Umumiy o„rta ta‟lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy
yo„nalishlarida amalga oshirilayotgan hozirgi sharoitda ta‟lim-tarbiya
bolalarning har tomonlama kamol toptirishning asosini vujudga keltiradi.
Ularda o„tilgan materialni tez tushunishini, amaliyotda qo„llay olishini,
hisoblash, yozish va madaniy xulq malakalarining mustahkam shakllanishini
ta‘minlaydi. Bundan tashqari umumiy o‗rta ta‘lim va kasb-hunar maktablari
o‗qishga ijtimoiy-foydali mehnata halol munosabatni, Vatanga muhabbatni
tarbiyalaydi. O‗qitish jarayonida ta‘limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadlarning qo‗yilishi bilimlarni o‗zlashtirish hamda zarur shaxsiy sifatlarni
shakllantirish uchun yaxshi sharoitlarni vujudga keltiradi. Darsda bilimlarni
o‗zlashtirish jarayonida qarashlar va ma‘naviy sifatlar ham shakllanadi, albatta,
ya‘ni mazkur funksiyalarning birligi va o‗zaro bog‗liqligi ko‗zatiladi. Masalan,
agar bola dastur materialini o‗zlashtirsa, mustaqil fikrlashi yetarli darajada
rivojlanmaganidan qat‘i nazar, unga yuqori baho qo‗yamiz. Va aksincha, mustaqil
holda va ishonch bilan mushohada yurita oladigan o‗quvchi dastur materialini
yetarlicha o‗zlashtirmagan bo‗lsa, ijobiy baho ololmaydi.
O‗qituvchinng o‗qitish funksiyalari o‗zaro bog‗liqligini chuqur tushunish unga
darsning ta‘limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini ijodiy yo‗sinda qo‗yish
va hal qilish imkonini beradi. Darslarda qo‗yiladigan maqsadlar ta‘lim tarbiya
ishlarini amalga oshirishda usullarni izlash va darsning rang-barangligini
ta‘minlashga yordam beradi. O‗qituvchining o‗qitish jarayonida ushbu vazifalarni
amalga oshirishni bilishi ularning ijodkorlik va pedagogik mahorat bilan ishlashini
ta‘minlaydi.
O‗qitish jarayonida ta‘limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ajratish,
bilimlarni o‗zlashtirish hamda zarur shaxsiy sifatlarni shakllantirish uchun yaxshi
sharoitlarni vujudga keltiradi. Darsda bilimlarni o‗zlashtirish jarayonida qarashlar
va ma‘naviy sifatlar ham shakllanadi, ya‘ni mazkur funksiyalarning birligi va
o‗zaro bog‗liqligi ko‗zatiladi.
O‗qitishning ta‘limiy funksiyasi mazmunining boshqa bir jihati dallili o‗quv
materialini o‗zlashtirishdir. O‗qitishning ta‘limiy maqsadini amalga oshirish
33
o‗quvchilarga beriladigan bilimlarning harakteriga bog‗liq. Ta‘limiy maqsad
qanchalik aniq belgilansa va u darsda olingan o‗quv materialiga qanchalik muvofiq
bo‗lsa, darsda o‗qitish metodini tanlash shunchalik oson bo‗ladi.
O‗qitishning ta‘limiy maqsadi majmui ham berilgan bilimlar asosida
shakllanadigan ko‗nikmadan iborat bo‗lib, bilimlarning harakteri tegishli
ko‗nikmalar bilan belgilanadi.
O‗qitishning tarbiyaviy maqsadi o‗quvchilarda ijobiy qarash va e‘tiqodlarni,
ahloqiydik, irodalilik va hissiyotlarni shakllantirishdan iboratdir. O‗qituvchi har bir
darsda o‗quv materialini o‗rgatish jarayonida tarbiyaviy vazifaning ma‘lum
tomonini amalga oshiradi. Dunyoqarash, shaxsning ahloqiy fazilatlari, hissiyotlar,
irodalilik va boshqa larni tarkib toptirish uzluksiz jarayon bo‗lib, uni aniq
cheklangan qismlaga ajratish mukin emas.
Tarbiyaviy maqsadning natijalari ta‘limiy maqsadning natijalari kabi muayyan va
aniq bo‗lmaydi. Tarbiyaviy maqsad turli o‗quvchida turlicha amalga oshadi.
Darsning tarbiyaviy maqsadi o‗quvchi shaxsida muayyon ahloqiy, estetik,
emotsional va irodaviy sifatlarni shakllantiradi.
Har qanday o‗quv materialini o‗rganish o‗quvchining kamol topishiga, undagi
fikrlash mantiqining, bilish kuchlari va o‗qish motivining rivojlanishiga ta‘sir
ko‗rsatadi. O‗qitishning rivojlantiruvchi maqsadini amlga oshirish tarbiyaviy
maqsadni amalga oshirish bilan o‗xshaydi. Tarbiyaviy maqsadni amalga
oshirishdagi singari kamol toptirish vazifasini amalga oshirishda eng muhimi
o‗quvchining kamol topishga intilishini shaklantirishdir.
Bitta darsda analiz, sintezning matiqiy usullarini, mavhum fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish,faol va mustaqil fikrlarni shakllantirish vazifasini qo‗yish va amalga
oshirish mumkin emas. Darsning kamol toptirish maqsadini amalga oshirish
doimiy ravishda ma‘lum g‗oyalarni rejelashtirish va fikrlash mantiqini, faollik va
bilishga qiziqishni rivojlantirishdan iboratdir.
Pedagogik texnologiyalarning an‘anaviy metodikadan yana bir farqi
o‗quvchi va o‗quvchilarni mustaqil bilim olishiga jiddiy e‘tibor beriladi. Endi
pedagogik texnologiyalarda maqsadlar va nazorat topshiriqlarni belgilashda asosiy
34
rol bajaruvchi Blum taksonomiyalari haqida kengroq to‗xtalamiz. Blum
taksonomiyalari quyidagi kategoriyalarga ega: bilish, tushunish, foydalanish,
analiz, sintez va baholash. Bu kategoriyalarning har biriga qisqacha to‗xtaymiz.
1. Bilish - bu kategoriya o‗quv materialini eslab qolish va esga tushurishni
anglatadi. Gap har xil shakldagi mazmun haqida borishi mumkin, konkret
faktlardan yahlit nazariyagacha. Bu kategoriyaning umumiy xususiyatiga talluqli
ma‘lumotlarni eslash.
2. Tushunish – o‗rgangan narsaning ahamiyatini tushuna olish qobiliyatining
ko‗rsatkichi bo‗lib, o‗quv materialini bir shakldan boshqa shaklga o‗tkazish,
ko‗chirishga xizmat qilishi mumkin (masalan og‗zaki shakldagi o‗quv materialini
yozma matematik shaklga ko‗chirish).Tushunish ko‗rsatkichi bo‗lib, o‗quvchilar
tomonidan materialni tushuntirish, qisqa izohlash yoki hodisalarni keyinchalik
bo‗lib o‗tishi haqida faraz qilish xizmat qiladi. O‗qitishning bunday natijalari
materialining oddiy eslab qolishdan ustun turadi.
3. Umumiy tushunchalar, qoidalar uslublardan foydalanish. Bu yerga
tushunchalar, qoidalar, uslublar, tamoillar, nazariyalaridan foydalanish kiradi.
O‗qitish natijalari tushunishga nisbatan materialni chuqurroq bilishni talab qiladi.
4. Tahlil (analiz) – butun narsani bo‗laklarga, elementlarga bo‗lish, bo‗laklar
gradatsiyasini (bo‗laklar orasidagi izchillik) , bog‗lanishlarini, o‗rnatish. O‗qitish
natijalari bunda yuqori darajada intelektual harakterga ega bo‗ladi, chunki
materialning ichki mazmunini va to‗zilishini aniqlash talab qiladi.
5. Sintez - yangi strukturaga (to‗zilish) erishish maqsadida elementlar
(bo‗laklardan) butun narsani tuzish. Bunda o‗qitish natijalari ijodiy faoliyatni talab
qiladi.
6. Baholash. Tanlangan maqsadlar asosida materiallar va uslublarni
baholash. Bu kategoriya yuqorida qayd etilgan barcha kategoriyalar bo‗yicha
o‗qitish natijalariga erishishni va shuningdek baholovchi hukm chiqarishni nazarda
tutadi.
35
B.Blum taksonomiyasi o‗quv faoliyatining turli sohalarini kamrab oladi: kognitiv
(bilish), affektiv (hissiy —qadriyatli), psixometod (harakat)li.
1.
Kognitiv soha. Bunga mavjud bilimlarni qayta tafakkurlash,
ularni
o‗zlashtirilgan
harakat
usullari
bilan
chog‗ishtirish,
ya‘ni g‗oyalar tuzish zaruriyatiga tegishli o‗quv maqsadlari
.kiritiladi. Ular o‗qituvchining kundalik faolyyati uchun kerakli hisoblanib, o‗quv
dasturi va darsliklarda o‗z ifodasini topadi.
2.
Affektiv
soha.
Bunga
qiziqish
va
moyilliklarni
shakllantirish,
u
yoki
bu
sezgilar
ta‘sirida
hayajonlanish,
munosabatni
shakllantirish,
uni
faoliyat
davomida
anglash
va
yuzaga chiqarish maqsadlari kiritiladi. Bdshqacha qilib aytganda, obyektiv
borliqqa bo‗lgan hayajonli shaxsiy munosabatlarni shakllantirish maqsadlari – bu
sohaning asosini tashkil etadi.
3. Psixometodli soha. Bunga u yoki bu motorli, manipulyativ faoliyat turlarini,
asab, muskullarni markazlashtirish ko‗nikmalarini shakllantirish bilan bog‗liq
maqsadlar kiritiladi. Misol uchun, mehnat ta‘limi dasturida belgilangan o‗quv
maqsadlari aynan shu sohaga tegishlidir. Blum taksonomiyasi quyidagi to‗rt
prinsip asosida qurilgan:
amaliy: o‗qituvchi — amaliyotchi uchun taksonomiya samarali qurol bo‗lishi;
o‗zida maqsadlar ketma-ketligini)ifodalashi lozim;
psixologik: taksonomiya zamonaviy psixologiya fani yutuqlariga tayanishi lozim;
mantiqiy: taksonomiya mantiqiy tuzilgan va muayyan ichki tuzilmaga ega bo‗lishi
lozim;
- obyektivlik: maqsadlar (iyerarxiyasi) ular qadriyatlari ketma- ketligini
belgilaydi.
Blum taksonomiyasini tasviriy san‘at darslarini tashkil qilishda qo‗llanilishi juda
ham yaxshi samara berishi mumkin, yani kafolatli natijaga erishishga asosiy omil
bo‗lishiga sabab fanning o‗ziga xosligidir. Mashg‗ulot jarayonida ushbu
36
taksonomiya orqali o‗quvchida ijodkorlik, tahlil va sintez qilish, elementlarni
umumlashtirish, tassavurni boyitish kabi xususiyatlarni shakllantiradi.
Pedagogik texnologiya asoslangan o‗quv jarayonini tashkil etishda nazorat
topshiriqlarini tuzish maqsad (o‗quv maqsadi) bilan uzviy bog‗liq holda
o‗tkazilishi lozim. Bunday paytda reja va dars konspektlari (kontrol
topshiriqlardan sung o‗tkazilgan darslar ham) samaraliroq bo‗lgan holda
o‗qitishning maqsad va vazifalari bilan bog‗liq bo‗ladi.
O‗quvchilarning vazifalari haqida o‗qitishning natijalari sifatida o‗ylang.
Shunday qilib, o‗qitishning vazifalaridan kelib chiqqan holda tekshirish va
baholash lozim.
Vazifalarni yanada aniqlash maqsadida quyidagilarni qo‗llang:
- har bir vazifalar guruxini "Dars yakunida o‗quvchilar quyidagilarni bajara
olishlari lozim..."- deb boshlang;
- har bir vazifani nomerlang;
- har bir vazifani quyidagi fe‘llardan boshlang: sanab o‗ting, eslang, so‗zlab
bering, ko‗rsatib bering, tanlang, hisoblang va xokazo;
- har bir vazifalarni o‗quvchi terminida qo‗ying (o‗qituvchi terminida emas);
- har bir vazifa faqat bita natijani ko‗zlasin, ikkita-uchtani emas;
- har bir vazifani shunday qo‗yingki, toki u o‗qituvchining o‗tadigan darsining
bosqichlarini emas, balki "o‗quvchining o‗zini keyinchalik qanday tutishi
kerakligiga ishora qilsin";
- vazifalarni shunday yozingki, uning ishlatilishini mezonlash va qanday qilib
maqsadga erishilganligini aniqlash mumkin bo‗lsin;
- ular buni qila oladilarmi?- degan savol obyektiv baholashda ishlatiladi
(kerakli test topshiriqlarini tuzishda) .
Vazifalar bizlarga o‗quv savollarini, temalarni, bo‗limlarni, predmetni,
nimalarni baholash kerakligini (og‗zaki, yozma yoki test uslubida) aniqlab beradi.
Agar vazifalar aniqlangan bo‗lsa, unda o‗quv natijalarini aniqlash uchun
kontrol topshiriqlar tuzish lozim. Bular og‗zaki, yozma, kontrol savollari yoki test
bo‗lishi mumkin. Test ishlanmalarining ketma-ketligini ko‗ramiz:
37
Uzoq muddatli o‗qitish uchun muljallangan, umumiy ta‘limiy maqsad, ushbu
boshlang‗ich sinflardan ko‗zlangan maqsad (kurs, bo‗lim maqsadi va xokazo)
Avval aytganimizdek, o‗quv maqsadlarini ruyobga chiqarishda fe‘l tanlash
ham katta rol o‗ynaydi. Masalan, og‗zaki va yozma nutq jarayonidagi vazifalarni
bajarish maqsadida quyidagi fe‘llardan foydalanish mumkin: so‗z bilan ifodalab
bermok, yozib olmoq, natijasini chiqarmoq, ta‘kidlamoq, aytmoq, o‗qimoq,
buginlarga bo‗lmoq, hikoya qilmoq va hokazo.
Bilimlar - bog‗lanishlar bo‗lgani uchun, bog‗lanishlar esa o‗rganiladigan yangi
va o‗zlashtirilgan eski orasida tashkil topishi mumkin bo‗lganligidan bu eski
qancha ko‗p va boy bo‗lsa, ya‘ni unda qancha ko‗p bog‗lanishlar ishlab chiqilgan
va o‗rnatilgan bo‗lsa, shuncha ko‗p yangi bog‗lanishlar o‗rnatish mumkin va
egallangan yangi bilim shuncha boy bo‗ladi. Bilim sifati karalayetgan xodisalar
o‗rtasida o‗rnatiladigan bog‗lanishlar soni bilan, ya‘ni ular o‗zaro ta‘sirini
tushunish kengligi bilan aniqlanadi. Bog‗lanishlar bo‗lmasa, demak bilimlar ham
yuk, biz o‗rganiladiganni yeddan esda koldiradigan bo‗lsak ham. Yangining eski
bilan, yangining elementlari orasida boy bog‗lanishlar o‗rnatildimi, demak,
qimmatbaho, boy bilimlar egallandi.
Bog‗lanishlar maksimal tashkil topishi uchun pedagogik texnologiyaning
quyidagi qoidalari yo‗naltirilgan:
- Ekvivalent amaliyot qoidasi: o‗qitish shart-sharoitlarida o‗quvchilarning
kutiladigan harakatlari test o‗tkazish yoki imtixon vaqtida kutiladigan harakatlarga
to‗la mos keladi.
- Analogik amaliyot qoidasi: o‗quvchilar so‗nggi fe‘l-atvor bilan bir xil
bo‗lmagan, ammo o‗xshash fe‘l-atvor aktlarida mashq qilish imkoniyatiga ega.
- "Natijalarni bilish" qoidasi: o‗quvchiga har bir xizmatining natijasini zudlik
bilan xabar qilish; bu prinsip joriy baholash asosida yetadi (o‗qitishda teskari
bog‗lanish prinsipi).
-
Pedagog
tomonidan
ijobiy
mustaxkamlovchi
reaksiyalar
qoidasi:
o‗quvchining harakatiga reaksiya ma‘kul harakatlarni mustaxkamlashi zarur;
noto‗g‗ri harakatlar uchun tanbex berilmaydi, balki konstruktiv, istakli tarzda
38
sharxlanadi (masalan, "yana bir marta ifodalashga urinib kur" yoki "senga bo‗lim
mazmunini yana bir marta ishlab chiqish kerak").
Mazkur qoidalarning bir ma‘noli tabiati o‗qitishning reproduktiv tabiatini
ifodalaydi.
Programmali o‗qitish chegarasida o‗quv jarayonini pedagogik texnologiya
asosida joriy etishda qator prinsiplar mavjud. Ularning muhimlariga quyidagilar
kiradi:
- kichik qadamlar. Bu prinsipga ko‗ra o‗quv materialini mumkin bo‗lgan kichik
kismlarga (kadamlarga) bo‗lish maqsadga muvofik;
-
javobni darrov tasdiqlash. O‗quvchi to‗g‗ri javob berganligi
(yechganligi)xaqidagi ma‘lumotni olish imkoniyatiga ega bo‗lishi kerak.Buning
uchun u o‗zining javobini to‗g‗ri javob bilan taqqoslashi kerak;
- o‗qitish sur‘atini individuallashtirish;
- murakkablikning asta-syokin ortishi;
- bilimlarni differensial mustaxkamlash: o‗qitish kadamini har bir
mumlashtirishni turli mazmunli kontekstlarda takrorlash va yetarli mikdorda puxta
tanlangan misollar misollar yordamida izoxlash zarur.
Sanab o‗tilgan qoidalar va prinsiplar maqsadlarga erishish usullari
elementlaridan iboratdir.
O‗quv maqsadlariga erishish uchun o‗qitishning turli modellari, shu jumladan,
an‘anaviy modellari ham kullanilishi mumkin. Konkret shart-sharoitlarning har bir
tipi o‗qitishning optimal modelini tanlashning qandaydir formal mezonlarning o‗zi
umuman mavjud emas - bugun bu to‗la vakolatlilik, tajriba, soglom fikr,
o‗qituvchining sezgisi masalasidir. Pedagogik texnologiyalarning asosi-o‗qitish
natijalarini diagnostik va operatsional ifodalangan maqsadlar sifatida rejalashtirish
va tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonining natijaliligini uzluksiz diagnostika
qilish. Aniq qo‗yilgan erishiladigan maqsadlar har bir vaqtda berilgani shart-
sharoitlarda pedagogik xazinadan mos metodlarni, shakllarni, usullar va ularga
erishish vositalarini tanlab olishga imkon beradi.
39
Tadqiqotimiz tahlillari shuni ko‗rsatdi-ki kasb-hunar maktablari
o‗quvchilarining bilim olishlari o‗ziga hos hususiyatga ega. Bu borada
prezidentimiz Islom Karimovning O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX
sessiyasida so‗zlagan nutqida quyidagicha izohlagan: ―Mazkur o‗quv yurtlari
zamonaviy jihozlanganligi, o‗qituvchi-pedagoglar saviyasi, o‗qish jarayonining
tashkil etilishi va o‗quvchi kamida 2-3 zamonaviy kasb-hunar bera olishi bilan
oldingi PTU lardan tubdan farq qilishi kerak:...‖ Yuqoridagi fikrlarga qo‗shilgan
xolda, pedagogik kolejlarda ta‘limni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil
etish o‗ziga xos ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
Qo‗yilgan ilmiy farazlardan kelib chiqib, ta‘lim va tarbiya texnologiyasini
yaratishda shaxs tuzilmasi va uning rivojlanish dasturini ishlab chiqishdek
(onaning homiladorlik davridan boshlab 20-25 yoshgacha bo‗lgan davrini qamrab
oluvchi) dolzarb vazifa kun tartibiga qo‗yiladi. Ushbu vazifaning yechimida
tarbiya texnologiyasi asosida ta‘lim texnologiyasini takomillashtirish konsepsiyasi
yaratiladi. Ana shunda Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining sifat bosqichi
talablari va istiqboliy yo‗nalishlari ilmiy-amaliy asosda o‗z yechimiga ega bo‗lib
boradi.
Jumladan, hozirgi bosqichda tarbiya va ta‘lim mazmunini erkinlashtirish
bilan bog‗liq qiyinchiliklarning eng asosiysi, bu pedagogik g‗oyalar va ilmiy-
amaliy tavsiyalarni hayotga tatbiq etilmayotganligidandir.
O‗quv jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalarlar asosida tashkil
etishda umumta‘lim maktabi o‗quvchi shaxsi kasbiy sifatlarining shakllanishini
ham talab qiladi. O‗qituvchilik kasbida uchrashi mumkin bo‗lgan har qanday
qiyinchiliklarni yengib o‗tishga o‗zini bag‗ishlaydi. Bunday kasb egalari fidoyi
bo‗lishadi. Fidoyi inson iymonli, e‘tiqodli bo‗ladi. O‗z yurtini, ona-diyorini dildan
yaxshi ko‗radi. Tadqiqot ishi jarayonida kasbiy sifatlarning o‗zaro uyg‗unligi
aniqlandi. Kasbini ardoqlagan, bilimdon insonlar, albatta, madaniyatli bo‗ladi.
Kasbiy sifatlar tizimida shaxsning bilimdonligiga alohida e‘tibor berildi.
Shunday bo‗lsa-da, ilmiy tahlillardan shu narsa ma‘lum bo‗ldiki, kasbiy
sifatlarda hal qiluvchi fazilatlar bolajonlik, bola shaxsini hurmat qilish, o‗z kasbini
40
dildan sevish, shirinsuxan va samimiy bo‗lishdir. Bilimdonlik ulardan keyingi
o‗rindaligi alohida e‘tiborni tortadi. Bilimdon bo‗la turib, o‗z kasbini sevmaslik va
uni ardoqlamaslik-madaniyatsizlikning ko‗rinishidan o‗zga narsa emas. Kasbga
bo‗lgan munosabatida, ko‗rib o‗tilganidek, bunday shaxslar o‗qituvchilik kasbini
shunchaki ma‘lumot olish uchun (tadqiqot jarayonida 29 foizni tashkil etgan)
tanlashadi. Ularda o‗z faoliyatiga to‗g‗ri munosabatda bo‗lish, vaqtdan unumli
foydalanib o‗z ustida ishlash, o‗qish va o‗rganishga ijodiy yondashish rejasi
бўлмайди.
2-jadval
Umumta‘lim maktabi o‗quvchilarining tasviriy san‘atni o‗qitish jarayonida
faoliyatini baholash mezonlari ( 100ta maktab o‗quvchisi )
t/r
Faoliyat turlari
Baho
mezonlari
%
1.
Ijodkorligi ko‗zga tashlanmaydi
Ijodkorlik faqat oilasida namoyon bo‗ladi
Sinfdoshlari bilan bo‗lgan munosabatida
Har doim
Past
O‗rtacha
yuqori
a‘lo
9
38
41
12
2.
Bilim olishda faolligi ko‗zga tashlanmaydi
Faqat oilasida
Sinfdoshlari bilan bo‗lgan hamkorlik faoliyatida
Har doim
Past
O‗rtacha
Yuqori
A‘lo
10
25
49
16
3.
Suhbatdoshini bilan munozaraga kirisha olishi ko‗zga
tashlanmaydi
Faqat oilasida
Sinfdoshlari bilan bo‗lgan munosabatida
Har doim
Past
O‗rtacha
Yuqori
A‘lo
11
21
35
33
4.
Bilimdonligi va o‗z fikrini himoya eta olishi ko‗zga
tashlanmaydi
Faqat oilasida
Sinfdoshlari bilan hamkorlik faoliyatida
Past
O‗rtacha
Yuqori
17
31
34
41
Har doim
A‘lo
18
5.
Kasbiy o‗z-o‗zini boshqara olishi va o‗z-o‗zini tahlil
eta olishi ko‗zga tashlanmaydi
Faqat oilasida
Sinfdoshlari bilan hamkorlik faoliyatida
Har doim
Past
O‗rtacha
yuqori
a‘lo
19
35
32
14
6.
O‗z-o‗ziga talabchan va ijodkor bo‗lishi
Ko‗zga tashlanmaydi
Faqat oilasida
Sinfdoshlari bilan hamkorlik faoliyatida
Har doim
Past
O‗rtacha
yuqori
a‘lo
27
30
36
7
Pedagogik kuzatuv, suhbat va anketa so‗rovi metodlari orqali
kommunikativ tarbiyaga xos sifatlarni shartli ravishda baholash jadvali ishlab
chiqildi. Quyidagi jadval asosida keltirilgan baholash mezonlari orqali
o‗quvchilarning ijodkorlik sifatlarini aniqlab borish mumkin ( 2-jadval).
Ushbu jadval orqali har bir o‗quvchining ijodkorlik faoliyatiga differensial
yondashish mumkin. Maktab o‗quvchisining tasviriy san‘atga qiziqishi,
mas‘uliyatining rivojlanishi, suhbatlar va bahs-munozaralar jarayonida muloqot
madaniyatining shakllanishi jamoada, ayniqsa, o‗zaro paydo bo‗layotgan
ziddiyatlarni bartaraf etishga va shaxslararo munosabatlarning sog‗lom hamda
demokratik asosda o‗tishiga olib keladi.
Yuqoridagi jadvaldan hamda tadqiqot tahlillaridan ko‗rinib turibdiki,
tasviriy san‘at darslarini samarali joriy etishning ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini
ishlab chiqish, ilgari surilayotgan g‗oyalarning hayotiyligini uzluksiz ta‘lim
tizimining barcha bo‗g‗inlariga tatbiq etish muhim dolzarb muammo hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |