Tashqi ajratuvchi to‘qimalar o‘simliklarning vegetativ va generativ
organlarning tashqi qismida joylashgan bezchali tuklar, o‘smalar (19-
rasm), nektardonlar, gidatodalar va osmaforlar kiradi. Bu to‘qimalar efir
moylari, nektar, har xil kislotalar va suvlarni ajratib turadi.
1. Bezchali tuklar (trixomalar)— odatda boshchali, shakli yumaloq
yoki ovalsimon bo‘lib, asosi kalta yoki uzun oyoqchada turadi.
83
Bu bezchali tuklar epiderma hujayralaridan hosil bo‘lib, efir moyi yoki
shu moyda erigan smolalarni hosil qiladi. Bu moddalar kutikula ostida
to‘planadi. Bunda kutikula pufakcha ko‘rinishida bir yoki bir to‘p
hujayralar ustida ko‘tarilib turadi, o‘z-o‘zidan yoki tashqi taasurot
ta’sirida yorilib ketadi. So‘ngra kutikula asl holatiga kelib, yana sekret
chiqara boshlaydi. Bezli tukchalar ba’zi oilalarga xos tuzilishda bo‘ladi.
Masalan labguldoshlar oilasiga mansub yalpiz o‘simligida bezli
tukchalari yumaloq boshchasida 8 ta radial holatda joylashgan
hujayralardan tashkil topgan bo‘ladi.
Astradoshlarga mansub bo‘ymadaron, moychechak va ermon
o‘simliklarning bezli tukchalari ikki hujayrali va 3-4 qavatdan iborat.
2. O‘smalar (emergentlar). Bezchalarning hosil bo‘lishida epiderma
hujayralaridan tashqari po‘stloq qismidagi parenxima hujayralari ham
ishtirok etadi va ular emergentlar deb ataladi. Emergentlarga chayon
o‘tdagi (krapiva) o‘yuvchi tukni misol qilishimiz mumkin. Bu
o‘simlikdagi o‘smalar odam yoki hayvon tanasiga tegsa, teriga
sanchiladi, uchi osonlik bilan sinadi, o‘yuvchi modda teri ostiga tushib,
uni zararlantiradi va teri ustida pufakcha hosil bo‘ladi.
3. Nektardonlar — asosan o‘simlikning gulida bo‘lib, qandsimon
suyuqlik — nektar ajratib turadi. Nektarning asosiy tarkibi glyukoza,
saxaroza, fruktoza, ba’zi bir aminokislotalar, oqsillar, vitaminlar,
organik va mineral moddalardan iborat. Nektar ajratuvchi hujayralarning
sitoplazmasi quyuq bo‘lib, moddalar almashinuvida aktiv qatnashadi.
84
A. B.
19 - rasm. Tashqi chiqaruvchi to‘qimalar.
A. — ko‘p hujayrali boshchali tukcha (qora kashtan), B. — chayono‘t o‘simligini
emergent hujayrasi
4. Gidatodlar bargning o‘tkazuvchi to‘qimasi bilan bog‘langan o‘tkazuvchi
bog‘lamdan, ular bilan birikkan, mayda rangsiz, tirik hujayralar va uning
ustidagi epidermisdan tashkil topgan. Gidatodlar bargning xlorofilli
hujayralaridan ajratib turuvchi yaxlit rangsiz hujayralar qatlamiga ega.
Epidermada odatdagi og‘izchalardan farq qiluvchi suv og‘izchalari bo‘ladi. Bu
og‘izchalar doimo ochiq holatda bo‘lib, o‘simliklar o‘zidan ortiqcha suvni
tomchilatib chiqaradi. Gidatodlar orqali suvning tomchilab chiqish
hodisasigaguttatsiya deyiladi. Suv og‘izchalari asosan barglarning uchida,
qirralarining chuqurchasida, tomirlari tarmoqlangan joyda uchraydi.
Hazm bezlari -ba’zi hasharotxur o‘simliklarda (rossyanka, muxolovka)
uchraydigan hazm bezlari tashqi sekretsiyaga kiradi. Mazkur hazm bezlaridan
ajralib chiqadigan fermentlar va kislotalar yordamida ular hasharotlarni tutib
oziqlanadilar.
Osmaforalar
–
o‘simliklarninggultojbarglaridanxushbuy
uchuvchan
moddalar ajralib turadi. Bu moddalar changlatuvchi hasharotlarni o‘ziga jalb
qiladi. Osmaforalar uzoq muddat gullaydigan o‘simliklarda alohida to‘qima,
organlar shakllanib, bunda uchuvchan efir moylari ajratiladi. Ular ba’zan
qanotsimon yoki tuksimon, kipriksimon shaklda bo‘ladi, ko‘p qavatli
85
ajratuvchi to‘qimadan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |