M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

 
Barglarning novdalarda joylanishi  
O‘simliklarning  barglari  ma’lum  bir  tartibda,  tabiat  qonuniyatlari  
asosida – har doim bir-biriga soya qilmaydigan holda joylashadi.  
Ketma-ket  yoki  spiral  holda  joylashish  -  bunda  har  bir  bo‘g‘imda 
bittadan barg navbati bilan poyaning har tomonidan spiral bo‘ylab joylashadi. 
Misol tariqasida behi, olma, gilos, olcha, shaftoli kabi o‘simliklar bargini olish 
mumkin. 
Qarama-qarshi  joylashishda  -    novdaning  har  bir  bo‘g‘imida  ikkita 
bargbir-biriga  nisbatan  qarama-qarshi  joylashadi.  Bularga  labguldoshlar 
oilasiga mansub o‘simliklardan rayhon, kiyiko‘t, yalpiz kabi  o‘simliklar misol 
bo‘ladi. 
Xalqasimon  yoki  doiraviy  joylashish  -  novdaning  har  bitta  bo‘g‘imida 
uch-to‘rtta    va  undan  ortiq  barg  chiqib,  poya  atrofida  xalqasimon  joylashadi. 
Bunga  barglarning  xalqasimon  joylashuvi  deb  ataladi.  Xalqasimon 
joylashishga sambit gul, qirqbo‘g‘im, elodiya va shu kabilar misol bo‘ladi.Agar 
o‘simliklarning  yoki  bir  novdaning  barglariga  quyosh  tushadigan    tomonidan 
qaralsa,  ularning  hammasini  ko‘rish  mumkin.  Hattoki  ostki  barglar  ustki 
barglarga nisbatan birmuncha uzun bo‘lib, quyosh yorug‘ligiga talpinib turadi.  
Barglarning  bunday  joylashishiga  barg  mozaikasi    yoki  naqshlari    deb  
yuritiladi. 
Barg shakllarining o‘zgarishi (metamorfoz) 
Tabiat  shunday  mo‘jizakorki,  sharoitga  qarab  hatto  barglar  ham  o‘z 
shaklini  o‘zgartiradi.  Ko‘pchilik  o‘simlik  barglari  ekologik  sharoitga, 
bajaradigan  vazifasiga  qarab  metomorfozga  uchraydi.  Cho‘l  sharoitida 


139 
 
o‘sadigan saksovul o‘simligi barglari suvni kam bug‘latish uchun bo‘rtmalarga 
aylangan.  Kaktus  o‘simligida  barglar  butunlay  tikanga,  qush  qo‘nmas 
o‘simligida esa barg plastinkasining qirrasi chetidagi tishlari tikanga aylangan. 
Oq  akatsiya,  qumli  akatsiya  o‘simliklarida    yon  bargchalar  ham  tikanga 
aylangan.  Parazit  hayot  kechiruvchi  o‘simliklarda  barglar  qobiqqa  aylangan 
yoki  butunlay  yo‘qolib  ketgan.  Masalan,  shumg‘iya  bargi    qobiqqa  aylangan, 
devpechakda ular yo‘q bo‘lib ketgan. No‘xat, mosh, loviya kabi o‘simliklarda  
barg  jingalakka  aylanib,  yonida  tik  turuvchi  narsalarga  ilashib  oladi,  natijada 
o‘simlik  jingalaklar  yordamida  tik  holatini  saqlaydi.  Piyozboshdagi  barglar 
o‘zida  oziq      moddalar  to‘plab,  xlorofill  donachalarini  yo‘qotadi  va  rangsiz 
qobiqqa aylanadi. Karamning ustma –ust joylashgan seret barglari va aloening 
barglari oziq moddalar to‘planadigan manbaga aylangan. 
Avstraliya akatsiyasida barglar rivojlanmay, barg bandi kengayib, soxta 
barg plastinkasiga o‘xshab qoladi, uni fillodiy deyiladi. Fillodiy barg vazifasini 
bajaradi. Ayrim o‘simliklarga pepsin, trepsin moddalari etishmasligi oqibatida 
organizmning  talabiga  qarab  barglar  qiyofasini  o‘zgartirgan  va  hasharotlarni 
tutib  olishga    moslashgan.  Shuning  uchun  ular  hasharotxo‘r  o‘simliklar  deb 
nomlanadi.  Ular  asosan  botqoqlik  yerlarda,  torfzorlarda    o‘sadi.  Hasharotxo‘r 
o‘simliklar   hasharotlar    bilan oziqlanib, ulardan qo‘shimcha mineral  tuzlarni 
va azotli moddalarni oladi. 
Torf  botqoqliklarida    uchraydigan  rosyanka  o‘simligining  barglari 
qizg‘ish tuklar bilan qoplangan bo‘lib, barg bezlari o‘zidan  yopishqoq yaltiroq 
suyuqlik  -  fermentlar  ajratadi.    Shu  suyuqlik  yordamida  hasharotning  organik 
moddalari o‘simlikka so‘riladi. Braziliyada o‘sadigan nepentis o‘simligida esa  
barg  bandining  bir  qismi  ko‘zachaga,  barg  plastinkasi  esa    qopqoqchaga 
aylangan bo‘lib, hasharotlar shu ko‘zachaga tushishi bilan qopqoqcha yopiladi, 
ushlangan  hasharotlar  hazm  bo‘ladi.  Shunday  qilib  o‘simliklarning  barglari 
fotosintez  bilan  birgalikda    o‘simlikni  azotli  organik  moddalarga  bo‘lgan 
talabini qondirib turadi. 


140 
 
BARGLARNING ICHKI TUZILISHI 
 
Barglarning 
ichki 
tuzilishi 
ularning 
bajaradigan 
funksiyasiga  
birmuncha    mos  keladi.  Bargning  tashqi  sharoitga  moslashuvchi  organ 
ekanligi, uning tuzilishida aniq ifodalangan. Bargning ichki tuzilishiga,  undagi 
ayrim  gistologik  elementlarning  tuzilishiga,  irsiy  xususiyatiga,  ekologik 
sharoitga:    suv  rejimi,  yorug‘lik,  harakat,  shamol,  tuproq  sharoiti,  dengiz 
sathidan  balandlikda  joylashishi  va  boshqa  omillar  sezilarli  darajada  ta’sir 
qiladi.  Shuning  uchun  ham  bargning  ichki  tuzilishi,  hatto  bir  o‘simlikning 
o‘zida ham   farq qiladi. 
Barg  novdaning  o‘sish  konusidagi    meristematik  hujayralarda  paydo 
bo‘ladi.  Bunda  o‘sish  konusidagi  tunuka  va  korpus  hujayralari    ishtirok  etib,  
o‘zidan  bir  oz  pastroqda    barg  hosil  qiluvchi  bo‘rtmalarni  paydo  qiladi.  Bu 
bo‘rtmalar  bir  oz  bo‘yiga  o‘sib,  to‘qimalarning  tabaqalashishi  boshlanadi. 
Ularda barg plastinkasi, bandi va yon barglar shakllanadi. 
Bargda asosan  besh  xil to‘qima mavjud: 
1.Qoplovchi to‘qima – epidermis. 
2. Ajratuvchi to‘qima – og‘izcha, gidatotlar, har xil trixomalar. 
3. Asosiy oziqlantiruvchi to‘qima – barg eti – mezofill. 
4. O‘tkazuvchi to‘qima  – naysimon tolali bog‘lamlar.    
5. Mexanik to‘qima  – kollenxima, sklerenxima.    
Barg  sirtining    ustki  (adaksial)  va  ostki    (abaksial)  tomoni  epidermis  
hujayralari  va  bu  hujayralarning  tashqi  devori  –  kutikula  bilan  qoplangan. 
Kutikula  qavati  pastki  epidermis  hujayralaridagiga  nisbatan  yuqoridagi  
epidermislarda birmuncha qalinroq bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarda (fikus) bargida  
mum  qavatlari  bargda  suv  bug‘lantirish  va  havo  almashinishini  to‘g‘ri 
ta’minlaydi.  Epidermis    hujayralari  juda  zich  joylashgan,    asosan      rangsiz 
bo‘lib, ularda hujayra oraliq bo‘shliqlari bo‘lmaydi. Shuning uchun epidermis  
o‘simlik 
bargini 
qurib 
qolishdan, 
tashqi 
mexanik 
ta’sirlardan, 


141 
 
mikroorganizmlarni barg etiga kirishidan saqlaydi. 
Tabiatda  uchraydigan  o‘simliklarning  ko‘pchiligida  epidermis  rangsiz, 
lekin  ba’zi  bir  o‘simliklarning  barg  epidermisida    pigmentlar  paydo  bo‘ladi. 
Piyozbosh,  begoniya  o‘simliklarini  barglarining  ustki  tomoni  qizg‘ish  rangda 
bo‘lib,  epidermis    hujayralarida  antotsian  pigment  mavjud.  Barg  epidermisi  
xoh    rangsiz   yoki xoh rangli bo‘lsin o‘zidan  bemalol         quyosh energiyasini 
yaxshi o‘tkazadi.  Epidermis  hujayrasi ustida har xil shakldagi oddiy va bezli 
tuklar mavjud. Oddiy tuklar ko‘pincha rangsiz yoki oqimtir rangda bo‘lib, ular 
quyosh  nurini  qaytaradi.  Havo  yo‘lini  yopib  qo‘yib  suv  bug‘lanishini 
kamaytiradi. Bezli tuklar esa turli chiqindi moddalarni  (kislotalar, efir moylari, 
kauchuk, guttaperchalar) ajratadi.  
Ba’zi  o‘simliklar    epidermisining  alohida  hujayralarida  sistolitlar  –
hujayra  qobig‘ining      ba’zi  bir  kimyoviy  elementlarini  shimib  qattiqlashgan 
ichki o‘simtalar bo‘ladi. 
Assimilyasion  to‘qimaning    joylashishiga  qarab,  barg  3  guruhga 
bo‘linadi:  1) Dorzoventral (dorsiventral); 2) Izoloterial;  3) Radial. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish