Sultanova Gulshan Shukurillo qizi


O„quv jarayonini texnologik tashkil etish yuzasidan  o„tkazilgan tajriba-



Download 439,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana25.09.2021
Hajmi439,87 Kb.
#185204
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
oquvchilarga tasviriy sanatni oqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish

2.2. O„quv jarayonini texnologik tashkil etish yuzasidan  o„tkazilgan tajriba- 

      sinov ishlarining mazmuni va uning natijalarini tahlili. 

  

 

Умумтаълим  мактаби  таълим  тарбия  жараѐнинг  бош  мақсади  жамият, 



замон талабидан келиб чиқишдир. 

замонавий  педагогик  технологиялар  асосида  таълимни  ташкил  этиш  

ўқувчининг  билимдонлиги,  топқирлиги  ҳамда  ҳозиржавоблигида  яққол 

намоѐн  бўлди.  Бунда  ҳаяжонланмай,  иккиланмай  ва  шошилмай  эркин 

фикрини айта олишга асосий эътибор қаратилди. Ўқувчининг қобилиятлари 

кўрсаткичи  ўнта  бир-бири  билан  боғлиқ  бўлган  энг  муҳим  сифатларда 

умумлаштирилди. Жадвалда ўз ифодасини топган қобилият кўрсатгичларига 

мутлақо сўнгги нуқтани қўйиб бўлмайди. 

                                                                                3-жадвал 

      r 



Qobiliyat ko‗rsatgichlari 

O‗sib 


borish 

dinamikasini 

ta‘min etuvchi omillar 



1. 


Bilimdonlik  

Qo‗shimcha  darslar,  to‗garak 

ishlari, 

mustaqil 

ravishda 

bajariladigan  ishlar,  pedagogik 

amaliyotlar, 

noan‘anaviy 

darslar, tadbirlar (uchrashuvlar, 

bahs-munozaralar, 

turli 

xil 


o‗yinlar),  adabiyotlar  bilan 

ishlash,  tadqiqot  ishlarida  faol 

qatnashish  (bitiruv-malakaviy 

ishlar, 


ilmiy 

maqola 


va 

2. 


Topqirlik va hozir-javoblik 

3. 


O‗zini erkin tutish 

4. 


O‗z fikriga ega bo‗lish  

5. 


Ijodkorlik  

6. 


Kasb  sirlari  va  uning  o‗ziga 

xos 


xususiyatlarini 

yaxshi 


bilish 

7. 


Muloqot  madaniyatiga  amal 

qila olish 




 

50 


8. 

O‗z  hissiyotini  tasvirga  tushira 

olish 

risolalar 



tayyorlash) 

va 


boshqalar. 

9. 


Muayyan  asarni  yarata  olish 

(rassomlik) 

10. 

Kompozitsiyalar, 



eskizlar 

haqida 


tushunchaga 

ega 


bo‗lishi 

 

Ammo  o‗qituvchilik  kasbini  tanlagan  o‗quvchi  yoshlar  va  o‗quvchilar 



faoliyatida  eng  asosiy  ko‗rsatkichlar,  yuqorida  ta‘kidlanganidek,  o‗nta  bo‗lib, 

bo‗lajak  o‗qituvchining  kasbning  o‗ziga  xos  sifatlarini  nechog‗lik  bilishi  bilan 

birga, o‗ziga xos xususiyatlarni ham o‗ziga singdirib borishiga bog‗liq. Bular o‗z 

ichida  hatto  aktyorlik,  rejissorlik  qobiliyatiga  ega  bo‗lishni  ham  talab  etadi. 

O‗quvchining  qobiliyati o‗sib hamda rivojlanib borish xarakteriga ega.  

Bu  jarayon  o‗qituvchining  kasb  mahorati,  tajribasi  bilan  uzviy  bog‗liq 

bo‗lib,  o‗qituvchi    islohotlar  obyekti  va  subyekti  darajasida  faoliyat  ko‗rsatishi 

lozim. Ana shunday munosabatning ijtimoiy mohiyati rivojlanish imkoniyatiga ega 

bo‗ladi.  Bu  borada  cheklanish  va  bir  tomonlama  yondashuvlar  hamda  kasbiy 

muvaffaqiyatsizlik holatlarining oldi olingan bo‗ladi. 

Uzluksiz  ta‘lim  tizimining  shakllanishi  o‗z-o‗zidan  kadrlar  tayyorlash 

jarayonining  yangicha  mazmun  kasb  etishini  ta‘minlaydi.  Barkamol  shaxs  va 

malakali  mutaxassisni  tayyorlashga  yunaltirilgan  uzluksiz  ta‘lim  (shu  jumladan, 

tarbiya) jarayonining yangi  mazmuni mazkur jarayonga ilm-fan, texnika va ishlab 

chiqarish  soxalarida  yaratilgan  ilg‗or  g‗oya,  kashfiyot  va  yutuqlarning  tatbiq 

etilishi,  ushbu  jarayonda  demokratik,  insonparvarlik  tamoyillarining  ustivor  urin 

tutishi,  ta‘lim  va  tarbiya  jarayonini  insonparvarlashtirish  (ya‘ni,  ta‘lim-tarbiya 

jarayonining asosiy subyektlaridan biri bulgan o‗quvchi – ta‘lim oluvchi shaxsning 

xurmat  kilinishi,  uning  sha‘ni,  or-nomusi,  qadr-qimmati  va  xukuklari 

daxlsizligining ta‘minlanishi), ta‘lim oluvchi(o‗quvchi)ning pedagogik jarayondagi 

faol  ishtirokini  yuzaga  keltirish  uchun  muayyan  shart-sharoitlarni  yaratish, 



 

51 


ularning  xoxish-istaklari  bilan  urtoklashish,  shaxsiy  tashabbuslarni  kullab-

kuvvatlash, ularda mustaqil fikr yuritish layokatini tarbiyalash, bu borada muayyan 

ko‗nikma xosil qilish, xosil qilingan ko‗nikmaning faoliyat malakasiga aylanishiga 

ragbat bildirish, o‗quv manbalari (DTS, o‗quv dasturi, o‗quv rejasi, o‗quv darsligi, 

o‗quv  qo‗llanmalari  va  ko‗rsatmali  vositalar)  mazmunida  yuqorida  kayd  etilgan 

g‗oyalarning  urin  olishiga  erishish,  ta‘lim  oluvchi  (o‗quvchi)larda  bilim  olishga 

nisbatan  ichki  extiyoj,  kizikish,  ragbatni  yuzaga  keltirish,  shuningdek,  ongli 

munosabatni karor toptirish va xakozolar asosida yaratiladi. 

Malakali  kadrlarni  tayyorlash  jarayoniga  nisbatan  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalar  ushbu  jarayonning  samaradorligini  ta‘minlashga  olib  keladi.  Shu 

bois  so‗nggi  10  yil maboynida  ta‘lim  tizimida  zamonaviy  pedagogik texnologiya 

lardan samarali foydalanish masalasiga respublika miqyosida aloxida e‘tibor berib 

kelinmokda.  Ta‘lim  muassasalarining  faoliyat  jarayoniga  zamonaviy  pedagogik 

texnologiya  larni  tatbiq  etish  bir  qator  shartlarga  muvofik  amalga  oshiriladi. 

Xususan, bo‗lajak yoki ayni vaqtda pedagogik faoliyat tashkil etayotgan o‗qituvchi 

(pedagog,tarbiyachi)larni zamonaviy pedagogik texnologiya ning moxiyatini ochib 

beruvchi nazariy ma‘lumotlardan xabardor etish; 

-  bo‗lajak  yoki  ayni  vaqtda  pedagogik  faoliyat  olib  borayotgan  o‗qituvchi 

(pedagog,  tarbiyachi)larni  zamonaviy  pedagogik  texnologiya    xamda  uning 

umumiy  moxiyati  xususida  to‗laqonli  ma‘lumot  bera  olish  imkoniga  ega  bulgan 

o‗quv  manbalari  (o‗quv  darsligi,  qo‗llanma,  metodik  tavsiyanoma,  shuningdek, 

muayyan  o‗quv  fanlari  buyicha  mashgulot  loyixalari  va  xakozolar)  bilan  yetarli 

darajada ta‘minlash;       

-  ta‘lim  muassasalari faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiya larni qo‗llash 

borasida  to‗plangan  yetakchi  xorijiy  mamlakatlar,  shu  jumladan  maxalliy 

pedagoglarning ilg‗or tajribalarini ommalashtirish; 

-  bo‗lajak  yoki  ayni  vaqtda  pedagogik  faoliyat  olib  borayotgan  o‗qituvchi 

(pedagog,  tarbiyachi)larda  tasviriy  san‘atni  o‗qitishda  zamonaviy  pedagogik 

texnologiya    nazariyasi  g‗oyalaridan  samarali  o‗rinli  va  maqsadga  muvofik 

foydalana  olish  ko‗nikmasini  xosil  qilish,  ushbu  ko‗nikmani  amaliy  faoliyat 




 

52 


malakasiga  aylantirish  uchun  zarur  shart-sharoit  yaratish  (chunonchi,  nazariy  va 

amaliy konferensiya, seminar va davra suxbatlari, maxsus o‗quv kurslarini tashkil 

etish,  pedagog  xodimlarning  rivojlangan  mamlakatlarda  tajriba  orttirishlarini 

yo‗lga qo‗yish . 

O‗quvchi  kichik  guruhlarda,  yakka  tartibda,  mustaqil  va  guruh  holida 

mavzuni  o‗rganadi.  O‗qituvchi  hamkorligida  o‗zlashtirish  darajalari  aniqlanadi. 

Har  bir  o‗quvchi  o‗z  qiziqishi,  qobiliyati  va  imkoniyatiga  mos  o‗zlashtirishga 

erishishi bilan bir qatorda, olgan bilimlarini amalda tatbiq etib boradi. 

Ta‘limning  noan‘anaviy  shakllari,  interfaol  metodlaridan  unumli 

foydalaniladi.Bu,  o‗z  navbatida,  o‗quvchilarni  ijodiy  fikrlashga  ijodiy  tafakkurini 

shakllanishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.   

Maktab qoshida tashkil etilgan to‗garaklar kichik maktabga birlashtirilgan 

bo‗lib, o‗z tarkibiga uzluksiz ta‘lim tizimi bo‗yicha maktab o‗quvchilari, akademik 

litsey  va  kasb  hunar  maktablari  o‗quvchilarini  biriktirgan.  Maktabning 

to‗garaklardan afzalligi shundaki, unda mashg‗ulotlar noan‘anaviy yo‗sinda: bahs-

munozara,  didaktik  va  rolli  o‗yinlar  hamda  noan‘anaviy  tarbiya  darslari 

ko‗rinishida  amalga  oshiriladi.  Bu  yerda  o‗quvchiga  ijodkorlik,  rassomchilik  

qobiliyatlarini namoyon eta olishi uchun to‗liq shart-sharoit hamda erkinlik yaratib 

berilgan. 

Tadqiqot  natijalaridan  shu  narsa  ma‘lum  bo‗ldiki,  umumta‘lim  maktabi 

o‗quvchilarini  tasviriy  san‘at  darslariga  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarga 

tayyorlash sohasida olib borilgan tadqiqotlar bir necha bosqichdan iborat bo‗ldi. 

Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va tadqiqotimiz farazining to‗g‗riligini 

aniqlash  maqsadida  biz  avval  tanlangan  muammoning  tashxisini  aniqlashga 

kirishdik. 

Tasviriy  san‘atni  o‗qitishda  o‗quv  jarayonini  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalar asosida tashkil etilsagina  samarali bo‗lishi aniqlandi. 

Ana  shu  xulosadan  kelib  chiqqan  xolda  tashxisni  aniqlash  uchun 

quyidagi uchta asosiy tadqiqotni o‗tkazdik: 



 

53 


1)  tasviriy  san‘at  darslariga  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarda 

ta‘lim texnologiyasining o‗rni 

2)  tasviriy  san‘at  darslariga  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarda 

tarbiya texnologiyasining o‗rni mohir o‗qituvchilar ijodiy faoliyatlarining asosiy 

motivlari va ularning bitiruvchi guruhlarda shakllanish darajasini

3)  tasviriy  san‘at  darslariga  qo‗llaniladigan  pedagogik  texnologiyalarda 

kompyuter grafikasining o‗rni 

Biz  tasviriy  san‘atni  o‗qitishda  o‗quv  jarayonini  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalar asosida tashkil etishining o‗ziga xos xususiyatlarini tajriba sinov 

ishlarimizning  samarali  natijalarini  chuqur  tahlil  etish  maqsadida  tadqiqotlar 

o‗tkazdik.  Bu  tadqiqotlar  natijasi  tajriba-sinov  ishlarini  tashkil  etishimizda 

muhim ahamiyat kasb etdi. 

Bu  borada  o‗qituvchining  faoliyati  va  o‗quvchilarning  shu  o‗qituvchiga 

bergan  baholari  solishtirildi  hamda  uning    faoliyati  har  tomonlama  o‗rganildi. 

Tadqiqotni  tahlil  qilish  maqsadida  o‗qituvchining  ta‘limni  texnologik  tashkil 

etish o‗quvchilarning uning darsi haqidagi tasavvurlari bilan solishtirildi. 

Tadqiqot natijasida ta‘limni texnologik tashkil etish asosida ma‘lum natijaga 

erishgan  o‗qituvchilar  faoliyatidagi    qirralar  tajribali  o‗qituvchilarnikidan 

samaradorligi  haqidagi  savolga  javob  olish  maqsadida  tahlil  o‗tkazdik.  Buning 

uchun  o‗qituvchi  sifatlarini  ko‗rsatuvchi  maxsus  varaqani  o‗qituvchilarga 

tarqatib, ulardan o‗qituvchilariga baho berish so‗raldi.  

O‗quvchilar bergan baholarning har bir parametr bo‗yicha o‗rtacha darajasi 

aniqlandi.  Xuddi  shu  varaqa  o‗qituvchiga  berilib,  unga  o‗quvchilar  nuktai 

nazarida  o‗ziga  baho  berish  so‗raldi.  Shundan  keyin  o‗quvchilarning  baholari 

bilan  solishtirildi.  Bunda  mohir  o‗qituvchi  va  tajribali  o‗qituvchi  faoliyati  tahlil 

qilindi.  Natijada  ikkala  guruh  o‗qituvchilari  perseptiv  parametrlari  aksariyat 

o‗xshashligi  namoyon  bo‗ldi.  Lekin  aynan  bir  xil  parametrlar  ikki  toifa 

o‗qituvchilar idroki orasida farq borligini ko‗rsatdi. Ular quyidagilar: 

• darsni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etadi: 

• darsda o‗quvchi va o‗quvchilarning aniq maqsadi quyilgan; 




 

54 


• o‗quvchilarni yaxshi biladi; 

• dars kafolatlangan natijaga ega;   

• darsda ilg‗or interfaol metod va vositalardan qo‗llanildi: 

•  Darsda  o‗quvchi-o‗qituvchi,  o‗quvchi-uquvchi  orasida  faol  munosabat 

bor. 

Keltirilgan  manbalarning  umumiy  tahlili  asosida  o‗qituvchilar 



faoliyatidagi  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  sirlari,  ya‘ni  o‗qituvchining 

pedagogik  jarayonni  yaxshi  tushunishi  va  tahlil  eta  olishi,  o‗z  faoliyatiga 

tanqidiy  baho  berishi,  pedagogik  tehnologiyadan  foydalana  olishi  eng  muhim 

asos  ekanligini  va  ta‘limni  texnologik  tashkil  etishda  o‗qituvchi-o‗quvchi, 

o‗quvchi-o‗quvchilarning faolligi zarurligini ko‗rsatdik. 

Tadqiqot  ishlarini  tashkil  etishda  umumta‘lim  maktabi  o‗quvchilari 

pedagoglik  kasbiga  tayyorgarligining  hozirgi  darajasini  tahlil  qilish  muhimligi 

aniqlandi. 

Ularni 

tasviriy 

san‘at 

darslariga 

zamonaviy 

pedagogik 

texnologiyalarga  tayyorlashda,  avvalo,  maktab  o‗quvchisining  pedagogik 

faoliyatga tayyorligi, o‗z-o‗zini anglashi, o‗ziga va o‗zgalarga to‗g‗ri baho bera 

olishi  muhim  ahamiyat  kasb  etishi  aniqlandi.  Shunga  doir  tadqiqot  ishlari  olib 

borildi. 

Tadqiqot 

natijalari 

ishimizning 

oldingi 


sahifalarida 

bayon 


etilgan.O‘quvchilarining kasbga oid motivlarini tarbiyalash va rivojlantirishga katta 

e‘tibor  qaratildi.  Buning  uchun  maktab  o‗quvchilarining  maktabdagi 

mashg‗ulotlarga munosabati o‗rgandildi. 


Download 439,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish