Elaksimon naylar poya bo‘ylab cho‘zilgan po‘sti yupqa sellyulozadan
iborat tirik prozenxima hujayralardir, ularning ko‘ndalang to‘sig‘ida juda ko‘p
kanalchalar bor. Agar naychalar ko‘ndalangiga kesib qaralsa, ular to‘rga yoki
elakka o‘xshab ko‘rinadi. Shuning uchun ular elaksimon naylar deb ataladi.
Elaksimon naylarning uzunligi 0,3-0,5 mm dan oshmaydi va faqat ayrim
lianalarda 1-2 mm gacha etadi.
Elaksimon naylar orqali fotosintez mahsuloti bo‘lgan organik moddalar
o‘simliklarning barcha organlariga tarqaladi. Elaksimon naylarning teshiklari
orqali hujayra shirasi o‘tadi. Elaksimon naylarda yadro bo‘lmaydi, sitoplazma
esa hujayra qobig‘i bo‘ylab joylashgan. Elaksimon naylarning yon tomonidan
yo‘ldosh hujayralar taqalib turadi. Hujayralar ko‘ndalang kesimida qaraganda,
uchburchak yoki to‘rtburchak shaklida bo‘lib ko‘rinadi. Yo‘ldosh hujayralar
yirik, quyuq donador protoplazmali va yirik yadroli bo‘ladi, po‘sti yupqa
sellyulozadan iborat. Elaksimon nay va yo‘ldosh hujayralar prokambiy yoki
kambiyning bitta hujayrasidan hosil bo‘ladi. Shuning uchun bu hujayralar
qarindosh hujayralar bo‘lib, elaksimon nay nobud bo‘lsa, yo‘ldosh hujayra xam
nobud bo‘ladi. Yo‘ldosh hujayralar ochiq urug‘li o‘simliklarda bo‘lmaydi.
Elaksimon naylar o‘z vazifasini asosan bir yil bajaradi, lekin tok, jo‘ka kabi
o‘simliklarda o‘z hayotini 2—3 yilgacha davom ettirishi mumkin. Kuzda
o‘simliklarning elaksimon naylari teshiklari qadoq, hosil bo‘lishi natijasida
bekiladi va organik moddalarning harakati to‘xtaydi. Erta bahorda qadok
92
so‘rilib, teshiklar ochiladi, elaksimon naylar o‘z vazifasini yana davom ettiradi.
Floema bilan ksilema elementlari daraxt o‘simliklarda alohida
joylashadi. Floema daraxtning po‘stloq qismida, ksilema esa yog‘ochlik
qismida joylashib, o‘tkazuvchanlik vazifasini bajaradilar. Demak, daraxtning
po‘stloq qismi orqali fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar ildiz
tomon harakat qilsa, yog‘ochlik qismi orqali suv va mineral moddalar barg
tomon siljiydi.
O‘t o‘simliklarning poyasi va yog‘ochlik qismi yaxshi
rivojlanmasligi tufayli floema bilan ksilema bir joyda bog‘lamlar hosil
qiladi. Bu bog‘lamlar orqali moddalar yuqoriga va pastga harakat qiladi.
O‘tkazuvchi bog‘lamlar ikkita guruhga bo‘linadi:
Oddiy bog‘lam -bunday bog‘lamda faqat elaksimon nay yoki traxeidlar
bo‘ladi. To‘liq bo‘lmagan bog‘lamlar barg plastinkasining qirralarida,
piyozda, gul bandlarida uchraydi.
Murakkab bog‘lamlar - bunday bog‘lamlarda o‘tkazuvchi to‘qimalarning
hammasi qatnashadi va ular qo‘yidagilardan iborat:
1. Kollaterial yopiq bog‘lamlarda prokambiy to‘la sarflanib, floema
bilan ksilema yonma-yon hosil bo‘ladi. Bu bog‘lamlar birlamchi bo‘lib,
bir pallali o‘simliklarda mavjud.
2. Kollaterial ochiq bog‘lamlarda prokambiyning bir qismi kambiyga
aylanib, floema bilan ksilema o‘rtasida saqlanib qoladi. Bunday
bog‘lamlarda o‘tkazuvchi to‘qimalar birlamchi va ikkilamchidir.
Ikkilamchi o‘tkazuvchi to‘qimalar bog‘lamning asosini tashkil etadi va
ikki pallali o‘simliklarda uchraydi.
3. Kollaterial ochiq bikollaterial bog‘lamlarda floemaning qarama-
qarshi tomonida (poyaning ichki tomonida), ya’ni ksilemaning ostki
qismida uncha rivojlanmagan floema to‘qimalari bo‘ladi. Shunga ko‘ra
ksilemaning ikki tomonida floema va floema bilan ksilema o‘rtasida
kambiy
joylashgan
bo‘ladi. Bunday bog‘lamlar ikki pallali
93
o‘simliklardan qovoqdoshlar va ituzumdoshlarda uchraydi.
4. Konsentrik bog‘lamlarda floemani ksilema (markaziy floemani) yoki
ksilemani floema o‘rab olgan (markaziy ksilemani) bo‘lishi mumkin.
Bunday bog‘lamlar asosan ildizpoyalarda uchraydi. Markaziy floemali
bog‘lamlar marvaridgul va kanakunjutda uchrasa, markaziy ksilemali
bog‘lamlar qirqquloqdoshlarda, ayiqtovondoshlarda uchraydi.
5. Radial bog‘lamlar birlamchi ildiz tuzilishiga ega bo‘lgan
o‘simliklarda uchraydi. Bunday bog‘lamlarning asosini ksilema tashkil
qilib, radial nur shaklida joylashadi. Ksilemaning radial nurlari orasida
yaxshi rivojlanmagan bir nechta hujayradan iborat floema joylashadi(25-
rasm).
a. b. v. g.
25-rasm a). yopiq kolloterial bog‘lam, b). ochiq bikolloterial bog‘lam, v). konsetrik
bog‘lam,g). radial bog‘lam
Nur holatida joylashgan bog‘lamlar bir nurli (monoarx) ikki nurli
(diarx), uch nurli (triarx), hatto ko‘p nurli (poliarx) bo‘lishi mumkin.
Radial bog‘lamlar prokambiydan hosil bo‘ladi. Ikki pallali va ochiq
urug‘li o‘simliklarning ildizida prokambiy floema bilan ksilemani
o‘rtasida saqlanib qoladi, keyinchalik esa u kambiyga aylanadi.
O‘tkazuvchi bog‘lamlar ichida eng ko‘p ochiq o‘tkazuvchi bog‘lamlar
uchraydi, chunki tabiatda ikki pallali o‘simliklar, bir pallalilarga qaraganda
ko‘proqdir.
94
III- bob
Do'stlaringiz bilan baham: |