37-rasm. Jo‘ka (Tilia) o‘simligining yog‘ochli poyasining ichki tuzilishi
1-2 epidermis qoldiqlari va periderma, 3 – mexanik to‘qima sklerenxima,4 – oziq modda
to‘plovchi lub parenximasi, 5 – elaksimon naylar (floema),6 – kambiy,7 – ksilema, 8 –
libriform, 9 – o‘zak parenximasi
B A R G
Barg o‘simliklarning asosiy vegetativ organi bo‘lib, evolutsion
taraqqiyotida birinchi bo‘lib moxsimonlarda paydo bo‘lgan. Bargning organlar
ichida birinchi paydo bo‘lishiga fotosintez jarayonida anorganik moddalardan
organik moddalarning hosil bo‘lishi sabab bo‘lgan.Tuban o‘simliklar
tanasidagi xlorofill donachalari ishtirokida fotosintez jarayoni sodir bo‘lgani
uchun o‘simlikning yashil qismi har xil shaklda kengaygan.
Barg o‘simlik hayotida, qolaversa tabiatdagi butun tirik mavjudot
132
uchun eng muhim vazifani bajaradi:
1. Barg havodan karbonat angidrid gazini va ildizi orqali tuproqdan
suvni so‘rib olib, quyosh energiyasi ta’sirida organik moddalar hosil qiladi –
havoga sof kislorod ajratib chiqaradi. V.A.Timiryazovning ta’biricha, barg
organik moddalar hosil qilishda birdan-bir tabiiy laboratoriyadir.
2.Barg
ildiz
yordamida
suvning so‘rilgan
tuzli
eritmalarini
o‘simliklarning hamma organlariga ko‘tarilishiga yordam beradi.
3. Barglar toza suvni bug‘lantirib transpiratsiya vazifasini bajaradi va
yana tuproqdan mineral moddalarga boy bo‘lgan suvni o‘zlashtiradi. Ayniqsa
yozning issiq kunlari bug‘langan suv o‘simliklarni qizib ketishdan saqlaydi.
4. Barg o‘simliklarning tashqi sharoitga moslashish organi bo‘lib
xizmat qiladi. Nam tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklarning barglari suvni ko‘p
bug‘lantirishga moslashganligi uchun odatda yirik bo‘ladi. Qurg‘oq
zonalardagi o‘simlik barglari ancha mayda, qayishsimon, dag‘al va qattiq
bo‘ladi – suvni kam bug‘lantiradi.
5. Barglar to‘kilib o‘simlik hayotini saqlab qoladi. Yozning issiq
kunlari, namgarchilik kam bo‘lganda to‘kilib, o‘simlikni qurib qolishdan
saqlaydi – suv ortiqcha isrof bo‘lmaydi. Qishda esa o‘simlik uchun ortiqcha
organga aylanadi. Endi u erda to‘shalib o‘simlik ildiz sistemalarini sovuq
urishdan asraydi.
6. Ayrim o‘simliklarda barg o‘zida zahira oziq moddalarni to‘plash
uchun ham maxsus joy hisoblanadi. Piyozbosh, aloe, boshkaram ana shunday
o‘simliklardandir.
Barg novdaning o‘sish konusdagi meristema hujayralaridan hosil
bo‘ladi. Bargning hosil bo‘lishida o‘sish nuqtasining tunika va korpus
hujayralari ishtirok etib, shu nuqtadan biroz pastroqda bo‘rtmalarni, bo‘rtmalar
esa boshlang‘ich bargchalarni hosil qiladi. Boshlang‘ich bargchalarning hosil
bo‘lishi bilan barg plastinkasi, bandi hamda yon bargchalar shakllana
boshlaydi. Demak, gulli o‘simliklarning to‘la rivojlangan bargi uchta asosiy
133
qismdan: barg plastinkasi, bandi va yon bargchalardan iborat. Ayrim bir va
ikki pallali o‘simliklarda barg bandi o‘rnida barg qini bo‘ladi. Barg plastinkasi
bandga birikkan yassi qism bo‘lib, har xil shaklga ega. Barg bandi esa qisqa
yoki uzun bo‘ladi. U elastik bo‘lgani uchun bargning egiluvchanlik
qobiliyatini oshiradi, barg plastinkasini turli shikastlanishdan saqlaydi. Bargni
yorug‘lik tomonga egilishiga yordam beradi.
Ba’zi o‘simliklarda barg bandsiz bo‘ladi (masalan marvaridgul,
ko‘knori) va bunday barg plastinkasi bevosita novdaga birikadi. Bir pallali
o‘simliklar barg plastinkasining asosi kengayib qin hosil qiladi. Barg
qinining plastinkaga o‘tish joyida rangsiz, kichkina, yupqa o‘simta, ya’ni tilcha
bor. Tilchaning ikki chetidagi burchaksimon o‘simta quloqcha deb ataladi.
Barg qini quloqcha yordamida novdani qattiq siqib poyani mustahkam tutib
turadi. Masalan, donli o‘simliklar bo‘lgan g‘alladoshlarda tilcha bilan
quloqcha barg qini hamda novda orasiga suv va har xil mikroorganizmlar
kirishidan himoyalaydi.
Ko‘pchilik o‘simliklarda barg bandining tagidan alohida o‘simtalar
chiqadi. Bular yon bargchalar deb ataladi. Yon bargchalar juft bo‘lib, barg
bandining ikki tomonida joylashadi. Ular kurtakdan oldin paydo bo‘lganligi
uchun kurtakni himoya qiladi va assimilyasiya vazifasini bajaradi. Jag‘-jag‘,
surepka kabi karamdoshlar; rayhon, yalpiz, kiyiko‘t kabi labguldoshlar
oilasiga mansub o‘simliklar bargida yon bargchalar bo‘lmaydi, ba’zi bir
o‘simliklarda (olmada) o‘z funksiyasini bajargandan so‘ng to‘kilib ketadi.
Atirgullilarda yashil rangda bo‘lib, qisman fotosintez funksiyasini ham
bajaradi.
Ayrim o‘simliklarda yon bargchalari asosiy bargdan katta bo‘ladi.
Masalan, dukkakdoshlar oilasiga kiradigan no‘xatda yon bargcha katta bo‘lib,
unda fotosintez kuchli kechadi.
Toronguldoshlar oilasiga kiradigan o‘simlik barglaridagi qo‘shimcha
yoki asosiy barglar qo‘shilib trubka hosil qiladi, xlorofilini yo‘qotib qo‘ng‘ir
134
tusga kiradi, akatsiya daraxtida esa qo‘shimcha barg tikanakka aylangan.
O‘simliklarning barglari shakli jihatidan juda xilma xil bo‘lishiga
qaramay, ular ikki guruhga, oddiy hamda murakkab barglarga bo‘lib
o‘rganiladi. Barg bandiga bitta barg plastinkasi o‘rnashgan bo‘lsa, oddiy
barglar deb ataladi (38-rasm). Oddiy barglar kuzda o‘z bandi bilan birga
to‘kiladi. Buni g‘o‘za, olma, shaftoli, terak barglarida kuzatish mumkin. Agar
barg bandiga bir nechta barg plastinkachalari o‘rnashgan bo‘lib, kuzda oldin
barg plastikachalari va asosiy barg bandi alohida-alohida to‘kilsa murakkab
barg deb ataladi. Oddiy barglar plastinkasi ignasimon (qarag‘ayda),
chiziqsimon
(g‘alladoshlarda),
yuraksimon
(o‘rikda),
buyraksimon
(tugmachagulda), strelkasimon (pechakgulda), tuxumsimon (qora ituzumda),
ellipsimon (qayrag‘ochda) va boshqa ko‘rinishga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |