Piyozboshli tugunak piyozbosh bilan tugunak o‘rtasidagi oraliq forma
bo‘lib, oziq moddalar ularning bargida emas, novdasida to‘planadi.
Natijada ularning novdasi yo‘g‘onlashib, piyozbosh shaklida bo‘ladi.
Piyozboshli tugunakka gladiolus, boychechak o‘simliklari misol bo‘ladi.
Ular tashqi tomondan haqiqiy piyozboshga o‘xshaydi, lekin tangachalari
quruqva po‘stga o‘xshash bo‘ladi, ularning asosiy qismini poyaning
seret, o‘sish qismi egallaydi.
124
Shakli o‘zgargan er ustki novdalar
O‘simliklarning yer ustki novdalari ham shaklini o‘zgartirishi
mumkin. Masalan o‘simliklarning novdasi ba’zan bargning vazifasini
bajaradi. Shuning uchun yassilashib, bargga o‘xshash shaklga kirib
qoladi bunday poyaga kladodiy deb ataladi. Qurg‘oqchil joylarda
yashaydigan
o‘simliklardan,
Avstraliya
akatsiyasi,
kaktus,
opunsiyalarning poyasi ana shunday poyadir. Ko‘pchilik poyalar
bargning vazifasini bajarganda, ya’ni fotosintezda novdalar sukkulentligi
kuzatiladi. Sukkulent novdalar yo‘g‘on, seret bo‘lib, tarkibida juda ko‘p
suv to‘playdi. Novdalar yo‘g‘on, seret va ko‘pincha fillokladiy deb
ataladigan
barglari
suvni
kam
bug‘latadigan va o‘simliklarni
hayvonlardan em bo‘lishidan saqlaydigan tikanga aylanib qolgan
Amerika kaktuslarida sukkulentlik yaxshi ifodalangan. Sukkulentlik
sho‘r yerlarda o‘sadigan qizil sho‘ra, sarsazanda ham uchraydi.
Tikan — uchi ingichkalashgan, yog‘ochlashgan, shakli o‘zgargan
silliq novda bo‘lib, o‘simlikning himoya organi hisoblanadi. Novda
metamorfozi bo‘lgan tikan kelib chiqish jihatdan endogen xususiyatiga
ega. Chunki u peretsikldan hosil bo‘ladi. Shuning uchun uni osonlik
bilan sindirish qiyin.
Agarda tikan barg qo‘ltig‘idan chiqsa, u holda shakli o‘zgargan novda
hisoblanadi. Chunki bu xildagi tikan u yerdagi kurtakdan novdaning
o‘rniga chiqqan bo‘ladi. Yantoq o‘simligida tikandan kurtak rivojlanib,
undan gul va meva hosil bo‘ladi, bu esa tikan shakli o‘zgargan novda
ekanligini eslatadi.
Anor, do‘lana, gledichiya o‘simliklarida ham tikanlar mavjud.
O‘simlik yon novdalarining qisqarib, tikanga aylanishi o‘simlikda
suvning kam bug‘lanishiga sababchi bo‘ladi.
Gajak - yer bag‘irlab o‘sadigan, bo‘g‘im va bo‘g‘im oralig‘i bo‘lgan
bargsiz, shaklini o‘zgartirgan, uzun novdalar gajak deb ataladi.
125
Tuproqqa tegib turgan bu xildagi novdalarning bo‘g‘imlaridan
qo‘shimcha kurtaklar, bo‘g‘imlarining ostki qismidan esa qo‘shimcha
ildizlar chiqadi. Demak, gajak vegetativ ko‘payish organi hisoblanib,
qulupnayda, g‘oz panjada uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |