31
gullay boshlagan davrda paydo bo‘ladi. G‘umbakdan chiqqan
kapalaklari shox-shabbaning soya joylarida yashirinib turib,
qosh qoraygandan keyin ucha boshlaydi. Bu kapalaklar tezda
juftlashib, tuxum qo‘yishga kirishadi. Tuxum larini havo ha-
rorati 16,5°C bo‘lgan paytlarda, ko‘pincha barglar ning ustki
tomoniga, ba’zan mevalarga bitta-bittadan qo‘yadi.
Yoz fasli-
da mevalar o‘sib kattalashgan sari kapalaklarning ko‘pchiligi
tuxumlarini mevalarga qo‘yadi. har bir urg‘ochi kapalak 50–
100 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin.
Bog‘larda kapalaklarning paydo bo‘lish, tuxum qo‘yish va
qurtlarning tuxumdan chiqa boshlash muddatlari juda muhim
rol o‘ynaydi. Chunki, bu zararkunandalarning tuxumlarini
hamda ulardan chiqayotgan qurtlarni yoz faslida dori purkab
yo‘qotish vaqtlari ana shu muddatlarga qarab belgilanadi. Da-
raxtlarni dorilashning aniq muddatlari bog‘larda olma qurtining
rivojlanishini maxsus kuzatish natijalariga asosan belgilanadi.
Olma daraxtlarini olma qurtiga qarshi dorilashning eng yaxshi
muddati kapalaklar ning 20 foizi ucha boshlagan vaqt hisobla-
nadi. Bu muddat odatda kapalaklar tuxum qo‘yayotgan hamda
ilgari qo‘yilgan tuxumlardan qurtlar chiqayotgan paytga to‘g‘ri
keladi.
Tekislik zonalarda (Toshkent, Samarqand viloyatlarida) birin-
chi bo‘g‘in qurtlar aprelning uchinchi yoki mayning birinchi o‘n
kunligida, olmaning Renet Simirenko navi gullab bo‘lgandan
keyin tuxumdan chiqa boshlaydi. Olma qurti ikki bo‘g‘in avlod
beradigan tog‘li zonalarda (Bo‘stonliq, Baxmal tumanlarida)
qurtlar may ning uchinchi o‘n kunligida, olmaning Renet Simi-
renko navi gullab bo‘lganidan keyingi 14–21-kunda tuxumdan
chiqadi.
Ko‘klamgi bo‘g‘in kapalaklarining g‘umbakdan chiqishi va
tu xum qo‘yishi ayrim yillarda, ayniqsa ko‘klam sovuq, seryog‘in
kelgan vaqtda uzoqqa cho‘zilib, 30–35 kun davom qiladi. Yangi
qo‘yilgan tuxumlardan 6–8 kunda qurtlar chiqadi. Tuxumdan
chiqqan
qurtning tanasi oq, uzunligi 1,5 mm, boshi qoramtir
bo‘ladi. Ular meva qidirib o‘rmalab yuradi, mevaga borib yet-
32
ganidan keyin avvalo uning sirtida o‘rmalaydi va mevani teshib
kirish uchun qulay joy qidiradi.
Qurtlarning ko‘pchiligi mevaning yon tomonidan yoki meva
bandi yaqinidan teshib kiradi. Qurt mevaga kirayotganida uning
po‘stini yemasdan, balki o‘zi kirgan teshik yoniga taxlab qo‘yadi.
Qurtning mevani teshib kirishiga 1,5–2 soat va ba’zan undan
ham uzoqroq vaqt sarflanadi.
Mevaga kirgan qurt dastlab uning eti, keyinchalik urug‘lari
bilan oziqlanadi, mevalardagi qurtlar 27–28
kun ichida rivojlanib
bo‘ladi. Shu davrda bu qurtlar to‘rt marta tulaydi. Oziqlanib
bo‘lgan qurtlar daraxtlardagi hamda yerga to‘kilgan mevalar-
dan tashqariga chiqib po‘stloq yoriqlari va qatlamlari, shox
qo‘ltiqlari, ushlash belbog‘lari va to‘kilgan mevalar to‘plangan
joylarda ipaksimon pilla o‘rab g‘umbakka aylanadi.
Tekislik zonada joylashgan bog‘lardagi daraxtlarning ushlash
belbog‘larida birinchi qurtlar may oxiri yoki iyunning birin-
chi o‘n kunligida, tog‘lardagi bog‘larda esa iyun oxirida
paydo
bo‘ladi. Qurtlar tuxumdan chiqib ushlash belbog‘larida paydo
bo‘la boshlashigacha 27–32 kun o‘tadi. Ikki–to‘rt kundan so‘ng
bu qurtlar g‘umbakka aylanadi.
Yozgi birinchi bo‘g‘in kapalaklarining ko‘plab urchishi va ik-
kinchi bo‘g‘in qurtlarining tuxumdan chiqishi tekislik zona (Tosh-
kent, Samarqanddagi bog‘larda iyunning ikkinchi yoki uchinchi
o‘n kunligida (ko‘klamgi kapalaklar uchib chiqqanidan keyingi
45–54 kunda) boshlanadi. Tog‘li rayonlarda ikkinchi bo‘g‘in
qurtlar iyunning ikkinchi o‘n kunligida yoki uchinchi o‘n kunligi
boshidan tuxumdan chiqa boshlaydi. Uchinchi bo‘g‘in qurtlar-
ning tuxumdan chiqishi tekislik zona (Toshkent, Samarqand) dagi
bog‘larda iyulning ikkinchi yoki avgustning birinchi o‘n kun-
ligida (ikkinchi bo‘g‘in qurtlar tuxumdan chiqqanidan keyin 30–
44 kunda) boshlanadi.
Urg‘ochi kapalaklar iyun-iyul oylarida ancha serpusht
bo‘ladi va uchib chiqqanidan keyin ikkinchi kundayoq tuxum
qoyishga kirishadi. Yoz faslida tuxumlar 5–6 kunda, qurt-
lar esa 21–24 kunda rivojlanib bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi
33
bo‘g‘in
qurtlar olma, nok va behining kuzgi hamda kechpi-
shar navlarini zararlaydi. Yozda, ayniqsa, iyuldan sentabrga-
cha bu zararkunandalarning hamma ri
vojlanish davrlariga
kirgan bo‘g‘inlari uchraydi, qurtlari esa to oktabrgacha meva-
larda saqlanadi. Iyundan e’tiboran qurtlarning bir qismi ha-
rakatdan to‘xtab, to kelgusi yilning ko‘klamigacha
shu holda
yotadi. Avgustning birinchi yoki ikkinchi o‘n kunligida qurtlar
harakatdan to‘xtaydi, avgust oxiri va sentabrda ularning 95–
100 foizi qishlovga ketadi.
Bu zararkunandalar O‘zbekistonda o‘stirilayotgan olma ning
hamma navlariga tushadi. Ammo, «Beliy naliv», «Persikovoe let-
noe», «Pervenets Samarkanda» kabi ertapishar navlarni kamroq
zararlaydi. Olma daraxtlari kam hosil bergan yillarda, ko‘p hosil
bergan yillardagiga nisbatan, bu qurt ko‘proq zarar vetkazadi.
Tog‘li rayonlarda olma qurti ikki bo‘g‘in avlod berishi sababli,
bu rayonlardagi olma, nok va behi hosilini kamroq zararlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: