Ko‘p yillik o‘simliklar - hayoti bir necha yil davom etadi. Ularning
yer osti organlari uzoq muddat yashab, yer ustki qismlari har yili
qaytadan hosil bo‘ladi. Bularga qoqi o‘t, beda, sebarga, qulupnay, yalpiz
kabi o‘simliklar misol bo‘ladi.
Ko‘p yillik o‘t o‘simliklar orasida, o‘zining vegetatsiya davrini juda
qisqa muddatda o‘tkazuvchi lola, boychechak kabi o‘simliklar bo‘lib,
ularning yer osti ildizpoyasi, tugunagi, piyozboshi bo‘ladi, efemeroidlar
deb shularga aytiladi.
118
Bir yillik o‘t o‘simliklari ichida ham (chitir, malkolmiya, uchma o‘t)
vegetativ davri qisqa bo‘lgan o‘simliklar bo‘lib, ularni efemerlar deb
ataladi.
NOVDA