21-rasm. Limontidagi lizigen
bo‘shliqlar
Efir moy kanallari–ular ham asosan sxizogen ravishda hosil bo‘ladi. Bu
xildagi kanallar sxizogen yo‘llardan o‘zining shakli jihatidan farq qiladi.
Ularning hujayrasi ba’zan uzun va shoxlangan bo‘lishi mumkin. Efir
moyi kanallarida efir moyi ishlab chiqariladi. Bu kanallarni saqlovchi
o‘simliklarga soyabondoshlar oilasi vakillari sabzi, kashnich, ziralarni
misol qila olamiz.
87
22-rasm. 1. Sut naylari:A — bo‘g‘imsiz sut na yi , B — bo ‘g‘imli sut na yi
Sut naylari- ular ayrim parenxima hujayralardan yoki bir qancha
hujayralarning birlashib ketishidan hosil bo‘ladi. Ayrim o‘simliklarning
vegetativ organlarida yoki boshqa qismlarida hujayralarning vakuolasida sutga
o‘xshash shira to‘planadi. Bu shira lateks deb ataladi. Sutsimon shira tarkibida
terpenlar (smola, kauchuk), taninlar, uglevodlar, yog‘simon moddalar, oqsillar
bo‘ladi. Lateks doimo oq rangda bo‘lavermaydi, ba’zan sariq, pushti yoki
rangsiz bo‘lishi mumkin.
Bo‘g‘imli va bo‘g‘imsiz sut naylari farq qilinadi. Bo‘g‘imli sut naylari
murtak rivojlanayotgan paytda gipokotil va urug‘ palla barglarida hosil bo‘ladi.
Apikal ya’ni (uchki) meristemaning differensiyalanishi natijasida yangi sut
naylari hosil bo‘lib, ilgari hosil bo‘lgan sut naylari bilan umumiy sut yo‘lini
hosil qiladi. Bunday sut yo‘llarini ko‘knori o‘simligida kuzatish mumkin.
Bo‘g‘imsiz sut nayli bitta yirik hujayradan tashkil topgan bo‘lib, u
murtakning o‘sish paytida hosil bo‘ladi, o‘sib, tarmoqlanib, ba’zan esa
tarmoqlanmay, silindrsimon shakldagi o‘simlikning hamma organini egallaydi
(22-rasm).
Bo‘g‘imsiz sut naylarini tut va sutlama kabi o‘simliklarda, bo‘g‘imli sut
naylarni esa astradoshlar, qo‘ng‘iroqdoshlar va ko‘knordoshlar vakillarida
88
kuzatishimiz mumkin. Ba’zi o‘simliklarning sutsimon shirasi amaliy
ahamiyatga ega. Masalan, kauchukli daraxt — braziliya geveyasining sutsimon
shirasidan olinadigan kauchuk tabiiy kauchuk olishdagi asosiy manba
hisoblanadi. Ko‘knori, qoncho‘p o‘simligining sut naylaridan chiqadigan
shiralar tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
O‘TKAZUVCHI TO‘QIMALAR
O‘simliklarning hayot faoliyati uchun turli xil oziq moddalar va ko‘p
miqdorda suv kerak bo‘ladi. Suvda erigan moddalar o‘simlik tanasi
bo‘ylab o‘tkazuvchi to‘qimalar orqali amalga oshadi.
Tuproqdagi erigan moddalar ildiz orqali shimilib poya va bargga
uzatiladi, ya’ni bu yuqoriga ko‘tariluvchi oqimdir. Barglarda fotosintez
natijasida hosil bo‘lgan organik moddalar poya va u orqali ildiz tomon
harakat qiladi. Bunga pastga tushuvchi oqim deb ataladi. Moddalarning
bir qismi o‘simlikning rivojlanishi uchun sarflansa, qolgan qismi esa
oziq modda sifatida to‘planadi. Oziq moddalar o‘simliklarning yer ustki
va yer ostki qismlarida to‘planadi.
Bu moddalarning harakati o‘tkazuvchi to‘qimalar orqali sodir bo‘ladi.
Bu o‘tkazuvchi to‘qimalar ksilema va floema deb ataladi (23-rasm).
Ksilema yuqoriga ko‘tariluvchi to‘qimalardan tashkil topgan bo‘lib: suv
kanali — traxeya, traxeidlar, ksilema tolasi — libriform va ksilema
parenximasidan iborat. Libriform bu mexanik to‘qima bo‘lib o‘lik
hujayradan, ksilema parenximasi esa tirik hujayradan iborat.
89
23-rasm. O‘tkazuvchi ksilema va floema elementlari
A. ksilema elementlari 1-suv naylari, 2-traxeidlar, 3-yog‘ochlik parenximasi, 4-
poralar; B. 5-elaksimon naylar, 6-yo‘ldosh hujayralar, 7-elaksimon teshikchalar, 8-
floema parenximasi
Yopiq
urug‘li
o‘simliklarning
traxeyalari
juda
ingichka
kapillyarlardan iborat bo‘lib, ular hujayralarning uzun qator bo‘lib
joylashishidan hosil bo‘ladi. Bu hujayralarning ko‘ndalang to‘siqlari
qisman yoki butunlay erib ketadi. To‘siqlar erib, naychalar devori
yog‘ochlashgandan keyin hujayralar protoplasti nobud bo‘ladi va
naychalar ichi suv bilan to‘la o‘lik naychaga aylanadi. Bu naychalar
odatda o‘simlikning butun tanasi –ildizidan to barglarigacha cho‘zilgan
yaxlit naycha bo‘lmay, balki ko‘ndalang to‘siqlar bilan bir-biriga ulanib
turgan
ayrim
bo‘g‘imlardan iborat. Naychalarning bo‘g‘imdan-
bo‘g‘imgacha uzunligi har xil o‘simliklarda turlicha, ya’ni 10 sm dan 2-
3 metrgacha. Naychalar bir-biridan ajratib turuvchi to‘siqlar suv
o‘tishiga halaqit bermaydi, chunki ularning qiya yuzasida bitta yoki bir
nechta teshikcha bo‘lib, naycha ichidan oqayotgan suv shu teshikchalar
orqali osongina harakatlanadi.
Traxeyalarning qobig‘i odatda yog‘ochlashgan bo‘lib, har xil
qalinlashadi. Devorlarning qalinlashishiga qarab, ular xilma-xildir. Agar
ularning qalinlashgan qismi bilan qalinlashmagan qismi doirasimon
90
shaklda navbatlashgan bo‘lsa, bunday traxeyalar halqali traxeyalar
(naychalar), traxeya qobig‘i spiral shaklda qalinlashsa spiral traxeya,
devorlari to‘rga o‘xshab qalinlashsa to‘rli traxeya, devorining yupqa joyi
bilan qalin joyi navbatlashsa narvonsimon traxeya va devorining juda
qalinlashishidan nuqtali traxeyalar hosil bo‘ladi (24- rasm). Nuqtali
traxeyalarda qobig‘ining ustki tomonida nuqta yoki doirachalar shaklida
teshikchalar bo‘ladi. Traxeyalar devorining nuqta shaklida qalinlashishi
o‘simlikning turiga hamda ularning o‘sish sharoitiga bog‘liq.
24-rasm. O‘tkazuvchi naylarining turlari
1 — xalqasimon; 2 — 4 spiralsimon; 5 — to‘rli; 6 — narvonsimon; 7,8 -
nuqtasimon,9,10,11-traxeidlar
Ochiq urug‘li o‘simliklar va qirqquloqlarda o‘tkazuvchi to‘qimasi
traxeidlardan tashkil topgan. Ular ham traxeyalar singari o‘tkazuvchi
vazifasini bajaradilar. Traxeidlar ingichka uchli va yog‘ochlashgan qalin
devorli prozenxima hujayralardan tashkil topgan to‘qima. Hujayra
qobig‘ining qalinlashmagan qismida traxeidlarni bir-biri bilan bog‘lab
turadigan ko‘p teshikchalar bo‘ladi. Traxeidlarning uzunligi 1 mmdan 1
sm orasida bo‘ladi (24- rasm).
Traxeidlar o‘lik hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, hujayra qobig‘i bir
tekisda yog‘ochlashmaydi. Ularda ham halqasimon, spiralsimon,
to‘rsimon, nuqtasimon hujayralar mavjud.
Kuzda ksilemadagi parenxima hujayralar o‘sib, traxeid va traxeyalarning
teshiklariga kiradi, ularning bekitadigan o‘simtalarini hosil qiladi. Shu
91
o‘simtalar hisobiga traxeya va traxeidlar o‘tkazuvchanlik vazifasini
bajara olmaydi. Bahorda o‘simtalar erib, traxeya va traxeidlar o‘tkazuvchi
xususiyatini tiklaydi.
Assimilyatsiyaning birlamchi mahsulotlari barglardan o‘simliklarning
boshqa organlariga tushuvchi oqim floema to‘qimasi orqali amalga oshadi.
U quyidagi to‘qimalardan tashkil topgan: elaksimon naylar, yo‘ldosh
hujayralar, floema tolasi — stereid va floema parenximalar. Floema tolasi,
ya’ni stereid mexanik to‘qima, asosan o‘lik, floema parenximasi tirik bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |