20
ko‘paytirilgan daraxtlarda bo‘ladi. O‘q (asosiy) va so‘ruvchi
ildizlarda yon ildizchalar shakllanadi.
Mevali daraxtlar ildizlari o‘sish darajalariga qarab guruhlarga
bo‘linadi.
Eng kuchli o‘sgan, o‘q ildizlarda 2–3 tartibda ildizchalar
shakl lanadi. Skeletli (asosiy) ildizlarning yo‘g‘onligi 10 sm ga-
cha bo‘ladi, yarim skelet ildizlar – ikkinchi
va uchinchi tartib il-
dizchalarga ega, o‘suvchi ildizchalari ingichka bo‘lib, yo‘g‘onligi
1–3 mm va juda kalta.
V.A. Kolesnikov tomonidan yaratilgan tasnif bo‘yicha me-
vali daraxtlarning ildizlari quyidagilarga bo‘linadi: o‘suvchi,
so‘ruvchi, o‘zgaruvchan va o‘tkazuvchan (2-rasm).
2-rasm. Sizot suvi yuza joylashgan yerda payvand qilinmasdan o‘stirilgan
12 yillik Rozmarin navli olma daraxtining ildizi.
O‘suvchi (o‘q) ildizning ko‘rinishi ochiq jigarrangga ega
bo‘lib, uzunligi 1–10 mm ni tashkil qiladi va bu tipdagi ildizlar
tuproqning yuza qatlamida joylashadi.
So‘ruvchi ildizlar asosan tuproqdan suv va mineral ozuqa-
larni so‘rib
oladilar, bu tipdagi ildizlar umumiy ildizlar asosida
90 foizni tashkil qiladi. Bu tipdagi ildizlar 15–25 kun yashab
o‘zgaruvchan ildizlarga aylanadilar.
O‘zgaruvchan ildizlar – och jigarrang ko‘rinishga ega il-
dizchalar bo‘lib ba’zi holatlarda o‘tkazuvchi ildizchalar finksi-
yalarini bajaradilar.
21
Tuproqqa joylashganligiga qarab
mevali daraxtlarning ildiz-
lari vertikal va gorizontal ildizlarga bo‘linadi.
Mevali daraxtlar ildiz tizimining ko‘rinishi va rivojlanishiga
qarab xashaki ko‘chatlar, asosiy ildizli va ulangan, ya’ni vegeta-
tiv yo‘l bilan ko‘paytirilgan daraxtlarga bo‘linadi.
Xashaki ko‘chatlar o‘sish va rivojlanish
siklida doimiy ravish-
da urug‘lardan shakllangan ildizlardan o‘sib rivojlanadi. Asosiy
ildizli daraxtlar ham o‘zining ildiziga ega bo‘lgan yon ildizlar-
dan shakl langan mevali daraxtlardir. Ulangan daraxtlar esa ikki
komponentli, ya’ni payvandtag va payvandustdan iboratdir.
Barcha ildiz va ildizchalarning yig‘indisi ildiz tizimini tashkil
qiladi. Mevali daraxtlar qariganiga qarab, asosan bu jarayonlar
25–30 yoshda (pakana, vegetativ payvandtaglarda) 25–40 yosh
(urug‘li, xashaki payvandtaglarda) ildizlar
siyraklashib boradi,
mayda so‘ruvchi ildizlarning soni sezilarli darajada qisqaradi va
pirovard natijada mevali daraxtlar o‘sishdan qolib, hosildorligi
kes kin kamayadi.
Mevali daraxtlarda ildiz tizimining joylashishi va rivojlani-
shi uning ulangan payvandtaglariga
hamda tuproq unumdorli-
giga bog‘liq. Ildiz tizimining rivojlanishiga mevali daraxtlarning
turi va nav xususiyatlari hamda tashqi muhit sharoitlariga ham
bog‘liq.
Mevali daraxtlarning ildiz tizimi va uning yer ustki qismini
tegishli o‘zaro uzviy bog‘liqligi mavjud.
Mevali daraxtlarning il-
diz tizimi qancha rivojlangan bo‘lsa uning shox-shabbalari ham
yaxshi rivojlanadi va mo‘l hosil yaratish uchun zamin paydo
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: