi
1.
Shaxsning ijodiy faolligi
8
2.
O‗zligini anglab yetishi
7.7
3.
Tanqidiy tafakkurga ega bo‗lishi
7.3
4.
Mustaqil va erkin fikrlashi
6.8
5.
O‗z faoliyatini to‗g‗ri belgilab olishi
6.7
6.
Maqsadga muvofiq faoliyat ko‗rsatishi
6.3
7.
Milliy-madaniy qadriyatlarni chuqur anglashi
6.1
8.
Topqirlik va hozirjavoblilik
5.8
9.
Donolik
5.4
10.
Kamtarlik
10.4
11.
Yumorga boy bo‗lish
10.3
12.
Bir necha tilda muloqotga kirisha olish
9.5
13.
Kompyuter savodxonligi
9.7
Tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonini tashkil etishda o‗qituvchi
mahoratining hozirgi holatini tavsiflash pedagogikada katta hajmda empirik
faktlar, materiallar yig‗ilganligini ko‗rsatsada, ikkinchi tomondan, ushbu faktlar
BMI ko‗rinishida umumlashtira olinadigan nazariy ishlanmalarga boy ekanligi
bilan izohlanadi.
Tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonini texnologik tashkil etish
jarayoni o‗quvchi uchun muhim ahamiyatga egadir. Darhaqiqat, tadqiqot
jarayonida ko‗rib o‗tilgan qonuniyatlarni qay darajada tahlil etish va bu
qonuniyatlarni ta‘limni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishda qo‗llash
imkoniyatlari borligi alohida hisobga olindi.
24
O‗tish davrida har qanday jamiyatda real tarzda amal qilayotgan bozor
munosabatlari va unga xos qonuniyatlarni ta‘limni jarayonisiz amalga oshirish
mumkin emas. O‗quvchi yoshlar ushbu jarayonni turlicha anglab yetishlari va
baholashlari mumkin. Ularning obyektiv ijtimoiy munosabatlari bir qator ijtimoiy-
pedagogik tavsiflarga ega bo‗ladi, ya‘ni shaxsiy maqsad va rejalari ijtimoiy
mutanosiblik bilan namoyon bo‗ladigan fikr va kechinmalarda amalga oshadi.
Tadqiqot ishimizda tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonini tashkil
etishda o‗qituvchi mahoratining turlicha texnologiyalari bevosita va bilvosita bir-
biri bilan uzviy bog‗liq holda yuzaga chiqishi va bu faoliyatda byektiv ijtimoiy
qonuniyatga bo‗ysunish mutaxassislarning ham kasbiy sifatlarga ega bo‗lishi
ularning o‗ziga xos va zaruriy shakli ekanligi aniqlandi. Ta‘limni takomillashuvi,
obyektiv ijtimoiy qonuniyatga bo‗ysunishi har doim o‗quvchilarning voqelikka
bo‗lgan obyektiv munosabatini shakllantiradi. Bunda zamonaviy texnologiyalar
ta‘lim-tarbiya jarayoni mazmunini va uning individuallashgan shakllarini tashkil
etadi.
Tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonini tashkil etishga zamonaviy
yondashuv, zamonaviy tafakkur tahlilini talab etmoqda. Uzluksiz pedagogik
ta‘limni tashkil etish va rivojlantirishda ushbu muammoning ilmiy jihatdan to‗liq
o‗z yechimiga ega bo‗lishi hozirgi kun pedagogikasining eng muhim va dolzarb
vazifasiga aylandi.
Tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonini zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etishda o‗qituvchi mahoratining yana bir muhim
jihati shundaki, unda majburiy itoatkorlik o‗rniga insonparvarlikka asoslangan
tarbiya texnologiyasi tizimi yaratiladi. Bu tizimda «tarbiyachi-o‗qituvchi»,
«o‗qituvchi-o‗quvchi»,
«o‗qituvchi-o‗quvchi»
o‗rtasida
«subyekt-subyekt»
munosabati o‗rnatilib, barcha tarbiyaviy jarayon o‗z-o‗zini boshqarishga
asoslanadi.
Tadqiqotimizning vazifalarini yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib,
maqsadli amalga oshirish uchun axborot texnologiyalarini ham naqadar
muhimligini ko‗rib chiqamiz.
25
XXI asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixida fan va texnika sohasida yuz bergan
inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur‘ati
moddiy ishlab chiqish jarayonini nazariy (g‗oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib
borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmun kasb etishini
ta‘minlaydi. Xizmat ko‗rsatish sohalarining paydo bo‗lishi, yangicha turmush tarzi
kishilarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin hozirladi.
Ijtimoiy ehtiyojlarni yangilanib hamda ortib borishi o‗z navbatida ularni qisqa
muddatda va sifatli kondirilishini ta‘min etuvchi faoliyatning yo‗lga qo‗yilishini
taqozo etadi. Ijtimoiy zarurat maxsuli bo‗lgan texnologiya sohasi va uning
takomillashib borishi o‗z navbatida ularni qisqa muddatda va sifatli qondirilishini
ta‘min etuvchi faoliyatni yo‗lga qo‗yilishini taqozo etadi. Ijtimoiy zarurat maxsuli
bo‗lgan texnologiya sohasi va takomillashib borishi qisqa vaqt oralig‗ida, kam
jismoniy kuch sarflangan holda yuksak sifatli maxsulot ishlab chiqarish imkonini
berdi. Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan zamonaviy pedagogik texnologiyalar
an‘anasi yuzaga keldi.
Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv muayyan sohalarda
islohatlarni tashkil etish, ularning muvaffaqiyatini ta‘minlash va ularni boyitib
borish kabi maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida tashkil etadi.
Moddiy
ishlab
chiqarish
sohalariga zamonaviy, ilg‗or, yuksak
texnologiyalarning tatbiq etilishi bir qator shartlar asosida kechadi. Hususan, ilm-
fan hamda texnikaning so‗nggi yutuqlariga tayanish yirik moliyaviy mablag‗lar
hamda yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega malakali mutaxassislarning
mavjudligi bu boradagi yutuqlarni kafolatlaydi.
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasida zamonaviy pedagogik
texnologiya nazariyasi va uni amaliyotga joriy etish ishlari O‗zbekiston
olimlarining ilmiy asoslangan fikr va mulohazalari bilan bir qatorda rivojlangan
davlatlarda chop etilgan adabiyotlarda ilgari surilgan g‗oyalar asosida ham amalga
oshirilmoqda.
Yuqorida bildirilgan fikr-muloxazalardan shunday xulosalarga kelish
mumkin:
26
1. Mashg‗ulotlar, dars samaradorligini oshirish, ta‘lim oluvchilarning
mustahkam nazariy bilim, faoliyat, ko‗nikma va malakalarini shakllantirish, ularni
kasbiy mahoratga aylanishini ta‘minlash maqsadida o‗qitish jarayonida zamonaviy
pedagogik texnologiya dan foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat
sifatida kun tartibiga qo‗yilmokda.
2. Tasviriy san‘at darslariga zamonaviy pedagogik texnologiyani tatbiq etish
kadrlar tayyorlashga yo‗naltirilgan umumiy jarayon mazmunini sifat jihatidan
o‗zgarishini ta‘minlaydi.
3. Zamonaviy pedagogik texnologiya nazariyasi g‗oyalaridan foydalanish
asosida tashkil etilgan boshlang‗ich sinflar barkamol shaxs va malakali
mutaxassisni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish holatining
sifat ko‗rsatkichiga ega bo‗lishiga olib keladi.
4. Barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni ijtimoiy ishlab chiqarish
jarayonidagi faoliyatlari hamda ularning samarasi ijtimoiy taraqqiyotning
tezlashuviga olib keladi.
5. Hozirgi kunda jamiyatni axborotlashtirish muammosiga xukumat
tomonidan alohida e‘tibor berilmokda. Buni O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora- tadbirlari»
to‗g‗risidagi qarorida ham yaqqol ko‗rish mumkin.
6. Bu qaror axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va
jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini,
kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy
etish va ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga bo‗lgan talab-ehtiyojlarini
to‗liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot
resurslaridan baxramand bo‗lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni
yaratishda maktablar, kasb-hunar maktablari, akdemik litseylar va oliy o‗quv
yurtlarining tasviriy san‘at darslariga zamonaviy kompyuter va axborot
texnologiyalarini egallashga asoslangan ilg‗or ta‘lim tizimlarini tatbiq etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda dasturiy
27
vositalarni, ma‘lumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika, tarmok
va maxalliy axborot-kommunikatsiya tarmoklarini shakllantirish, kompyuter va
telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish soxalarida ishlash uchun yuqori
malakali
mutaxassis
kadrlarni
tayyorlashni
tashkil
qilish
masalalarini
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
xamda ularning zamonaviy tizimlarining joriy etishning birinchi galdagi vazifalari
qatoriga kiritilgan. Yuqoridagi qarorlarga asoslangan holda kompyuter grafikasi
fani yuzaga kelganligi va OO‗YU bitirayotgan har bir talaba ushbu fanni
mukammal bilishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |