M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Jingalak-ba’zi  o‘simliklarning  yon  novdalari  shaklini  o‘zgartirib 
jingalakka  aylanadi.  Jingalaklar  biror  narsa  yoki  boshqa  o‘simlikka 
o‘ralib,  o‘z  poyasini  tik  tutib  turadi.  Tok,  qovoq,  qovun,  bodring  kabi 
o‘simliklarda jingalaklar mavjud. 
Kurtak  -  bo‘g‘im  oralig‘i  qisqargan,  shakli  o‘zgargan  bargli  novda. 
Gul  urni  va  bandi  ham  shakli  o‘zgargan  novda 
hisoblanadi. 
 
POYANING ICHKI TUZILISHI 
 
Poyaning  ichki  tuzilishi  uning  bajaradigan    vazifasiga  bog‘liqdir. 
O‘simlikning poyasi ildiz kabi o‘sish nuqtasi hisobiga  yuqoriga qarab o‘sadi. 
O‘sish  nuqtasi  yoki  o‘sish  konusi  deb  ataluvchi  qismida,    yirik  yadroli, 
vakuolasi  deyarli  yo‘q  va  yupqa  sellyulozali  yoki  pektin  po‘stli  hujayralardan 
tashkil  topgan.  Bu  hujayralar  bo‘linish  xususiyatiga  ega  bo‘lib,  birlamchi 
meristema ya’ni birlamchi hosil qiluvchi to‘qima hisoblanadi.  
O‘sish konusining tashqi va ichki hujayralari bir xiliga o‘xshab ko‘rinsada, 
birmuncha bir-biridan farq qiladi. Tashqi tomonda joylashgan birinchi, ba’zan 
2—3  kator  hujayralar  —  tunuka,  ostidagi  hujayralar  korpus  deyiladi.  Tunuka 
hujayralari  antiklinal,  ya’ni  poya  yuzasiga  nisbatan  parallel  holda,  korpus 
hujayralari  esa  har  tomonlama  bo‘linish  xususiyatiga  ega.  Bu  hujayralarning 
tez  bo‘linishi  natijasida  dumboqchalar  shaklidagi  boshlang‘ich  barglar  hosil 
bo‘ladi.  Ularning  asosida  yana  shunga  o‘xshash  dumbokchalar  hosil  bo‘lib, 
ulardan  yon  novdalar,  yuqori  qismida  gul  yoki  qishlovchi  kurtaklar  hosil 
bo‘ladi. Boshlangich barglar poyaning o‘sish nuqtasini qurib qolishdan, har xil 


126 
 
mexanik  ta’sirotlardan  saqlaydi.  Boshlang‘ich  barg  o‘sib,  o‘sish  nuqtasidan 
uzoqlasha  boradi.  Poyaning  o‘sish  nuqtasining  pastki  qismi  bo‘yiga  o‘sadi. 
Ana  shu  davrda  tunika  hujayralaridan  po‘st  yoki  epidermis,  ba’zan  esa 
birlamchi  po‘stloqning  bir  necha  qatlami  hosil  bo‘ladi.    Shunday  qilib, 
birlamchi po‘stloq epidermis va anchagina g‘ovak, hujayra oraliqlari bor po‘st 
parenximasi  hujayralaridan  tashkil  topgan  bo‘ladi.  Po‘stloq  parenximasining 
tashqi qatlamlarida xlorofill donachalari ko‘p bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘simliklarda 
parenxima  hujayralarining  bir  qismi  yosh  poyani  pishiq  qilib  turadigan 
mexanik  to‘qima-kollenximaga  aylanadi.  Kollenxima  ba’zan  mexanik 
to‘qimaning tutash halqasini hosil qiladi, ba’zan esa po‘stloq parenximasi bilan 
o‘ralib, ayrim-ayrim bo‘lib turadi. Birlamchi po‘stloq hujayralarning eng ichki 
qatlami endoderma deb ataladi.  
Birlamchi  meristema  hujayralarining  bir  qismi  cho‘zilib,  prokambiy 
hujayralari  tortmasiga  aylanadi.  Prokambiyning  hujayralari  cho‘ziq,  o‘tkir 
uchli  va  yupqa  selluloza  po‘stli  bo‘ladi.  Har  xil  o‘simliklarda  prokambiy 
turlicha  hosil  bo‘ladi.  Prokambiyning  po‘stloqqa  tomon  joylashgan 
hujayralardan birlamchi lub, markazga yaqin joyda birlamchi yog‘ochlik hosil 
bo‘ladi. 
Taraqqiyotning  boshlang‘ich  davrlarida  poya  birlamchi  tuzilishga  ega 
bo‘lib,  bu  tuzilish  bir  pallali  o‘simliklarda  vegetatsiya  davrining  oxirigacha 
saqlanadi.  Ikki  pallali  va  ochiq  urug‘li  o‘simliklarda  esa  ikkilamchi 
to‘qimalarning  hosil  bo‘lishi  bilan  poya  ikkilamchi  tuzilishga  o‘tadi. 
Ikkilamchi tuzilish asosan kambiy va fellogenning hosil bulishiga bog‘liq. 
 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish