Ildiz shakllari. Yer ostki ildizlarning ko‘pchiligi ipsimon shaklda
bo‘ladi. Ba’zan ildizlar konussimon (sabzi), sholg‘om simon (sholg‘om,
lavlagi), tugunaksimon, ya’ni cho‘ziq (kartoshkagul) bo‘ladi.
Ildizning shakl o‘zgarishlari - metamorfoz.
Agar ildizlar o‘zining asosiy vazifasidan tashqari boshqa vazifalarni bajarsa
va ular uchun xos bo‘lmagan sharoitlar bo‘lsa bunday holat ildizning turli shakl
o‘zgarishlariga metamorfozlanish deyiladi. Ildizmevalar - ildizning parenxima
hujayralari zahira oziq moddalar to‘plashi natijasida asosiy ildizlar
yo‘g‘onlashib ketadi.
Ildizmevalar sabzi, rediska, sholg‘om, turp, lavlagi o‘simliklar uchun
xosdir. Ildizmeva uch qismdan: bosh, bo‘yin va ildizdan iborat. Bosh qism
poyaning bir bo‘lagi bo‘lib, qisqargan novda-rozetkasidir, uning bo‘yni,
gipokotelning yo‘g‘onlashishidan kelib chiqadi. Haqiqiy ildiz esa o‘zining
odatdagi tuzilishini saqlab qoladi.
Tugunak ildizlar – yon yoki qo‘shimcha ildizlarning yo‘g‘onlashishi
natijasida kelib chiqadi. Ularga batat, topinambur, shirach, qo‘ziquloq,
tugunakli ayiqtovonlarni misol qilishimiz mumkin.
Nafas oluvchi yoki shamollatuvchi ildizlar – botqoqlikda yoki
103
botqoqlashgan joyda o‘suvchi o‘simliklarda uchraydi. Bunday ildizlar uchun
xos aerinxima to‘qimasining kuchli taraqqiy etganligi xarakterlidir. Nafas
oluvchi ildizlar mangra va Amerikada o‘suvchi botqoq kiparisida kuzatishimz
mumkin.
Tayanch ildizlar - taxtasimon va soxta ildizlar tropik o‘rmonlardagi
daraxtlar tanasini ushlab turishga xizmat qiladi. Ular kelib chiqishiga ko‘ra
qo‘shimcha ildizlar hisoblanadi. Bunday ildizlar ko‘pchilik tropik lianalarda
uchraydi. Tayanch ildizlarda mexanik to‘qimalar kuchli taraqqiy etgan bo‘ladi.
Ilashuvchi ildizlar- ular novdalaridan qo‘shimcha ildizlar o‘sib chiqib, shu
ildizlar yordamida o‘simlik tik tayanchga ilashib yuqoriga tomon o‘sib boradi.
Ilashuvchi ildizlar plush, vanilda, fikusning ba’zi turlarida uchraydi.
Havo ildizlar - daraxt tanalarida yashovchi epifit o‘simliklarda rivojlanadi.
Havo ildizlar po‘stloq parenximasida xloroplastlar uchraydi. Po‘stloqning
tashqi qavati hujayra devorlari spiral qalinlashgan o‘lik hujayralar qatlamidan
tashkil
topgan.
Havo
ildizlar
solabdoshlar,
kuchaladoshlar
va
bromeliyadoshlarda uchraydi.
ILDIZLAR HAMKORLIGI
Yuksak o‘simliklar ildizlar yordamida bakteriya va zamburug‘lar
bilan hamkorlikda yashaydi. Bularga tugunak bakteriya va mikorizalarni
keltirishimiz
mumkin.
Tugunak
bakteriyalar
asosan
dukkakli
o‘simliklarda keng tarqalgan. Tugunak bakteriyalarning dukkakli
o‘simliklar bilan hamkor hayot kechirishida ularning ildizida maxsus
o‘simtalar-shishlar,
ya’ni
tugunaklar
hosil
bo‘ladi.
Bunday
tugunaklarning hosil bo‘lishi tugunak bakteriyalarning faoliyati bilan
bog‘liq. Tugunak bakteriyalar tuproqdan ildiz tuklar orqali uning ichiga
kirib oladi. Bakteriyalarning ta’siri natijasida ildizning chekka
qismlarida parenxima hujayralarning kuchli bo‘linishi va hajmning
104
ortishi kuzatiladi. Natijada ildiz hujayralari o‘sib ketadi va unda
tugunaklar hosil bo‘ladi. Tugunak bakteriyalarning fiziologik roli
shundan iboratki ular atmosferadagi erkin azotni o‘zlashtirish
qobiliyatiga ega va shu bilan yuksak o‘simliklarning azotga bo‘lgan
talabini qondiradi.
Dukkakli o‘simliklar ildizida tugunaklar hosil qiluvchi bakteriyalar
borligini birinchi bo‘lib 1866 - yilda rus olimi M. S. Voronin aniqlagan.
Yuksak o‘simliklar ildizida tugunak bakteriyalardan tashqari, ko‘pincha
tuproqda yashovchi zamburug‘lar ham joylashib oladi. Ularning gifalari ildiz
yuzasini zich qoplaydi yoki hatto hujayra oraliqlari va hujayra bo‘shliqlariga
kirib oladi. Yuksak o‘simliklar bilan zamburug‘larlarning bu xildagi birga
yashashi mikoriza deb ataladi. Mikorizani birinchi bo‘lib rus olimi professor
Kamenskiy aniqlab, bunda simibioz (birga yashashlik) zamburug‘ uchun ham,
yuksak o‘simlik uchun ham foydali ekanligini ko‘rsatib bergan.
Zamburug‘lar tanasi, ya’ni giflarning o‘simlik ildizida joylashishiga
qarab, tashqi — ektotrof hamda ichki — endotrof mikoriza farq qilinadi.
Tashqi mikorizada zamburug‘ giflari ildizni tashqi tomondan o‘rab
turadi va qisman hujayra oraliqlariga ham kirishi mumkin. Endotrof
mikorizada esa zamburug‘ giflari hujayra ichiga kirib oladi. Ba’zan
ildizning ham ichkarisida, ham tashqarisida zamburug‘ giflari bo‘ladi.
Bunga ekto – endotrof mikoriza deb ataladi.
Mikorizaning mohiyati shundan iboratki zamburug‘lar qiyin eriydigan
ba’zi zahira oziq moddalarning ferment ta’sirida eritishga yordam beradi
va ularni parchalab, oddiy moddalarga aylantiradi. Shuningdek ildizning
shimish xususiyatini oshiradi, ularni vitaminlar, ba’zan esa azot bilan
ta’minlaydi. O‘z navbatida zamburug‘lar ham ildizdan uglevodlarni olib
turadi. Misol uchun terak, olxo‘ri, nok va boshqa bir qancha daraxtlar
ildizida tashqi mikoriza mavjud. Ichki mikoriza tut, tok, beda, ko‘pgina
g‘alla va boshqa o‘simliklar uchun xos.
105
ILDIZNING ICHKI TUZILISHI
Ildiz ichki qismidagi o‘sish konusida joylashgan hosil qiluvchi
to‘qima (meristema) hujayralarning bo‘linish hisobiga o‘sadi.
Ildiz uchi ildiz qini (yoki g‘ilofi) bilan qoplangan bo‘lib, apikal
meristemani muhofaza qilish vazifasini bajaradi. Ildiz qinini tashkil
etuvchi hujayralar o‘zidan shilimshiq modda ishlab chiqaradi. Bu esa
tuproq zarrachalarini ildiz va ildiz tukchalarga yaxshiroq yondashishini,
tuproqda ildizning oson harakatlanishini ta’minlaydi. Ildiz g‘ilofi har xil
o‘simliklarda turlicha hosil bo‘ladi. Ildiz qinini tashkil etuvchi
hujayralar tirik bo‘lib, ular bir pallali o‘simliklarda urug‘ murtagidagi
alohida hujayralardan hosil bo‘ladi. Ikki pallalilar bilan ochiq urug‘li
o‘simliklarda esa ildiz qini uchki meristemadan hosil bo‘ladi. Ildiz qini
hujayralari bir-biri bilan bo‘sh tutashgan bo‘lgani sababli ular tuproq
bilan ishqalanib, emiriladi va doimo yangisi hosil bo‘ladi. Suvda
o‘suvchi o‘simliklarda ildiz qini bo‘lmaydi, uning o‘rnida ildiz
xaltachasi bo‘lib, u ildiz uchini suvdagi turli xil qarshiliklardan saqlaydi.
Ildiz qinidan so‘ng bir xil meristematik hujayralardan tuzilgan bo‘linish
konusi joylashgan. Bu hujayralar orasida hujayralararo bo‘shliqlar
bo‘lmaydi. Ildiz konusining eng uchidagi bitta bo‘linadigan hujayrani
initsial hujayra deb yuritiladi. Bu hujayra bo‘linishda davom etadi.
Bo‘linish xususiyatiga ega bo‘lgan ana shu meristematik hujayralar
to‘plami bo‘linish zonasi deb ataladi. Bu zona sarg‘imtir rangda bo‘lishi
bilan boshqa zonalardan farq qiladi. Bu zonadan yuqoriga cho‘ziq va
ingichka hujayralar ajralib chiqadi. Bu hujayralar to‘plamidan tashkil
topgan zona o‘suvchi zona deb yuritilib, bo‘linishdan to‘xtab,
yiriklashadi. Mazkur zona bir necha millimetrni tashkil etadi ( 27-rasm).
O‘sish zonasining yuqorisida so‘rish, ya’ni shimish zonasi joylashgan
bo‘lib, bu zonada hamma to‘qimalar takomillashganligi uchun
106
differensiya zonasi deb yuritiladi. Bu zonada epiblema hujayraning bir
qismi tashqi tomonga bo‘rtib chiqib, ildiztukchalarini hosil qiladi. Bu
tukchalar kichik-kichik so‘rg‘ich yoki bo‘rtma shaklida bo‘lib, ularning
uzunligi 1 —10 mm dan oshmaydi. Masalan, ildiz tukchalarining uzunligi
limonda 0,5 mm, javdarda esa 10 mm atrofida bo‘ladi.
A. B.
Do'stlaringiz bilan baham: |