Ivitish vannasi (26-rasm). mayatnikli trubali aralashtirgich (1) va yig‘ma
qopqoq (2) dan iborat. Vannani bug‘ ko‘ylagi (3) sutni isitish va sovutish uchun
ishlatiladi. Trubali aralashtirgich (1) gorizontal parallel trubalar qatoridan tashkil
topgan. Vanna ichki yuzasi zanglamaydigan po‘latdan yasalgan. Kerak bo‘lganda
vannada pasterizatsiyadan keyin sutni uzoq vaqt saqlab turish mumkin. Ivitish
vannasiga yoki tankga pasterizatsiyalangan sut 70-90
0
C da beriladi. So‘ngra, 30
0
C
gacha sovitiladi va sut xajmiga nisbatan 1% tayyorlangan ishchi tomizg‘i qo‘shiladi.
Keyin 5 minut davomida tinch xolatda saqlanadi. Kislotaligi 60-65
0
T ga yetganda
qayta ishlanayotgan sut darhol 15-20
0
gacha sovitiladi.