M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

 
POYA — CAULIS 
 
Poya  o‘simliklarning  asosiy  vegetativ  organi  bo‘lib,  tashqi  ko‘rinishi 
nihoyatda  xilma-xil.  Poyaning  asosiy  vazifasi  o‘simlik  shox-shabbasini 
tutib  turish,  suvda  va  unda  erigan  mineral  moddalarni  ildizdan  bargga 
etkazib berish, fotosintez mahsuloti bo‘lgan organik moddalarni bargdan 
ildizga o‘tkazishdan iborat. Ba’zi o‘simliklarda poya suv saqlovchi, oziq 
moddalar  to‘plovchi  ombor  sifatida,  nafas  oluvchi  va  vegetativ 
ko‘payish organi sifatida ham hizmat qiladi. 
Poya meristema to‘qimalari bo‘lgan, apikal hamda interkolar meristemalari 
hisobiga o‘sib rivojlanadi. Poya bo‘g‘im, bo‘g‘im oraliqlari, barg va kurtaklari 
bo‘lishi bilan ildizdan farq qiladi.  
Poya  urug‘  murtakdagi  poyachaning  rivojlanishidan  hosil  bo‘ladi.  Urug‘ 
unib 
chiqqach, 
dastlab 
ildiz, 
so‘ngra  poya  unib,  meristema 
hujayralarning bo‘linishi va yiriklashuvi hisobiga o‘sadi.  
Ba’zi  bargsiz  o‘simliklarni,  jumladan  saksoul  o‘simligining  poyasi 


116 
 
fotosintez  jarayonida  ishtirok  etadi.  Urug‘  murtakdan  chiqqan  poya 
asosiy poya bo‘lib, undan ikkilamchi, uchlamchi va hokazo poyalar o‘sib 
chiqadi. 
O‘simliklarning  poyasining  shakli  va  uzun-qisqaligi  juda  xilma-xil 
bo‘ladi.  Poyalar  silindrsimon,  silindrsimon  bo‘g‘imli  (bug‘doy,  arpa, 
makkajo‘xori),  uch  qirrali  (kartoshka,  qiyoqo‘t,  salomaleykum),  to‘rt 
qirrali (rayhon, yalpiz), ko‘p qirrali (nasha, kaktus, valeriana) bo‘ladi.  
Poyalar  o‘sishiga  qarab  turlicha  bo‘ladi,    masalan      tik  o‘suvchi 
(bug‘doy,  g‘o‘za,  terak,  olma),  chirmashuvchi  (  ko‘k  gulli  pechak, 
qulmoq,  quypechak),  osilib  o‘suvchi  (mosh,  tok),  sudralib  o‘suvchi 
(qovun,  tarvuz,  bodring),  yotib  o‘suvchi  (qulupnay),  ko‘tarilib  o‘suvchi 
(shuvoq, shura), o‘rmalab o‘suvchi (ayiqtovon, sebarga) poyalar. 
G‘alladoshlar  oilasiga  mansub  o‘simliklar  poyasining  ichi  bo‘sh 
bo‘lib,  somon  poya  deb  ataladi  va  unga  arpa,  bug‘doy  poyasi  misol 
bo‘ladi.  Asosan  poyalarning  ichi  to‘liq  bo‘ladi.  Bunga  tol,  terak,  olma, 
o‘rik o‘simliklari poyalari kiradi. 
Poyaning  tuzilishi  va  hayotining  uzun-qisqaligiga  qarab  gulli 
o‘simliklar: daraxt, buta, chala buta va o‘t o‘simliklarga bo‘linadi.  
Daraxtlar  -  asosiy  tanasi  yaxshi  rivojlangan  va  ikkilamchi 
yo‘g‘onlashgan,  yaxshi  rivojlangan  yirik  ko‘p  yillik  o‘simliklardir. 
Bularga  olma,  o‘rik,  qarag‘ay,  tol,  yong‘oq  va  shu  kabilar  kiradi. 
Daraxtlarning  balandligi  va  hayotining  davomiyligi  turlicha.  Masalan, 
chinorning  buyi  30  m,  terakniki  40  m  ga  borib,  qarag‘ay  50  m,  mamont 
daraxti  140  m,  evkalipt  150  m  ni  tashkil  etadi.  Rotan  palmasi  400  m 
gacha  o‘sishi  mumkin.  Ularning  hayoti  ham  uzoq  davom  etadi.  Yong‘oq 
300,  karagay  500,  jo‘ka1000,  eman  1200,  mamont  daraxti  5000  va 
Meksika sarvisi 10.000 yil yashaydi. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish