M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Interkolyar  meristema.  Bu  meristema  o‘simliklar  poyasining  bo‘g‘im 
oraliqlarida va barg bandi, hamda yaprog‘ining asosida joylashgan. Interkolyar 
meristema  o‘simliklar  poyalarining  bo‘yiga  o‘sishini  ta’minlaydi.  Shuningdek 
boshoqli  o‘simliklarning  poyalari  yotib  qolganda  ularning  qayta  tiklanishida 
muhim rol o‘ynaydi.   
Interkolyar  meristema  asosan  bir  pallali  o‘simliklarga  xos:  boshokdoshlar 
oilasida  (bug‘doy,  arpa,  suli,  makkajuhori,  javdar,  sholi  va  xokazo)  ko‘p 
uchraydi.  Bu  o‘simliklarda  interkolyar  o‘sish  hisobiga  poyaning  bo‘g‘im 
oralig‘i  uzun  bo‘ladi.  Ikki  pallali  o‘simliklardan  soyabonguldoshlar  va 
dukkakdoshlarda  ham  uchraydi.  Yeryong‘oq  o‘simligidagi  interkolyar 
meristema  hujayralarining  tez-tez  bo‘linishi  natijasida  rivojlanayotgan  meva 
tuproq ostiga kirib hosil beradi. 
Interkolyar  meristemaning  yon  va  uchki  meristemadan  farqi  shundaki, 
interkolyar,  meristemada  ba’zi  bir  tabaqalashgan  elementlar  (masalan, 
o‘tkazuvchi) mavjud bo‘lib, lekin initsial hujayralar bo‘lmaydi. 
Yuqorida  keltirilgan  uch  turdagi  meristemalardan  tashqari  jaroxat  yoki 
yara  meristemaham  uchraydi.  Zararlangan  joyda  ikkilamchi  o‘sish 
natijasida  hosil  bo‘lgan  peridermada  maxsus  jarohat  to‘qima  kallyus 
vujudga  keladi.  Uning  hujayralari  embrional  faollik  xususiyatiga  ega  va 
jarohatlangan  joyni  bitib  ketishiga  yoki  qayta  tiklanishiga  sababchi 
bo‘ladi.  
Hosil  qiluvchi  to‘qimalar  o‘simliklar  hayotida  katta  ahamiyatga  ega 
bo‘lib,  ularning  ishtirokisiz  o‘simliklar  o‘smaydi  va  yangi  organlarni 
hosil qilmaydi.   
O‘simlikning biror qismi shikastlansa, usha yerda parenxima to‘qimalarning 


67 
 
tirik  xujayralardan  yara  meristemasi  hosil  bo‘ladi  va  jaroxatlangan  joyni 
tiklaydi.  Hosil  qiluvchi  to‘qima  o‘simlik  xayotida  katta  ahamiyatga  ega. 
Chunki meristemasiz o‘simlik o‘smaydi va yangi organlar hosil bo‘lmaydi. 
 
QOPLOVCHI TO‘QIMALAR 
 
O‘simlik tanasini tashqi  tomonidan qoplab turuvchi hujayralar yig‘indisiga 
qoplovchi to‘qimalar deyiladi.  O‘simlik tanasini qoplovchi to‘qimalar tuzilishi 
va  bajaradigan  vazifasiga  ko‘ra  har  xil  bo‘ladi.  Qoplovchi  to‘qimalar  barg  va 
poyani  ichki  organlarini  qurib  qolishidan,  tashqi  muhitning  noqulay 
sharoitlaridan,  ya’ni  quyosh  ta’siridan  qizib  ketishdan,  zararkunanda 
mikroorganizmlarning to‘qimalar ichiga kirishidan saqlaydi. Bulardan tashqari 
atrof-muxit bilan gaz almashinuv, hamda transpiratsiya jarayonida xam ishtirok 
etadi.  Ildizdagi  qoplovchi  to‘qimalar  esa  suv  va  unda  erigan  mineral 
moddalarni shimishda, tuproqda uchraydigan ba’zi qattiq elementlarni  eritish 
jarayoni  hamda  ildizning  ichki  to‘qimalarini  mexanik  ta’sirotlardan 
saqlaydi. 
Kelib  chikishi  va  joylashishiga  ko‘ra  qoplovchi  to‘qimalar  3  guruxga 
bo‘linadi:  birlamchi  qoplovchi  to‘qima  epidermis  yoki  epiblema 
(rezoderma)  birlamchi  meristemaning  tabaqalanishi  natijasida  hosil 
bo‘lgan  dermatogendan  hosil  bo‘ladi.  Ikkilamchi  qoplovchi  to‘qima  — 
periderma,  ikkilamchi  hosil  kiluvchi  to‘qima  fellogendan  hosil  bo‘ladi. 
Bulardan tashqari uchlamchi qoplovchi to‘qima xam mavjud. 
 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish