117
necha poyalar o‘sib chiqadi. Bu poyalar ham ikkilamchi tartibda
yo‘g‘onlashadi. Anor, nastarin, bodom, zirk, qandim kabi o‘simliklar
shular jumlasidandir.
Chala butalar - poyasining faqat pastki qismi yog‘ochlanib, qolgan
qismi qishda qurib qoladigan ko‘p yillik o‘simliklar. Poyaning
yog‘ochlangan yer ustki qismida qishki kurtaklar saqlanib, bahorda
ulardan yangi novdalar o‘sib chiqadi. Astragal, shuvoq, yermon, izen
kabi o‘simliklar chala butalarga misol bo‘la oladi.
O‘t o‘simliklarning yer ustki organi vegetatsiya davrining oxirida
batamom nobud bo‘ladi. Bu guruhga o‘z navbatida bir yillik, ikki yillik
va ko‘p yillik o‘simliklarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: