Toshkent kimyo-texnologiya instituti oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/164
Sana08.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#168286
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   164
Bog'liq
yoglarni qayta ishlash texnologiyasi

15 – MA’RUZA  
 
MARGARIN IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIYASI 
 
Reja: 
Retseptura 
komponentlarini 
dozalash. 
Aralashtirish. 
Margarin 
emulsiyasini o‘ta sovutish va kristallash. 
 
Margarin  ishlab  chiqarish  quyidagi  operatsiyalardan  iborat:  dozalash, 
aralashtirish, emulsiyalash, o‘ta sovitish, kristallash va qadoqlash. 
Dozalash.  Dozalashning  ikki  usuli  ma’lum:  og‘irligi  va  hajmi  bo‘yicha  . 
Og‘irligi  bo‘yicha  dozalash  komponentlarni  aniq  miqdorda  olishni  ta’minlaydi. 
Komponentlarni  miqdorini  aniqlash  uchun  quyidagi  tarozilar  ishlatiladi:  siferblat 
qurilmali  va  korobkali.  Ular  ikki  qismdan  iborat,  katta  qism  yog‘lar  uchun,  kichik 
qism  sut-suv  fazasi  uchun  mo‘ljallangan.  Siferblatli  qurilma  mahsulotlarni  kerakli 
miqdorda ketma-ket o‘lchash imkoniyatini beradi. Buning uchun esa tarozining bosh 
qismiga  datchiklar  (2-7)  o‘rnatilgan.  Ularning  soni  retseptdagi  komponentlarning 
soniga teng. 
Tarozi  ishga  tushganda  uning  strelkasi  datchikka  tegib,  elektroimpuls 
pnevmatik  o‘zlashtirgichga  uzatiladi.  Shu  vaqtda  siqilgan  havo  porshenli  klapan 
orqali trubani ochadi. Natijada taroziga birinchi komponent oqib tushadi. Shu paytda 
tarozini strelkasi (1) harakatga keladi, toki ikkinchi datchikka yetkuncha. Elektrreleli  
qurilma avtomat holatda mos bo‘lgan klapanlarni qayta qo‘shadi. Shu vaqtda birinchi 
komponent  kelayotgan  klapan  yopiladi  va  ikkinchi  komponent  oqib  tushishi  uchun 
kerak  bo‘lgan  klapan  ochiladi  va  hokazo.  Komponentlar  tarozidan  olinayotganda, 
strelka  teskari  harakatlanadi.  Tarozi  komponentlardan  to‘liq  bo‘shagach,  tarozi  «0» 
holatini ko‘rsatishi kerak. 
Hajm  bo‘yicha  taqsimlash  uchun  bir  necha  har  xil  diametrdagi  porshenli 
silindrlarga  ega  bo‘lgan  dozator  nasoslar  ishlatiladi.  Bunda  umumiy  bitta  dvigatel 
bo‘ladi. Suyuqlikning hajmi maxsus qurilma yordamida, ya’ni porshenning harakatini 
o‘zgartiruvchi qurilma yordamida boshqariladi. 
 
 
27 – rasm. Siferblatli tarozining bosh qismini sxemasi 


 
97 
Aralashtirish. Yog‘li asos va suv-sut faza alohida-alohida qilib tayyorlanadi 
va dozalanadi. Shuning uchun ularni yaxshilab aralashtirish kerak. Ishlab chiqarishda 
sut  15-20
0
C  da  yog‘larniki  esa  suyuqlanish  haroratidan  4-5
0
C  yuqori  haroratda 
kiritiladi.  Aralashtirish  vaqtida  harorat  38-40
0
C  ga  yetkaziladi  va  dag‘al  emulsiya 
hosil qilinadi. 
Vertikal  silindrli  aralashtirgich  (28-rasm)  korpus  (10)  dan,  taglik  (1)dan  va 
qiya qilib joylashtirilgan chiqarish trubasi (12) dan iborat. Qopqoq (5) ustida reduktor 
(6)  va  elektrodvigatel  (7)  joylashgan  va  ramaga  mahkamlangan.  Mahsulot  kirishi 
uchun shtutser (8) mavjud. Silindr qismining ichida 60 ayl/min aylanish chastotasiga 
ega  bo‘lgan  vintli  aralashtirgich  (2)  joylashgan.  Silindr  ichida  vintga  parallel  qilib 
otboynik  (9)  mahkamlangan,  u  aralashmani  meshalka  yo‘nalishi  bo‘yicha  aylanib 
ketishiga  yo‘l  qo‘ymaydi.  Aralashtirgich  bug‘li  ko‘ylak  (3)  bilan  ta’minlangan.  Suv 
ko‘ylakdan truba (4) orqali quyiladi va sath o‘lchagich (11) orqali rostlab turiladi. Bu 
turdagi  aralashtirgichdan  margarin  ishlab  chiqarishning  uzluksiz  liniyalarida 
foydalaniladi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish