Birlamchi qoplovchi to‘qima — epidermis. Epidermis (yunon. «epi» —
yuqori, «derma» — teri ma’nosini bildiradi) o‘simlikning barg va yosh
novdalarini tashqi tomondan o‘rab turuvchi bir qator zich joylashgan
xujayralardan tuzilgan.
Epidermis
sellyuloza
po‘st bilan o‘ralgan tirik parenxima
hujayralardan hosil bo‘ladi. Birlamchi meristemadan hosil bo‘lagan
68
epidermis bir biriga zich joylashgan bir qavat hujayralardan iborat.
Epidermisning hujayralari rangsiz bo‘lib, ular ichida tirik protoplazma
va yirik markaziy vakuolalar bor. Epidermis tashqi ko‘rinishi jihatdan
turli o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Masalan, barg plastinkasining eni
bilan bo‘yi bir xil bo‘ladigan o‘simliklarda (o‘rik, olma bargi) hujayra
devorlari egri bugri bo‘ladi. Yosh o‘simlikning o‘suvchi poyasida
epidermis hujayralarining devorlarida egri-bugrilik kamroq, barglarida
ko‘proq bo‘ladi.
Ikki pallali o‘simliklarda epidermis hujayralarining bo‘yi bilan eni
barobar bo‘lsa, bir pallali o‘simliklarda esa cho‘ziq hujayra devorlari
tekis bo‘ladi (10- rasm).
Epidermis hujayralarning tashqi devori yon devoriga nisbatan qalin
kutin bilan qoplangan bo‘ladi. Shuning uchun ular suv va havoni deyarli
o‘tkazmaydi. Epidermis tashqi tomonida yupqa tiniq kutikula bilan
o‘ralgan. Kutikula, mum moddalari rangsiz pardaga o‘xshash bo‘lib,
o‘zidan suv va gazlarni o‘tkazmaydi, natijada himoya vazifasini yanada
oshiradi.
A. B.
10-rasm. A- bir urug‘pallali o‘simlik epidermisi, B- ikki urug‘pallali o‘simlik
epidermisi
69
Ba’zi o‘simliklarda kutikula (sambitgul bargida), ba’zilarida mum
qatlam (palma bargida) juda qalin joylashgan. Yuzasi kutikula bilan
koplangan barg doim yaltirab turadi. Bunday barg yuzasida suv
ushlanmaydi, tez oqib ketadi va bargni chirishdan saqlaydi.
Zamburug va bakteriyalarning sporasi kutikuladan bargning ichki
kismiga o‘ta olmaydi. Shuningdek bargning yaltiroq sathi quyosh nurini
qaytarib, o‘simlikni ortiqcha qizishidan saqlaydi. Kutin moddasini sudan
III bo‘yog‘i orkali aniqlash mumkin, unda kutin qizil rangga buyaladi.
Ba’zi o‘simliklarda: olxo‘ri, tog‘olcha, qora uzumda mum qatlam bo‘ladi.
Mum ham kutikula singari meva va barglardagi suv bug‘lanishini kamaytirib,
ularni xo‘llanishdan, ortiqcha qizib, chirib ketishdan saqlaydi.
O‘simliklarda tashki muhit bilan ichki to‘qimalar o‘rtasida gaz va
moddalar almashinuvi epidermada joylashgan yoriqchalar (havo yo‘llari)
orqali sodir bo‘ladi. Yoriqchalar ikkita loviyasimon shakldagi qamrovchi
hujayradan tashkil topgan bo‘lib, bu hujayralar ikki tomonidan birlashib,
o‘rtasida gaz va suv bug‘lari o‘tib turadigan havo yo‘lini hosil qiladi. Bu
hujayralar epidermisining boshqa hujayralaridan, tarkibida xloroplast
bo‘lishi bilan farq qiladi. Qamrovchi xujayralar atrofida o‘rnashgan
epiderma hujayralari havo yo‘lining yon hujayralari deb ataladi. Yon
hujayralarning shakli, o‘lchami va qamrovchi hujayralarning yon
hujayralariga nisbatan joylashishi muhim morfologik belgilar xisoblanib,
o‘simliklarning sistematik qatorini tuzishda va farmakognoziya fanida
dorivor o‘simliklar turini aniqlashda, bu xarakterli belgilardan
foydalanish mumkin, chunki tibbiyotda dorivor o‘simliklarning barglari
ko‘p ishlatiladi.
Havo yo‘li apparatining quyidagi turlari mavjud (11-rasm).
1.
Anomatsit
yoriqchalar.
Yoriqcha
atrofidagi
yon
hujayralarning tuzilishi epidermis hujayralaridan farqlanmaydi. Bunday
tuzilishni tok, shuvok, qizil qalampir kabi o‘simliklar epidermisida
70
uchratish mumkin.
2.
Diatsit yoriqchalar. Yoriqchalarning atrofidagi ikki yon hujayra
qamrovchi hujayraga nisbatan perpendikulyar joylashgan. Bunday
tuzilish asosan labguldoshlar va chinniguldoshlarda uchraydi.
3.
Paratsit yoriqchalar. Bunda yon hujayralar qamrovchi hujayraga
nisbatan parallel holatda joylashgan bo‘lib, ular qirqquloqdoshlar,
sho‘radoshlar va ayrim gulli o‘simliklarda uchraydi.
4.
Anizotsit yoriqchalar. Bunda qamrovchi hujayra uchta yon hujayra
bilan qoplangan. Bu hujayralardan bittasi qolgan ikkitasiga nisbatan
kichik bo‘ladi. Bunday tuzilishni semizakdoshlar Srassulaseae oilasiga
mansub o‘simliklarda kuzatamiz masalan uyuvchi semizak Sedumacre.
5.
Tetratsit yoriqchalar.Yoriqchaning yon hujayrasi to‘rtta bo‘lib, bu bir
pallali o‘simliklarga xosdir.
6.
Ensiklotsit yoriqchalar. Bunda yon hujayralar qamrovchi hujayra
atrofida aylana hosil qiladi. Buni qirqquloqdoshlar, ochiq urug‘lilar va
gulli o‘simliklarda uchratish mumkin.
7.
Aktinotsit yoriqchalarda yon hujayra qamrovchi hujayraga nisbatan
nur shaklida joylashadi va u faqat gulli o‘simliklarda uchraydi.
Bargning ko‘ndalang kesimida epiderma yoriqchalarining ostida havo
saqlovchi bo‘shliq bo‘ladi. O‘simlik tanasida suv yetarli bo‘lgan vaqtda faqat
yorug‘lik ta’sirida fotosintez jarayoni sodir bo‘lib, qamrovchi xujayralar turgor
xolatiga o‘tadi. Qamrovchi hujayralarning turgor xolatiga o‘tishiga fotosintez
jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar vakuolada to‘planadi va
konsentratsiyasi oshib, xujayraning kattalashib taranglashishiga sabab bo‘ladi.
Shu vaqtda yoriqchalar ochiladi va gaz almashinuv jarayoni sodir bo‘ladi.
Qamrovchi hujayradagi organik moddalar qo‘shni hujayraga o‘tib, hujayra
bo‘shashib plazmoliz xolatga o‘tadi va yoriqchalar yopiladi.
71
Do'stlaringiz bilan baham: |