28
II-bob. Tasviriy san‟at darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
etishda pedagog mahoratining amaliy ahamiyati.
2.1. Ta‟lim jarayoni samaradorligini oshirishda ta‟limni texnologik tashkil
etishda o„qituvchi mahoratining didaktik imkoniyatlari.
Pedagogik texnika o‗qituvchi faoliyatining ichki mohiyati bilan tashqi
ko‗rinishini birlashtiruvchi vositadir.
Boshqacha qilib aytganda, o‗quvchi bilan muloqotda bo‗lishning usullari va
vositalarining yig‗indisidir. Bo‗lar o‗qituvchiga murakkab va nozik pedagogik
vazifalarni hal qilish imkonini beradi.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlarini 2 guruhga bo‗lish mumkin:
1-guruhga pedagogning uz xulqini boshqarishi kiradi. Unga tanani
boshqarish (mimikava pantomimika), hissiyot va kayfiyatni boshqarish
(asabiylashmasliq yaxshi kayfiyat hosil qilish), ijtimoiy-ruhiy qobiliyatlar (dikkat,
kuzatuvchanliq xayol), gapirish texnikasi (nafas olish, ovozni yokimli qilish,
talaffuz, tovush (tempi) tezligi) misol bo‗ladi.
2-guruhga ayrim shaxs va jamoaga ta‘sir etish uquvi kiradi. Ta‘lim-tarbiya
jarayonining texnologiyasi vazifasini bajaradi. Bunda didaktik va tarbiyaviy,
tashkiliy va konstruktiv, talabchanlik va muloqotga kirishish madaniyati, jamoa
ijodiy ishlarini tashkil qilish va boshqalarga e‘tibor qaratiladi.
Bu mahorat pedagogning kasbiy jihatdan o‗z-o‗zini nazorat qilishini
ta‘minlaydi, ko‗p yillar davomida sog‗lom asab tizimini saqlab kolish, asabiy
buzilishlardan, hissiy va akliy zuriqishlardan o‗zini tiyishda yordam
beradi.samarali pedagogik o‗zaro ta‘sir ko‗rsatishni tashkil etish uchun o‗qituvchi
aktyorlik va rejissorlik mahorati tarkibiy qismlarini egallashi zarur. Ular
o‗qituvchiga bolalar bilan muomala qilishda tarbiya-lanuvchilarning aql-
idrokigagina emas, balki ularning hissiy tuyg‗ulariga ham ta‘sir ko‗rsatish, ularga
olamga hissiy munosabatda bo‗lish tajribasini ancha to‗liq bera bilishga
yordamlashadi. Shunday qilib, o‗qituvchining pedagogik texnikasi – bu shunday
malakalar yig‗indisidurki, u pedagogga tarbiya-lanuvchilar ko‗rib va eshitib turgan
narsalar orqali ularga uz fikrlarini va kalbini yetkazish imkonini beradi.
29
Bolalar bilan bevosita muloqot qilishda pedagogning xuddi mana shu
malakalari uning xulq-atvorida namoyon bo‗ladi.
Rivojlangan pedagogik texnika o‗qituvchiga o‗zini pedagogik faoliyatda
chuqurrok va yaqqolrok ko‗rsatish, bolalar bilan muomala qilganda uz
shaxsiyatidagi kasbiy jihatdan barcha yaxshi, ahamiyatli narsalarni ochib berishga
yordamlashadi. Mukammal pedagogik texnika pedagogning vaqti va kuchlarini
ijodiy ishi uchun bo‗shatib beradi, o‗zaro pedagogik ta‘sir ko‗rsatish jarayonida
bolalar bilan muomala qilishda zarur so‗zni topish yoki muvaffaqiyatli chiqmagan
gap ohangini tushuntirishga uz fikrini chalg‗itmaslik imkonini beradi. Pedagogik
texnikani egallab olgan o‗qituvchi ovozi bo‗g‗ilganidan yoki o‗zining ishi bilan
bog‗liq bo‗lmagan qandaydir kechinmalarni unitishni bilmasligidan azoblanib
yurmaydi. Demak, pedagogik texnikani egallash o‗qituvchining uz kasb
faoliyatidan qanoatlanish darajasining o‗sishiga olib keladi.
Pedagogik texnika malakalarini bir butun tarzda qarab chiqish zarur. Avvalo
pedagogik texnikaning hamma uchun umumiy bo‗lgan malakalarni tadbiq etish
sohasini, pedagogning bolalar bilan bevosita muomalasini kayd qilish zarur.
Rivojlangan pedagogik texnika o‗qituvchiga o‗quvchilar bilan muomala
qilganda zarur so‗z, gap ohangi, qarash, imo-ishorani tez va aniq topish, eng utkir
va kutilmagan pedagogik vaziyatlarda osoyishtalikni va aniq fikr yuritish, tahlil
qilish qobiliyatini saqlab kolish imkonini beradi. Bundan tashqari, haqikiy
pedagogik ta‘sir ko‗rsatishda o‗qituvchining pedagogik texnika sohasidagi barcha
malakalari bir vaqtda namoyon bo‗ladi. Nutq imo-ishora, mimika, harakat bilan
birga sodir bo‗ladi. Uzluksiz o‗zini tuta bilish ta‘sirchan vositalarni tanlashga,
muvaffaqiyatli ravishda tuzatish kiritib borish imkonini beradi.
Pedagogik texnika malakalarining boshqa muhim xususiyati shundan
iboratki, ularning hammasi aniq ifodalangan, aynan o‗ziga xos tarzda bo‗ladi.
YA‘ni pedagogning ruhiy fiziologik xususiyatlari asosida tarkib topadi. Har bir
o‗qituvchiga xos bo‗lgan pedagogik texnika pedagogning yoshi, jinsi, mijozi, fe‘l-
atvori, sihat-salomatligi, anatomik fiziologik xususiyatlariga bog‗liq bo‗ladi.
Pedagogik texnika malakalari o‗qituvchining o‗ziga xos shaxsiy xususiyatlari bilan
30
chambarchas bog‗liqligi, faqat bu malakalarning individual tusda bo‗lishligi emas,
balki ularning shakllanishi va rivojlanishi, pedagog shaxsiga ta‘sir ko‗rsatishda
namoyon bo‗ladi. Yuqorida aytib o‗tilganidek, pedagogik texnika malakalari
vaziyatga bog‗liq ravishda, pedagogning xulq atvorida ayni bir vaqtda namoyon
bo‗ladi. Shu ma‘noda gapirganda, bu malakalarni egallash o‗qituvchining
pedagogik jihatdan maqsadga muvofik xulq-atvorini tashkil etish vositalaridan biri
sifatida qaralishi mumkin.
Pedagogik texnika shakllanishi shaxsning unchalik paykab bo‗lmas sifatlariga
ham rivojlantiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Chunonchi, nutqning ifodali, savodli, sof
bo‗lishi ustida ishlash fikrlashning ravon bo‗lishiga ta‘sir qiladi.psixik faoliyatni
mustaqil tartibga solish usullarini egallash fe‘l-atvorda bo‗lgan hissiy
vazminlikning rivojlanishiga olib keladi.
Pedagogik texnikaning xususiyatlaridan yana biri shuki, pedagogik ta‘sir
ko‗rsatishdagi malakalar orqali pedagogning ma‘naviy va estetik nuqtai nazarlari
tarbiyalanuvchilarga yetib boradi. Pedagogik texnika malakalarining shakllanishi
ma‘lum darajada pedagogning umumiy madaniyat ko‗rsatgichini, ya‘ni shaxsning
pedagogik imkoniyatlarini aks ettiradi deyilsa to‗g‗ri bo‗ladi. Agar pedagogning
nutqi kashshok va tartibsiz bo‗lsa, agar u bo‗lar-bo‗lmas sabablar bilan uz
hissiyotlariga erk bersa, didi past, estetik jihatdan kashshok bo‗lsa, u holda eng
to‗g‗ri so‗zlar ham, eng «kerakli» tadbirlar ham tarbiyalanuvchilarning aql-
idrokiga, ma‘naviy dunyosiga, hissiyotiga foydali ta‘sirqil-maydi. O‗quv
jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy texnologik jihati-o‗quv
jarayonining so‗nggi natijalariga yo‗naltirilganligini kuzatish mumkin.
Umumiy ko‗rinishda pedagogik texnologiya tarkibiga quyidagilar kiradi:
identifikatsiyalashgan o‗quv maqsadlarini ishlab chiqish; o‗quv maqsadlari
(barchasini qamrab oluvchi tasnif) taksonomiyasi; o‗quv maqsadlarini nazorat
(test) topshiriqlariga aylantirish; maqsadga erishish usullari (o‗z ichiga bir necha
qoida va prinsiplarni oladi); erishilgan o‗quv maqsadlarini baholash.
Bu tarkibiy kismlarning har biri optimallashtirilgan pedagogik operatsiyalar
tizimini tashkil etadi.
31
Endi tasviriy san‘atni o‗qitishda maqsad kuyishning ahamiyatini ko‗rib chiqamiz.
Pedagogik texnalogiya so‗z birikmasi asosida "Texnologiya", "Texnologik
jarayon" tushunchalari yotadi. Bu sanoatda texnik hujjatlar belgilanadigan va aniq
natijaga erishishga karatilgan operatsiyalar tizimini anglatadi, pedagogikada esa -
o‗quv predmeti bo‗yicha metodik ishlanmalar majmui deb yuritiladi.
Pedagogik texnologiyani tushunish asosiy yo‗li aniq belgilangan
maqsadlarga karatilganlik, ta‘lim oluvchi bilan muntazam o‗zaro aloqani
o‗rnatishdir. O‗zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib o‗quv
jarayonini to‗liq qamrab olishi kerak.
Pedagog odatda o‗z oldiga o‗quvchilar o‗quv materialining mazmunini
tushunib, o‗zlashtirib olishsin, ma‘lum bilimlarni egallab, amaliyotda qo‗llashga
o‗rgansin degan maqsadni kuyadi. Lekin, o‗zlashtirish, tushunish, qo‗llash nimani
anglatadi?
Pedagog o‗z oldiga quygan maqsadga erishganligini qanday biladi?
Pedagogik maqsadlarga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq
vositalari bo‗lgandagina, pedagog o‗zining mexnati samarali ekanligiga va
tanlagan uslublari maqsadga muvofikligiga yoki aksincha samarasiz ekanligiga
ishonch xosil qilishi mumkin. Odatdagi o‗qitish uslubini tadqiq qilishda
pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu narsani nazarda tutishgan edi.
Ma‘lumki, pedagog jamiyatdan buyurtmani umumiy kurinishda oladi. Xattoki,
o‗quv dasturlarida belgilangan maqsadlar ham bir nechta tushuntirishlar bilan
cheklangan. Bu yerda maqsadlarni aniqlashtirishning o‗ziga xos pillapoyasini
tuzish mumkin: jamiyatning umumiy talablaridan-ta‘lim tizimi vazifa-lariga,
ulardan - ma‘lum o‗quv yurti, o‗quv predmeti, uning tematik bo‗limlari va alohida
o‗quv masalalariga ega.
Endi maqsadlarni to‗g‗ri qo‗yilishi, maqsadlarni ta‘lim mazmuni va uni
o‗zlashtirish natijalari bilan bog‗lanishi bundagi nazorat topshiriqlarini tayyorlash
darajasini mukammal egallash maqsadida o‗qituvchilar pedagogik texnologiyalar
asosida ma‘ruza matnlari ko‗rinishidagi metodik ishlanmalar tayyorlash maqsadga
muvofiqdir.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |