M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova


-rasm.Og’izchalarning turlari



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

11-rasm.Og’izchalarning turlari 
 
1-  anomasit,  2-  diasit  (qirqquloq  va  gulli  osimliklarda),  3-  parazit  dala  qirqbogimi  va  gulli 
osimliklarda),  4-  anizosit  (gulli  osimliklarda),  5-  tetrasit  (bir  pallala  osimliklarda).  6- 
ensiklosit (ochiq urugli va gulli osimliklarda).   
 
Jazirama  yoz  oylarida,  ayniqsa  cho‘l  sharoitida  kunning  ikkinchi 
yarmida  suvning  bug‘lanishi  kuchayib,  tuproqda  o‘simlik  uchun  suv 
miqdori  kamayadi  va  yoriqchalar  yopiladi.  Barglari  suv  yuzasida  suzib 
turuvchi  o‘simliklarda  yoriqchalar  bargning  ustki  tomonida  joylashgan 
bo‘lib,  suvda  o‘suvchi  o‘simliklarda,  ya’ni  gidrofit  o‘simliklarda 
yoriqchalar  bo‘lmaydi.  Kserofit  o‘simliklarda  yoriqchalar  bargning  orqa 
tomonida, mezofit o‘simliklarda esa ikkala tomonida bo‘ladi. Nam joyda 
o‘sadigan  ba’zi  o‘simliklarda  gidatodalar  bo‘lib,  ular  o‘simlikdagi 
ortiqcha  suvni  tomchilatib  chikarib  turadi.  Namli  yoriqchalar  atrofidagi 
hujayralarda  tuzlar  miqdori  boshqa  hujayradagilarga  nisbatan  ko‘proq 
bo‘lgani  uchun  suvni  ko‘proq  qabul  qiladi.  Natijada  namli 
yoriqchalarning  ham  hajmi  kattalashib,  xamisha  turgor  xolatda  bo‘lgani 
tufayli  yoriqchalar  har  doim  ochiq  xolatda  bo‘ladi.  Bargning  ichida  suv 
doim harakatda bo‘lgani tufayli ochiq joyga suv tomchilab chiqib turadi. 
Bu xodisa gutatsiya deb ataladi (12-rasm). 


72 
 
Epidermada 
tukchalar 
ham 
mavjud. 
Epiderma  tashqi  hujayralarining  to‘siqlari 
bo‘lib,  ular  tirik  yoki  o‘lik  bir  hujayrali  va 
ko‘p hujayrali bo‘lishi mumkin. Tukchalarning 
shakli 
to‘g‘ri,  shoxlangan,  yulduzsimon, 
ilmoqli bo‘ladi. 
 
12- rasm. Qulupnay o‘simligi  
                                                                              bargida gutatsiya xodisasi 
O‘lik tukchalarning protoplasti parchalanib ketadi. Natijada ularning ichi 
havo bilan to‘ladi. Jiyda bargi bunga misol bo‘la oladi. Ularning yaltirab turgan 
barg  tukchalari  quyosh  nurini  qaytaradi,  o‘simlikni  ortiqcha  qizishidan 
saqlaydi,  suv  tomchilarining  tushib  ketishiga  yordam  beradi.  Tukchalarning 
qalin  po‘sti  ba’zan  lignin  moddasini  shimib  olgan  bo‘ladi.  Bunday  qattiq 
tukchalar shotutda kuzatiladi. Shuning uchun uning bargini ipak qurti yemaydi. 
Bir hujayrali va ko‘p xujayrali tirik tukchalar bezcha deb ataladi. Bezchalardan 
o‘simlik  organizmidan  har  xil  moddalar,  efir  moylari,  organik  kislotalar, 
guddapercha, elim va boshqalar ajralib chiqadi. Chayono‘t tukchalari ham tirik 
tukcha bo‘lib, ularning qattiq uchi bargni teshishi mumkin. Masalan, chayono‘t 
(krapiva)  va  navruzgulning  hujayra  shirasida  organik  kislotalar,  zaharli 
fermentlar  bo‘lib,  ular  teriga  sanchilsa,  uni  uchi  osonlik  bilan  sinadi  va  ichki 
moddasi teriga tushadi, natijada teri qichiydi. 
Bu  tukchalar  o‘simlik  poya  va  barglarini  hayvonlarga  yem-xashak 
bo‘lishidan saqlaydi, ya’ni himoya vazifasini bajaradi. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish