Shamollatuvchi to‘qima (aerenxima). Hujayra oraliqlari yaxshi
taraqqiy etgan parenximani aerenxima deb ataladi (latincha «aer» —
havo
demakdir).
Shamollatuvchi
to‘qima o‘simlikning hamma
organlariga havo, ya’ni nafas olish uchun kerak bo‘lgan kislorodni
yetkazib beradi. Aerenxima o‘simlikning hamma organlarida: poya, yer
osti poya, ildiz, barg bandlari va plastinkasi, gul bandlarida bo‘ladi va
ayniqsa suvda va botqoqlikda o‘sadigan o‘simliklarda taraqqiy etgan.
O‘simlik tanasiga og‘izchalar va yasmiqchalar orqali atmosferadan
kirgan havo fotosintezda ajratiladigan kislorod bilan boyib, kuchli
taraqqiy aerenxima orqali yer osti organlariga yetib boradi va ularga
kislorodni nafas olish uchun etkazib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |