R yunusov, K. Umarov, B. Karimov


Mevali daraxtlarning tashqi muhit sharoitlariga munosa-



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/141
Sana04.09.2021
Hajmi4,03 Mb.
#164141
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   141
Bog'liq
bogdorchilik

Mevali daraxtlarning tashqi muhit sharoitlariga munosa-
batlari. Mevali daraxtlarning o‘sishi, rivojlanishi, mo‘l va sifatli 
hosil berishi ko‘p jihatdan tashqi muhit sharoitlariga bog‘liq.
Mevali daraxtlarning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi ham-
da mo‘l, muttasil va sifatli hosiliga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy 
omillarga yorug‘lik, issiqlik, namlik, shamol, do‘l, tuproq sha-
roitlari va parvarish omillarning qay darajada bajarilishi kabi-
lar kiradi.


22
Yorug‘lik. O‘zbekiston sharoitida o‘stiriladigan barcha meva 
va rezavor meva o‘simliklar yorug‘sevardir. Bog‘ning yortig‘lik 
rejimi ochiq joyning yorug‘lik rejimidan farq qiladi. Mevali da-
raxtlarning shox-shabbasiga bir xil darajada yorug‘lik tushmaydi, 
daraxtlarni ko‘proq yorug‘lik bilan ta’minlanishi shox-shabbala-
rini kesish va shakl berish usullariga bog‘liq. Bu omil o‘simlikda 
o‘tadigan  flziologik  va  biokimyoviy  jarayonlarga  ta’sir  qiladi, 
shu jumladan kurtaklar, novdalar, barglar va mevalar ning shakl-
lanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mevali daraxtlarning shox-
shabbalari yorug‘lik bilan to‘liq ta’minlanganda, mevalar ning 
hosili keskin o‘zgarib, bir dona mevaning og‘irligi oshib, shu 
navga xos rangga ega bo‘ladi hamda ular ning tarkibidagi mavjud 
quruq moddalar va qand miqdori osha di. Yorug‘lik me’yorida 
bo‘lganida mevali daraxtlarning shox-shabbalari yaxshi o‘sadi va 
rivojlanadi, ulardagi asosiy shoxlar va o‘suvchi, hosil beruvchi 
shoxlar va novdalarning yashash muddati ko‘proq bo‘ladi. Me-
vali daraxtlarda generativ organlarning hosil bo‘lishi, gullashi 
hamda yuqori va sifatli hosil berishi uchun yaxshi yorug‘lik ta-
lab qilinadi.
Mevali daraxtlarga tushadigan yorug‘likning miqdori janu-
biy hududlarda joylashgan daraxtlarda shimoliy hududlarga qa-
rab kamayadi. Mevali daraxtlar qancha dengiz sathidan yuqori 
joylashgan bo‘lsa, quyosh nurlarining tushishi shuncha kucha-
yadi. Daraxtlarning shox-shabbalari tuzilishi va yorug‘likning 
tushish miqdori bir-biriga chambarchas bog‘liq.
Yorug‘liksevar o‘simliklarda yorug‘lik tufayli fotosintez 
jara yonlari kuchli o‘tadi. Ko‘pgina mevali daraxtlarda fo-
tosintez jara yonlarining yaxshi o‘tishi uchun daraxtlarning 
shox-shabbasiga tushgan yorug‘lik miqdori 70–80 foiz (ochiq 
joyga nisbatan qaraganda) bo‘lishi zarur va bu jarayon da-
raxtlarning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy 
ta’sir etadi.
Shuningdek, mevali daraxtlar uchun yorug‘lik qancha yetish-
masa, ularning o‘sishi, rivojlanishi susayib, hosilning shakllani-
shiga va miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim hollarda bu 


23
yetishmovchilikni kuchli oziqlantirish va sug‘orish tizimi hiso-
bidan qop lab yuborish mumkin.
Mevali daraxtlar uzun kunli o‘simlik hisoblanadi, lekin bu 
ko‘rsatkich turli xil navlarga bir xil ta’sir qilmaydi. O‘zbekiston 
sharoitida quyosh nurining kuchliligi, yorug‘likning ko‘pligi, 
issiq kunlarning uzunligi, issiqlikning mevali daraxtlarning 
o‘sishi, ri vojlanishi va hosil berishiga yetarli bo‘lganligi uchun 
turli xil meva larning navlarini ekib, ulardan yuqori va mutassil 
sifatli hosil olish imkoniyati mavjud.
Barcha mevali daraxt turlarini yorug‘likdan samarali 
foydala nishini ta’minlash uchun bog‘ barpo qilish maqsadida 
joy tanlash, daraxtlarni tog‘ va tog‘oldi zonalariga joylashti-
rish, qatorlarning yo‘nalishini to‘g‘ri belgilash, daraxtlarga 
shakl berish jarayonla rida shox-shabbalarini siyraklashtirish, 
kesish davrida esa ko‘proq mevali daraxtlardagi hosilsiz, kasal-
langan va haddan tashqari chirmashib joylashgan novdalarni 
olib tashlash kabi agrotexnik chora-tadbirlarga e’tibor berish 
zarurdir.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish