1 - LАBORАTОRIYA ISHI
Laboratoriya ish daftari. Texnika xavfsizligi qoidalari. Laboratoriyada
ishlatiladigan idish va asboblar bilan tanishuv. Ish jarayonlari
natijalarini kuzatish va izohlash.
Kimyo tajriba xonalarida ishlash xavfsizlik texnikasi qoidalari
1. "Qoidalar" bilan o`quvchilar tanishgan holda frontal (hamma
bir xil ish
qiladigan) va hamma ayrim-ayrim xildagi tajribalarni bajaradigan mashg`ulotlar
o`tkazamiz.
2. Ish jarayonida faqat toza, quruq va yaxshi asboblardan foydalanish lozim.
3. Hech
qanday
moddaning
ta'mini
tatib
ko`rmaslik;
kimyo
labaratoriyalarida ovqat yemaslik.
4. Kabinetdan hech qanday moddani boshqalarga bermaslik va o`z xohishi
bilan labaratoriyadan hech qanday moddani yoki buyumni olib ketishga yo`l
qo`ymaslik.
5. Uchuvchan moddalarni ehtiyotlik bilan hidlash.
6. Biror narsa quyilayotgan idish ustiga engashib qaramaslik (chunki
suyuqlikning mayda tomchilari ko`zga sachrashi mumkin).
7. Bug`latuvchi chinni idish ustiga engashib qaramaslik (chunki
suyuqlik
tomchilari va uchayotgan quruq zarrachalar yuzni kuydirishi mumkin).
8. Ko`zni saqlash (chunki zararli moddaning eng mayda tomchisi ham
ko`zning ko`rish qobiliyatini yo`qotishga olib keladi).
9. Qizdirilayotgan suyuqlik bor probirkani ushlab
qizdirayotganda uning
og`iz tomonini o`zingizdan va o`rtoqlaringizdan chetga qaratish (chunki o`ta
qizdirilib yuborilganida suyuqlik qaynab chiqib yuzga sachrashi mumkin).
10. Probirkalarda
moddaning
eritmalarini
qizdirish
uchun
ularni
probirkaning 1/3 qismiga quyish.
11.Qattiq moddalarni faqat quruq probirkalarda va chinni idishlarda
qizdirish.
12.Shisha idishlarni qizdirilganda ularni
spirt lampasining piligiga
tekkizmaslik (chunki pilik sovuq bo`lib idishni darz qilib sindirib yuborishi
mumkin).
13.Qalin devorli shisha idishlar (bankalar, sklyankalar, silindrlar) va o`lchov
idishlar hamda chinni xovonchalarni alangada qizdirmaslik.
14. Spirt lampasini faqat
gugurtdan foydalanib yoqish, lekin yonib turgan
lampaga uni qiyshaytirib yoqmaslik (chunki to`kilgan
spirt alangalanib ketishi
mumkin).
15.Natriy metali va ishqoriy metallar bilan ishlaganda suvdan uzoqroq
bo’lishi kerak
.
16.Kuchli kislotalarni , ayniqsa kontsentrlangan sulfat kislotani suyultirishda
suvni kislotaga quymasdan, kislotani suvga tomchilatib ohista quying.