Tashqi ko‘rinishi. Kapalagi qanotlarini yozganda 2 sm
gacha yetadi. Oldingi qanotlari to‘q kulrang tusda, qoramtir
to‘lqinsimon ko‘ndalang chiziqlar bilan qoplangan, qanotining
uchida to‘q bug‘doy rangda tovlanib turadigan qo‘ng‘ir rangli
dog‘i bo‘ladi. Keyingi qanotlari och qo‘ng‘ir tusda, ularning
chetlarida och rang li popuk bo‘ladi. Tuxumi yassi shaklda, oq,
uzunligi 1 mm keladi. O‘sib yetilgan qurti 14–20 mm uzun-
likda, och pushti rangli. Qurtning boshi och qo‘ng‘ir tusda,
ensasi sariq qalqonchali bo‘ladi. G‘umbagi tig‘iz qilib o‘ralgan
qo‘ng‘ir rangli ipaksimon pilla ichida turadi. Pillasi jigarrangli
bo‘ladi. G‘umbagining sirtida va qorin bo‘lagi uchida pixcha-
lari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |