M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Qo‘shimcha  ildizlar  o‘simlik  poyasidan,  bargidan,  ba’zan  ularning 
qarigan  ildizlaridan  ham  paydo  bo‘lishi  mumkin.  O‘simliklar  yer  ustki 
organlarining  biror  qismi  qumga  yoki  tuproqqa  tegib  qolsa,  u  erda 
issiqlik va nam yetarli bo‘lsa, qo‘shimcha ildizlar shakllanadi. 
Tok,  malina,  nastarin,  tol  kabi  o‘simliklarning  qalamchasi,  madaniy 
binafsha,  begoniya,  tradeskansiya  kabi  xona  o‘simliklarning  bargi 
qo‘shimcha ildiz chiqarib ko‘payadi. 
Sporali 
yuksak 
o‘simliklar—plaunlar, 
qirqbo‘g‘imlilar 
va 
qirqquloqlarda asosiy ildiz butunlay rivojlanmaydi. Shuning uchun o‘suv 
davrining  boshlaridayok  poyaning  uchki  (apikal)  meristemasidan 
qo‘shimcha 
ildizlar 
hosil 
bo‘ladi. 
Bu 
o‘simliklar 
urug‘ida 
murtak 
ildizcha 
bo‘lmaydi.  Bunday  ildizning  tuzilishi  eng 
sodda  sistema  hisoblanib,  bunga  birlamchi 
goluriza 
sistemasi 
deb 
ataladi 
(grekcha 
«golupos» — bir xil demakdir). 
Yuksak 
o‘simliklarda  urug‘ning  paydo 
bo‘lishi  va  undan  asosiy  ildizning  o‘nib 
chiqishi  muhim  biologik  ahamiyatga  ega.  Yon  ildizlar  va  vegetativ 
organlardan 
qo‘shimcha  ildizlarni  paydo  bo‘lishi  ularda  ildiz 
sistemasining  rivojlanishiga,  ildizning  yosharishiga,  ildizning  ba’zi 
qismi  har  xil  mikroorganizmlar  tomonidan  shikastlanganda  ularning 
hayotiy jarayonini saqlashga, vegetativ ko‘payishiga yordam beradi. 


101 
 
Asosiy  hamda  qo‘shimcha  ildiz  bilan  birgalikdagi  ildiz  sistemasi  alloriza 
sistemasi deyiladi (grekcha «allos» — o‘zgacha demakdir). Ba’zi yopiq urug‘li 
o‘simliklarda  asosiy  ildiz  maysa  davridayok  qurib  qoladi  yoki  o‘sishdan 
to‘xtaydi, uning o‘rniga qo‘shimcha ildizlar paydo bo‘ladi. Qo‘shimcha ildizlar 
bir  pallali  (arpa,  bug‘doy)  o‘simliklarda  yer  yuzasiga  yaqin  joylashgan 
bo‘g‘imidan o‘sib chiqadi. Bu hodisani ba’zi ikki pallali o‘simliklarda, ayniksa 
vegetativ  ko‘payuvchi  —  kartoshka,  qulupnay  va  boshqa  o‘simliklarda 
kuzatish mumkin.  
Ildizlar  tashqi  ko‘rinishi  jihatdan  bir-biridan  farq  qiladi.  Ikki  pallali 
o‘simliklarda asosiy ildiz baquvvat bo‘lib, yon ildizlardan ajralib turadi va u tik 
yunalishda  tuproqqa  kirib  boradi,  bunday  ildiz  o‘q  ildiz  deb  ataladi.  Yantoq, 
kakra  o‘simliklarining  o‘q  ildizi  tuproqqa  15—20  metrgacha  kirib  boradi. 
Madaniy  o‘simliklar  ko‘chat  qilib  ekilganda  ildiz  uchidagi  hosil  qiluvchi 
to‘qimalar  uzilib  qoladi.  Shunga  ko‘ra  o‘q  ildizning  uchi  chilpib  tashlansa, 
hosildorlik  oshadi.  Chunki  bunda  yon  ildizlar  o‘sib,  ko‘proq  yotiq  ildizlar 
joylashadi va tuproqdagi mineral moddalardan o‘simlik rivojlanishida ko‘proq 
foydalanishga imkoniyat vujudga keladi. 
Popuk ildizli sistemada asosiy ildiz o‘sishdan to‘xtasa yoki shikastlansa, 
poyaning  asosidan  bir  xil  uzunlikdagi  bir  qancha  qo‘shimcha  ildizlar 
shakllanib, ular popuk holatda joylashadi. Bunga g‘alladoshlar oilasiga mansub 
o‘simliklardan arpa, bug‘doy va suli misol bo‘la oladi. 
Ildizning  tuproqda  tik  yoki  yotiq  holatda  joylashishi  ko‘proq  tashqi 
muhitga  bog‘liq.  Sernam  erlarda  o‘simlik  ildizlari  ko‘pincha  tik  holatda 
joylashadi.  Cho‘l  sharoitidagi  ko‘pchilik  o‘simliklarda  ildiz  yerning  yuza 
qismida  joylashadi.  Chunki  bunda  o‘simlikning  yer  yuzasidagi  nam  va 
shudringdan foydalanishi oson bo‘ladi. 
Yantoq  o‘simligining  o‘q  ildizi  yerga  20—40  metr  chuqurlikka  kirib 
borishi  mumkin.  Shuning  uchun  yantoq  o‘simligi  gidrogeologlar  uchun 
ko‘pincha  chuchuk  suv  haqidagi  xabarchisi  (indikator  —  darakchi) 


102 
 
hisoblanadi.  Saksoul,  juzg‘un  o‘simliklarining  yon  ildizlari  ko‘p  bo‘lib,  qum 
zarrachalarini shamoldan saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Saksoul ildizi yerning 
ikki  zonasi  bo‘ylab  tarmoqlanishi,  ko‘chma  qumlarni  (barxanlarni)  tutib 
turishda  yordam  beradi.  Shuning  uchun  Buxoro  viloyatining  G‘ijduvon, 
Shofrikon tumanlaridagi ko‘chma qumlar aynan shu tarzda muhofaza qilinadi. 
Ba’zi ko‘p yillik o‘simliklarning yon ildizlarida qo‘shimcha kurtaklar hosil 
bo‘lib,  ulardan  yangi  yer  usti  poyalari  o‘sib  chiqishi  mumkin.  Bularni  ildiz 
bachkilari  deb  yuritiladi.  Bunday  ildiz  bachkilari  gilos,  olma,  qizilmiya 
o‘simliklarida uchraydi. 
Umuman  o‘t  o‘simliklar  tanasining  yer  ustki  massasi  qancha  bo‘lsa, 
yer ostki massasi ham xuddi shuncha yoki undan ortiqroq bo‘ladi.  

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish